O„zbekiston respublikasi


Jahon qimmatli qog„ozlar bozorlari indekslari



Download 0,62 Mb.
bet24/108
Sana26.04.2022
Hajmi0,62 Mb.
#583092
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   108
Bog'liq
ARM Alladustov R.D. Moliya bozori va birja ishi. O\'-q 2019

2. Jahon qimmatli qog„ozlar bozorlari indekslari

Fond indekslarining mazmuni. Ular nima uchun kerak?


Fond indeksi – bu qimmatli qog‗ozlar bozori holatini baholash ko‗rsatkichi bo‗lib, sodir bo‗layotgan makroiqtisodiy jarayonlarni kompleks ifodalaydi. Iqtisodiyotda nqirozlar sodir bo‗lsa, uning miqdori pasayadi. Iqtisodiy o‗sish davrida esa uning miqdori ortib boradi. shuning uchun fond indekslarini barcha mamlakatlarda iqtisodiyot holatini umumlashgan miqdoriy ko‗rsatkichlari deb qabul qilingan. Ya‘ni fond indeksi qanday-dir ma‘lum bir son bo‗lib, qimmatli qog‗ozlar bozorining holati sifatini tavsiflaydi (ifodalaydi). Ushbu sonni qandaydir bir vaqtda hosil bo‗luvchi oddiy bir son deb qaralsa, unda bu son mazmunan o‗zida hech qanday aytarlik muhim axborotni mujassamlashtimaydi. shunday qilib fond indeksi bir tomondan mazmunan obyektni – fond bozoridagi qiziqtirgan ko‗satkichlarini bir-bir bilan bog‗likligi qonuniyatini matematik shaklda ifodalaydi, ikkinchi tomondan esa uning bir necha vaqt cheraralari uchun hisoblab topilgan qiymatlarini bir-biri bilan solishtirilganda obyektdagi hodisalarni qiziqtirgan vaqt oraliqlarida o‗zgarishi tendensiyalari dinamikasini namoyon qiladi. Aynan shuning uchun ham fond indekslari iqtisodiyot uchun ahamiyatlidir.
Fond indekslaridan foydalanuvchilarning maqsadini oqlovchi ideal fond indeksi quyidagi asosiy maqsadlarga javob berishi lozim:

  • fond bozoridagi holatni aniq va o‗z vaqtida ifodalashi;

  • bozor tendensiyasi yo‗nalishini prognoz qilish, taxnik tahlil usul-lari yordamida bozor holatini bashorat qilish uchun qulay va yaxShi vosita bo‗lishi;

  • turli milliy fond bozorlarida yirik strategik investitsiyalar qilish bilan shug‗ullanadigan investorlarga aynan qaysi bir mamlakat bozoriga qaysi vaqtda o‗z sarmoyalarini yo‗naltirishi mumkinligi to‗g‗risida tegishli qaror qabul qilishi uchun yordam berishi;

  • risklarni na faqat bozor doirasida, balki uning alohida ko‗rsatkich-lari (masalan, foiz stavkalari) bo‗yicha xedjirlash maqsadida fyuchers va opsion shartnomalar uchun vosita bo‗lib xizmat qilishi;

  • ―ishonchlilik-daromadlilik‖ toifalarida qimmatli qog‗ozlarning optimal portfelini shakllantirish va samarali boshqarishda qaror qabul qilish uchun asos bo‗lib xizmat qilishi;

  • indeks yordamida ifodalanuvchi fond boyliklari bilan yoki ularning o‗hShash (korrelyatsiyalanuvchi) bozorida ishlovchi treyder (yoki portfel boshqaruvchisi va h.k.) olishi lozim bo‗lgan daromadning minimal bazaviy miqdorini ko‗rsatishi;

  • muayyan kompaniyalar boshqaruvchilarining ish sifatini tarmoqlar va umuman bozor bo‗yicha o‗rtacha qiymatlari sifati bilan solishtirma baholash vositasi bo‗lib xizmat qilishi;

  • indeks portfelida keltirilgan instrumentlar muomalada bo‗luvchi mamlakat bozorida uni tartiblashtiruvchi organlar faoliyatini tavsiflashi, iqtisodiy holat va investitsion muhitni aks etishi kerak.

Fond indekslari ularni birjada yoki birjadan tashqari (nobirjaviy) bozorda qo‗llanilishiga qarab, mos ravishda birja indekslari va birjadan tashqari bozor indekslari bo‗lishi mumkin.
Indekslar qimmatli qog‗ozlar turini tanlashga bog‗liq bo‗lgan, ularni hisoblab topishda qo‗llaniladigan ma‘lumot bo‗yicha, umuman qimmatli qog‗ozlar bozori, qimmatli qog‗ozlar turlarining guruhlari bozori, iqtisodiyotning qandaydir tarmog‗iga oid qimmatli qog‗ozlar bozori holatini ifodalashi mumkin. Bu indekslar tendensiyasi dinamikasini solishtirish u yoki bu tarmoq holatini umuman iqtisodiyotga nisbatan qanday o‗zgarishini ko‗rsatishi mumkin.
Indekslar axborot agaentliklari va fond birjalari tomonidan hisoblab topiladi va muntazam ochiq ravishda chop etilib boriladi.
Indekslar moliyaviy instrumentlarning turli hillari uchun ishlab chiqilgan, masalan, aksiyalarga, qarz munosabatlarini mujassamlashtiruvchi qimmatli qog‗ozlarga, xorijiy valyutalarga va h.k. Ularning ichida aksiya indekslari eng nomdorlisi hisoblanadi.
Fond indekslarining ko‗p qismi ikki guruhdan biriga, ya‘ni kapita- lizatsiyalashgan va narxli indekslarga, mansubdir.
Kapitalizatsiyalashgan indekslar kompaniyalarning umumiy kapitali-zatsiya darajasini o‗lchaydi. Ularni hisoblab topishda kompaniyalarning aksiyalari to‗g‗risidagi ma‘lumotlar qo‗llaniladi. Indeksning hisoblab topilgan qiymatlari ma‘lum bir bazaviy sanaga nisbatan me‘yorlash-tiriladi.
Ta‘kidlash joizki, kompaniyaning kapitalizatsiyasi deganda, uning muomaladagi aksiyalari sonini bozor bahosiga ko‗paytmasi tushuniladi.
Kapitalizatsiyalashgan indekslarga Standard and Poor‟s (S&P-500, S&P-400), Nyu-York fond birjasining yig‗ma va boshqa shu kabi indekslari kiradi. G‗arb mamlakatlari qimmatli qog‗ozlari bozorining ko‗pchilik indekslari shu toifaga mansub.
Narxli indekslar, yoki boshqacha qilib aytganda, narxga mutanosib vaznlashtirilgan indekslar. Ular indeksning bazaviy ro‗yhatiga kirgan kompaniyalar aksiyalarining o‗rta arifmetik bahosi ko‗rinishidagi formula asosida hisoblanib topiladi. Bunday indekslarga, masalan, Dou Djons (Dow Jones) sanoat va boshqa turdagi indekslari, indeks Tokio fond birjasi indeksi – Nikkei-225, Amerika fond birjasining asosiy indeksi – AMEX va shularga o‗hShash boshqa indekslar.
Hozirda indekslar derivativlar uchun bazis aktiv sifatida qo‗llanil-moqda (Dou Djons sanoat indeksidan tashqari, chunki u «Dow Jones & Co» kompaniyasi tomonidan bu maqsadlarda, ya‘ni fyuchers va opsionlar bazisi sifatida, taqiqlangan). Bunday bazisli derivativlar qimmatli qog‗ozlar bozori qatnashchilariga turli investitsion strategiyalarni amalga oshirish, operatsiyalarni xedjirlash, spekulyativ o‗yinlarda faol ishtirok etish va h.k. imkoniyatlarini beradi.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish