15-MAVZU:
Og`zaki muloqot va uning xususiyatlari
Muloqot til vositasi bilan — verbal yoki tilning ishtirokisiz — noverbal
amalga oshirilishi mumkin.
Verbal aloqa og‘zaki aloqa va verbal asos haqida fikr bildirib, og‘zaki dalil
(asos)larni bildiradi. Verbal muloqot jarayonida so 'z muhim o‘rin tutadi. So'z
talaffuz qilinishi, ichki nutqda takrorlanishi, yozilishi, maxsus ishoralar yordamida
ifodalanishi mumkin. Muomala faqat kishilar o ‘rtasidagi axborot
almashishdangina iborat bo‘lmay, balki kishilarning his-hayajonlarini ham qamrab
oladi. Muomalaning bu tomoni noverbal kommunikatsiyani tashkil qiladi.
Noverbal muloqot vositalari bo ‘lib imo-ishora, harakat, ohang, intonatsiya, pauza,
kulgi, tabassum, ko'z qarash, ko'z yoshi va boshqalar xizmat qiladi. Noverbal
muloqot vositalar verbal muloqotni to ‘ldiradi. Noverbal vositalar yordamida bir
so'zga koplab ma ’no berish mumkin.
Tillarni o'rgatishda shu til sohibiga xos bo‘lgan noverbal vositalarni ham o 'rgatish
lozim. Aks holda chet til to ‘la o'zlashtirilmaydi.
Chunki turli tillardagi noverbal vositalar ham so 'zlar kabi bir-biridan farq
qiladi. Muloqot jarayonida talabalarni yuzma-yuz o ‘tqazish ijobiy samara beradi.
Muloqot jarayonida tilga xos bo‘lgan noverbal vositalardan to‘g‘ri
foydalanish muloqot madaniyatining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Noverbal so'zlar muloqot kuzatish kuchi bilan yaqindan bog‘lanadi. Muloqot
qabul qiluvchi so 'zlovchini ko ‘rish, eshitish va hattoki, his qilish pozitsiyasida
bo‘lishi kerak. Muloqotni qabul qiluvchi so'zlovchining yuzi, imo-ishorasi, ohangi,
kiyim-kechagi, ko ‘rinishini aniq ko ‘rishi va ovozini ham eshitadigan joyda bo
‘lishi kerak. Bu kuzatish orqali bo ‘larkan, noverbal muloqot rejalashtirilgan va
rejalashtirilmagan bo ‘lishi mumkin. So 'zlovchi tinglovchilarga ongli imo-ishora,
gavdasini tutishi xatti-harakatlarning boshqa shaklllari orqali aniq xabarni
bildirmoqchi bo ‘lganda rejalashtirilgan bo ‘ladi. Noverbal muloqot esa, so
'zlovchining xatti-harakatlari, gavdasini tutishi, yoki ko ‘rinishi qabul qiluvchi
tomonidan g‘ayriixtiyoriy qilinsa ham rejalashtirilmagan hisoblanadi. Pala- partish
kiyinish yoki norasmiy kiyim-bosh kiygan notiq e’tiborli bo‘lsa ham, jiddiylik
yetishmaganday izoh berilishi mumkin.
Amaliy
mashg‘ulot
№15
REJA:
1. Muloqot turlari.
2.Verbal muloqot.
3. Noverbal muloqot.
4.Muloqot texnologiyasi va texnikasi
5.Yozma muloqot.
Do'stlaringiz bilan baham: |