8-MAVZU: Uslubiyat. Ilmiy uslub va uning uslubiy xususiyatlari
F
an-texnikaning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar
ilmiy uslubda
yoziladi.
Demak, fan va texnika tili
ilmiy uslub
deyiladi. Daliliy munosabatlar asosida
chiqarilgan ilmiy xulosalarga asoslanuvchi, har bir fan sohasining o`ziga xos
atamalariga tayanuvchi, fikrni aniq va mantiqiy izchil bayon qiluvchi uslub ilmiy
uslubdir.
Ilmiy uslub tabiat va ijtimoiy hayotdagi barcha narsa hamda hodisalar to‘g‘risida
aniq, asoslangan, izchil ma’lumot berishda qo‘llanadi. Unda narsa-hodisa mohiyatini
ta’riflash, tahlil qilish, sababini aniqlab, dalillar bilan isbotlash va asosli natijalarni
bayon etish muhim hisoblanadi. Maxsus atamalar bu uslubning leksikasini tashkil qiladi,
unda adabiy me’yorga qat’iy rioya etilgani holda majhul nisbatdagi fe’llar va murakkab
qurilishli gaplar keng ishlatiladi.
Mantiqlilik, aniqlik bu uslubga xos xususiyatlardir. Ilmiy uslub aniq ma’lumotlar
asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar (qoidalar, ta’riflar)ga boy bo‘lishi bilan boshqa
uslublardan farq qiladi:
Yomg‘ir - suyuq tomchi holidagi atmosfera yog‘ini.
Tomchining diametri 0,5-0,6 mm bo‘ladi.
Amaliy
mashg‘ulot
№8
REJA:
1.Uslubiyat nima?
2.Ilmiy uslub nima?
3. Ilmiy uslub qachon va qanday vaziyatlarda qo‘llaniladi?
4. Sohaviy terminlar qanday yuzaga keladi?
5. Ilmiy uslub va sohaviy terminlarning o‘zaro mushtarakligi.
Ilmiy uslubda har bir fanning o‘ziga xos ilmiy atamalaridan foydalaniladi, bu
uslubda so‘zlar o‘z ma’nosida qo‘llanadi, qoida yoki ta’rifning mazmunini ochishga
xizmat qiladigan ajratilgan bo‘laklar, kirish so‘zlar, kirish birikmalar, shuningdek, qo‘shma
gaplardan ko‘proq foydalaniladi.
Ilmiy uslub (yoki ilmiy bayon uslubi)da tabiat va ijtimoiy hayotdagi hodisalar aniq
ta’riflanadi, tushuntiriladi. Bu uslub o‘zining alohida maxsus vazifasiga ega ekanligi
bilan ajralib turadi. Ilmiy uslub ilmiy terminologiya bilan bog‘liq. Odatda, terminlar
ilmiy uslubning leksikasini tashkil qiladi. Lekin ilmiy asarlar tili faqat terminlardangina
tashkil topma, unda abstrakt leksika va ko‘p ma’nolilik xususiyatiga ega bo‘lgan
umumxalq so‘zlari ham keng qo‘llaniladi. Ilmiy uslubda yana fanning turli sohalariga
oid simvol va belgilar, raqamlar ham ishlatiladi.
O‘zbek ilmiy uslubida obrazli nomlarning roli juda kattadir. Masalan:
oq tuproq,
qora tuproq, qizil tuproq, sho‘rtuproq; muzlik kamari, muzlik darvozasi, muz tili, kulcha
muz; marjon qirg‘oq, panjarasimon qirg‘oq; oy o‘tovi, serostona daryo, patsimon
bulutlar
kabi terminlar ham aslida obrazli ifodalardan kelib chiqqan.
Albatta, ilmiy uslubdagi obrazlilik bilan badiiy adabiyotdagi obrazlilik farqlanadi.
Ilmiy uslubda obrazli nomlar faqat nominativ atash funktsiyasini, badiiy adabiyotda esa
estetik ta’sir ko‘rsatish vazifasini bajaradi. Obrazlilik kategoriyasi agar ilmiy uslubda
«so‘ngan, nursiz» holda ko‘rinsa, badiiy adabiyotda esa «jonli» tarzda namoyon bo‘ladi.
Masalan,
uchar yulduz, somon yo‘li astronom uchun
, avvalo, termin vazifasini o‘taydi,
yozuvchi uchun esa bu so‘z birikmalari o‘xshatish yoki obrazli ifoda manbai bo‘lishi
mumkin.
Odatda ilmiy uslubga mansub materiallar o‘z mazmuniga ko‘ra ikki turga bo‘linadi:
1.Ilmiy tadqiqotlar. 2.Ilmiy-ommabop asarlar.
Ilmiy tadqiqotlar biron-bir fan sohasidagi izlanishlarni qamraydi, uzoq yillar olib
borilgan ijodiy mehnat samarasini ko‘rsatdi. Masalan: Oybekning «Abdulla Qodiriyning
ijodiy yo‘li», I.Sultonning «Navoiyning qalb daftari», H.Yoqubovning «Adibning
mahorati» kabi asarlar xudi shunday tadqiqotlardir.
Ilmiy-ommabop asarlar hamma uchun tushunilishi qiyin bo‘lgan masalalarni
sharhlaydi. Bunday asarlarda iloji boricha murakkab atamalar qo‘llanmaydi. Bu uslubda
ham shevachilikka yo‘l qo‘yilmaydi. Lekin bu ikki xillik ilmiy uslub umumiylik asosida
bir-biriga bog‘liq bo‘ladi.
Xullas, ilmiy uslub materialini o‘zaro tutashtiruvchi holatlar quyidagilar:
1.Dalillarning aniqligi, mantiiqiy asosligi, tavsifiy izchilligi ilmiy uslubning barchasi
uchun muhim xususiyatdir.
2. Ilmiy terminlarining ko‘proq qo‘llanilishi bu sohaning xarakteriga mosdir.
3. Ilmiy uslubda gap bo‘laklarining tushib qolish alomati kam uchraydi.
4. Adabiy meyorga rioya qilish, gaplarning grammatik shakllanganligi bu uslubning
etakchi xususiyatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |