Topshiriq. Rus tiliga tarjima qiling.
1. Kimyo sanoati sintetik kauchuk, plastmassa, sun’iy tola, sun’iy yoqilg‘i, bo‘yoqlar,
dorilar va ko‘pgina boshqa moddalar ishlab chiqaradi. 2. Kimyoviy usullar yordamida
mamlakatimiz sanoatining asosi bo‘lgan metallar olinadi, ularni korroiyadan himoya qilinadi,
asosiy kimyo sanoatining mahsulotlari – kislotalar, ishqorlar, tuzlar ishlab chiqariladi. 3. Xalq
xo‘jaligining barcha tarmoqlaridagi mutaxassislar uchun kimyoni chuqur bilish nihoyatda
zarurdir. 4. Biz yozda ishlab chiqarish amaliyotida bo‘lamiz. 5. Istiqlol yillarida yurtimizda
sportning barcha turlari jadal rivojlanmoqda.
Topshiriq.
Berilgan gaplarni rus tiliga tarjima qiling.
1. Respublikamizda kimyo sohasi ancha rivojlangan sohalardan biridir hisoblanadi. 2. Neft bor
joylar, ya’ni neft konlari xaritada qora rangli uzun uchburchak bilan ko‘rsatiladi. 3. Vitaminlar
tirik organizmlar ehtiyoji uchun hayotiy moddalardir. 4. O‘zbekistonda juda ko‘p dorivor
o‘simliklar o‘sadi.
Topshiriq.
Berilgan gaplarni o`zbek tiliga tarjima qiling.
1. Yavlenie radioaktivnosti bыlo otkrыto v 1896 godu franцuzskim fizikom A.
Bekkerelem, kogda on issledoval soli urana. 2. Radiy vpervыe bыl poluchen Perom i Mariey
Kюri. 3. Uchenыmi bыla vыdvinuta smelaya gipoteza: v prirode est, krome urana, drugoe
radioaktivnoe veщestvo. 4. Nado bыlo dobыt xotya bы gramm radiya, chtobы gipoteza bыla
dokazana. 5. Uchenыe provodili цelыe dni v svoey laboratorii.
Molekulalar
Olamdagi barcha narsalar mayda zarralar – atomlardan, aniqrog‘i atomlar guruhidan
tashkil topgan. Bunday atomlar guruhi molekulalar deb ataladi.
Har bir moddaning o‘z molekulalari bo‘ladi. Bu molekulalardan ba’zilari juda oddiy
tuzilgan. Masalan, kislorod molekulasi ikkita kislorod atomidan, vodorod molekulasi esa ikkita
vodorod atomidan tashkil topgan. Bular oddiy moddalardir.
Uglerod va vodorod atomlaridan tashkil topgan molekulalar, ayniqsa qiziq xossalarga
ega. Ularning soni juda ko‘p bo‘lib, hozirga qadar 3 milliongacha boradi, olimlar esa ko‘plab
yangi bunday birikmalarni uzluksiz kashf etmoqdalar va sun’iy ravishda yaratmoqdalar.
Juda murakkab molekulalar ham mavjud. Oqsil, kauchuk, yog‘och va ko‘pgina sintetik
materiallarning molekulalari bir necha yuz, hatto mingga yaqin atomlardan tuzilgan.
Moddalarning xossalari birinchi navbatda ulardagi molekulalarning xossasiga bog‘liq.
Agar molekulalar bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan bo‘lsa, bu molekulalardan tashkil topgan
modda gazsimon bo‘ladi. Bunga suv bug‘ini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Suv bug‘ida
molekulalar tez va erkin harakatlanadi, faqat gohi-gohida bir-biri bilan to‘qnashib qolishi
mumkin. Agar suv bug‘i sovutilsa, suvning molekulalari sekin harakatlanib, bir-biri bilan
qo‘shila boshlaydi va bug‘ suyuqlikka aylanadi. Suyuq moddalardagi molekulalar bir-biri bilan
ancha zich bug‘langan, lekin ular hali nisbatan erkin harakatlana oladigan bo‘ladi. Agar suvni 0
darajagacha sovutilsa, u muzlaydi va qattiq kristall modda – muz hosil bo‘ladi; muzda suv
molekulalari joyidan deyarli qo‘zg‘almagani holda tebranishi mumkin, xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: |