O‘zbеkistоn rеspublikаsi



Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/130
Sana14.04.2022
Hajmi3,34 Mb.
#551656
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   130
Bog'liq
O\'zbek tilining sohada qo\'llanishi O\'MK

Vertikal Salbiy tomoni:
Qamoqxonalar qimmat, ularni “jinoyat universitetlari" 
deb atash mumkin, ko ‘p mahbuslar qamoqxonani tark etgandan so ‘ng ham yana 
jinoyatga qo‘l urishadi, aksar mahbuslar tuzatib bo ‘lmaydigan ma ’naviy kasallikka 
chalinishadi. 
Foydali tomoni:
 Qamoqxonalar xavfli jinoyatchilarni jamiyatdan butunlay ayirib 
qo ‘yishadi, jinoiy harakatlarni oldini oladi, jinoyatni ja zosiz qoldirmaydi. 
Muhokama:
Mamlakatlarda jinoyatchilar soni oshib bormoqda, ammo 
qamoqxonalar doimo jamiyatda ularga qarshi kurashuvchi kuch bo‘lib xizmat qiladi. 
Gorizontal iqtisodiy:
Jinoyatchilarini saqlash xarajatlarini ta’minlaydi. 
Boshqacha jazo turlari bilan taqqoslang. 
Axloqiy:
Qamoqlar jinoyatchilarni o‘zgartirib yuboradimi? Mahbuslarning 
qanday huquqlari bo‘lishi kerak deb o‘ylaysiz? Nohaq qamashga nima sabab bo ‘ladi? 
Ijtimoiy:
 Qamalishning mahbus oilasiga ta’siri, ayniqsa u farzandli ayol bo ‘lsa. 
Qolaversa, begunoh qurbonlarning erta o ‘limi-chi? 
Muhokama:
Mamlakatlarda jinoyatchilar soni oshib bormoqda, ammo qamoqxonalar 
doimo jamiyatda ularga qarshi kurashuvchi kuch bo‘lib xizmat qiladi. 
Qaysi shakl afzalroq ekan, sizningcha quyidagi (vertikalmi, gorizontalmi)? 
mavzuda esse yozishingiz talab etiladi: 
Jadvalga fikrlaringizni yozib qo‘ying (ijobiy va salbiy xususiyatlarini ajratgan 
holda). So‘ng esa vertikal yoki gorizontal strukturalardan birini belgilab oling. 
Masalan, quyidagi esse mavzusi ko‘rsatilganidek ikki xil uslubda muhokama 
qilinishi mumkin: qamoqxonalarning jinoyatchilardan foydala-nishi cheklanishi kerak. 
Muhokama qilinadi. 
Maqola va uning turlari - 
bosh maqola (yoki tahririyat tomonidan yoziladigan 
maqola) tahririyatning eng mas’uliyatli maqolasi hisoblanadi.
 
Ushbu maqolada ichki va xalqaro hayotga doir muhim masalalarni o‘quvchilarga 
yetkazish - asosiy vazifa hisoblanadi. Bunday maqola ma’lum bir masala yuzasidan 
yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishi, kamchiliklarni ochib tashlashi, har bir ishning asosiy haqiqiy 
yo‘lini belgilab berishi lozim. Prezident farmonlari, Oliy Majlis qonunlari, Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan qabul qilinadigan davlat va hukumat hujjatlari, qarorlari, 
qonunlari davrning dolzarb masalalari bosh maqolada yoritiladi. 


Nazariy maqola va targ‘ibot maqolaning asosiy vazifasi mustaqillik, milliy g‘oya, 
istiqlol mafkurasining asoslari va prinsiplarini; ilmiy maqolaning vazifasi fan, 
madaniyat, texnika yutuqlarini tushuntirish, ommalashtirish, o‘quvchining g‘oyaviy, 
ilmiy saviyasini oshirishdan iborat. Muammoli maqolada esa munozara va bahs asosiy 
o‘rinda bo‘ladi hamda muallif o‘z qarashlarini o‘rtaga tashlaydi. 
Maqola so‘zi keng ma’noda gazeta, jurnal, radio, televideniye, shuningdek, 
to‘plamlardagi ilmiy asarlarga nisbatan ham qo‘llaniladi. 
Taqriz 
- adabiy tanqid janri bo‘lib, arab tilida ijobiy baho degan ma’noni 
anglatadi. Yangi badiiy, ilmiy yoki ilmiy-ommabop asar tahlili. Taqrizda asarning 
bibliografik tavsifi, shuningdek, mazmuni, unda ko‘tarilgan muammolar, asarning 
g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, muallif ijodida, adabiyotda tutgan o‘rni haqida ma’lumot 
bo‘ladi. Asarga baho beriladi, uning asosiy fazilatlari va nuqsonlari qayd 
qilinadi.O‘zbek adabiyotida taqriz XX asr boshlarida vaqtli matbuot bilan teng rivojlana 
boshlagan. Endilikda taqriz o‘zbek adabiy tanqindchiligining eng muhim janrlaridan 
bo‘lib qoldi. Oybek, Abdulla Qahhor, Shayxzoda, G‘afur G‘ulom kabi yozuvchilar, 
Hoshimov, S.Husayn, Olim Sharafiddinov, V.Zohidov, I.Sultonov, H.Yoqubov, 
M.Qo‘shjonov, Haqqulov va boshqa olimlar o‘zbek adabiy hayotida chuqur iz qoldirgan 
taqrizlar yaratdilar. 
Ichki taqriz ham bo‘ladi. Masalan, nashriyotga kelgan badiiy, tanqidiy va ilmiy-
ommabop asar ichki taqrizga beriladi. Biroq, taqriz matbuotda e’lon qilinmaydi,rus 
tanqidchiligi tarixida taqrizning rivojida V.G.Belinskiyning roli katta. U taqrizni haqiqiy 
san’at darajasiga ko‘tardi. Taqriz badiiy asar haqida shunchaki ma’lumot beruvchi janr 
darajasidan adabiy hayotning muhim masalalarini ko‘taruvchi, kitobxonni hayot va 
adabiyot haqida o‘ylashga o‘rgatuvchi uning estetik didini tarbiyalashga yordam 
beruvchi janrga aylanadi. Taqriz xarakteriga ko‘ra xilma-xil bo‘ladi. Masalan, 
kengaytirilgan annotatsiya tipidagi taqrizda asar haqida bibliografik ma’lumot beriladi. 
Tanqidiy yoki publitsistik maqola taqrizlarida konkret asar munosabati bilan biron 
muhim masala haqida fikr yuritiladi. 
Tezis 
- yunoncha 
thesis qoida, isbot
degan ma’nonni anglatadi. 1) keng ma’noda - 
bahsda yoki biror nazariyani bayon qilishda aytilgan har qanday fikr; 2) tor ma’noda - 
asosiy fikr, prinsip; 3) mantiqda isbot qilishni talab etuvchi fikr, mulohaza; 4) ma’ruza, 
ma’lumot, xabarning asosiy mazmunini qisqacha aks ettiirish. 
Rezyume - fransuzcha so‘z bo‘lib, yozilgan, aytilgan yoki o‘qilgan narsaning qisqa 
holatda aks ettirish, qisqacha xulosa, biror narsaning yakuniy natijasi. 
Xulosa 
a) o‘rganilayotgan tilda muloqot malakasi egallandi. 
b) talabalarda o`zbek tilining qoidalari yuzasidan o‘rta umumiy ta`limdan olgan 
bilimlarini mustahkamladik. 

Download 3,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish