17
3.5- rasm. Keskich elementlari va konstruktsion parametrlari
Keskichlar konstruktsiyasi, ularning tayyorlanishi va qotirish usullari
Kon mashinalari keskichlari tutgich qismi odatda yuqori sifatli legirlangan po’latdan,
masalan 35XGSA yoki 40X markali po’latlardan tayyorlanadi. Keskich issiqlik ta’sida qayta
ishlangandan so’ng bosh qismining qattiqligi HRC = 45-55, tutgich qismi esa HRC = 33-40 ni
tashkil etadi.
Keskichlar qirquvchi plastinkalari asosan 90-94% karbit-volьfram
tarkibli volьfram-kobolьt
qotishmasidan tayyorlanadi. Karbit-volьfram qotishmasi qattiqlikni, 6-10%
kobolьt esa
qovushqoqlikni ta’minlaydi.
Kon mashinalari keskichlari KV8V va VK11VK tipidagi donador qotishmalardan
tayyorlanadi. Ular qattiqligi 85-90 NRA bo’lib, eng qattiq po’latlardan ham qattiqroqdir.
Volьfram-kobolьtli qotishmali plastinkani keskich bosh qismiga
yopishtirish payka usulida
bajariladi. Buning uchun mis-tsinkali pripoidan foydalaniladi.
Kon mashinalarining quyidagi rusumlardagi keskichlari ishlab chiqarilgan (3.5-rasm):
ZN3 keskichi. «URAL-33» kesuvchi kombaynida va «Temp-1», «Kirovets» qazish
kombaynlarida qo’llaniladi.
KB-01 keskichi konussimon tutgich qismiga ega. 2KTSTG
tipidagi keng qamrovli
kombaynlari burg’ulash koronkalarida ishlatiladi.
I90MB keskichi. Bosh qismi 65 mm uzunlikda chiqib turadi. Uning tutgich qismi maxsus
konstruktsiyali bo’lib keskich ushlagichga tez maxkamlanishga va almashtirishga mo’ljallangan. Bu
keskichlar ko’proq tor qamrovli kombaynlarda qo’llaniladi.
ZR4.80 va ZR2.80 keskichlari. Bosh qismi 80 mm bo’lib, bir-biridan
qattiq qotishmali
plastinkasi shakli bilan farq qiladi. Bu keskichlar yuqori energiya bilan ishlovchi va katta yuzalarni
qazib oluvchi kombaynlarda ishlatiladi. ZR2.80 keskichi MK67M kombaynlarida ishlatiladi.
MK1 va UMK90 keskichlari. Bu keskichlar ikki lezviyalidir. Ular asosan vertikal o’qli
barabanli ishchi organiga ega bo’lgan tor qamrovli kombaynlarda ishlatiladi. Bu xolda kombayn
zaboyda ikki taraflama qazib olish ishlarini bajaradi. Bu keskichlar
keskich ushlagichga shtif
yordamida mustaxkamlanadi.T125 tangentsialь keskichlari. Bosh qismi 125 mm. o’rtacha
qattiqlikdan yuqori bo’lmagan ko’mir konlarida ishlatiluvchi tor qamrovli kombaynlarga
mo’ljallangan.RKS1 tangentsialь keskichi asosan lahim o’tuvchi kombaynlar uchun mo’ljallangan.
18
3.5-rasm. Kon mashinalari keskichlari konstruktsiyalari.
Do'stlaringiz bilan baham: