44
boshqara oldi, xolos. Yangi vaziyatning farqi shunda ediki, SSSR mavjudligi
davrida Afg‘oniston yagona davlat tuzilmasini tashkil etgan bo‘lsa, endi u mahalliy
harbiy-siyosiy guruhlar nazorat qilayotgan ta’sir zonalariga bo‘linib ketgan edi.
Ta’kidlash kerakki, sovet qo‘shinlarining olib chiqib ketilgandan so‘ng
Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilmadi va harbiy harakatlarni yanada kuchayishiga
turtki bo‘ldi. Shuningdek, ikki buyuk davlatning (AQSH, Rossiya) ham
Afg‘onistondagi kurashi tugamadi. Endi u sovetparastlik kayfiyatidagi prezident
Muhammad Najibullohning 130 mingga yaqin qo‘shini
bilan AQSH va Pokiston
qo‘llab-quvvatlayotgan 150 ming kishidan iborat 7 muxolifatchi guruh o‘rtasidagi
jangovar harakatlar tarzida «Katta o‘yin» davom etdi. Mazkur voqeadan so‘ng
mujohidlarning Jalolobod, Xost, Qandahor, Kobul va Salangda hujumga
o‘tganliklarini ko‘rish mumkin. Hukumat qo‘shinlari ushbu hujumlarni qaytarib,
ayrim hollarda qarshi hujumlarni amalga oshirdi.
Najibulloh hukumatining harbiy harakatlarda passivligi,
muammoni kuch
bilan hal qilishga ishonch, armiya orasida muxolifatning buzg‘unchilik faoliyatini
olib borishi, tumanlardagi ahvolning, birinchi navbatda, iqtisodiy holatning
yaxshilanishiga nisbatan umidning yo‘qolishi oxir-oqibat Najibulloh rejimining
qulashiga olib keldi. Buning asosiy sabablaridan biri,
Moskva va Vashington
o‘rtasida imzolangan shartnomaga ko‘ra 1992 yil 1 yanvardan Afg‘oniston
hukumatiga qurol-yarog‘
yetkazib berish to‘xtatilishi bo‘lgan. Chunki
Najibullohda sovet yordami yagona manbaa hisoblangan. Shu bilan birga,
Pokiston, Saudiya Arabistoni va boshqa ayrim davlatlar esa mujohidlarga qurol-
yarog‘ yetkazib berishni davom ettirardi.
1992 yilning bahoriga kelib BMT tomonidan afg‘on muammosini bartaraf
etish bo‘yicha reja ishlab chiqilib, unga ko‘ra, Afg‘oniston Respublikasi prezidenti
va uning hukumati a’zolarining iste’foga chiqishi,
eng muhim vazifasi umumiy
demokratik saylovlar tashkil etish va o‘tkazish bo‘lgan muvaqqat betaraf hukumati
tuzilishi nazarda tutilgan
64
. Aynan shu davrda Pokiston va Erondan 1979 yildan
64
Масутов Т. Афганские дневники. Алматы. 2004. – С. 14.
45
beri Afg‘onistondagi hokimiyatga qarshi qurolli kurash olib borgan – «Yettilar
Ittifoqiga» birlashgan mujohidlar mamlakat siyosiy sahnasiga kirib kelishdi
65
.
Shunday qilib 1991 yil 16 aprel kuni Najibulloh muvaqqat hukumatga
hokimiyatni topshirdi va 28 aprel kuni Afg‘oniston Milliy qutqaruv fronti
yetakchisi S. Mojaddadiy boshchiligidagi Peshavarda
shakllangan mujohidlar
muvaqqat kengashi vakillari Kobulga yetib keldilar. Ushbu kengash mamlakat
qonuniy hukumati funksiyalarini o‘z zimmasiga oldi. Mamlakat yangi rasmiy nom
bilan – Afg‘oniston Islom Davlati deb atala boshlandi va uni darhol Pokiston,
Eron, Saudiya Arabistoni va boshqa davlatlar tan oldilar. 1992 yil dekabr oyi
so‘ngida Xalq vakillari vakolatli kengashi delegatlarining ovoz berish yakunlariga
ko‘ra, etnik tojik bo‘lgan, Afg‘oniston Islom jamiyati yetakchisi Burxonuddin
Rabboniy Afg‘oniston Islom Davlati prezidentligiga saylandi. Bosh vazir
Gulbiddin Hikmatyor, Mudofaa vaziri etib esa Ahmad Shoh Mas’ud tayinlandilar.
Shunday bo‘lsada, mamlakatdagi
vaziyat barqarorlashmay, 1993 yilning oxiri va
1994 yilning boshida Afg‘oniston ijtimoiy-siyosiy va harbiy vaziyati uchun yana
bir fojiali sinovni olib keldi. 40 ming militsioner ko‘ngilli askarlarga ega bo‘lgan
General Abdurashid Do‘stum G. Hikmatyor bilan birlashib Afg‘oniston prezidenti
B. Rabboniyni ag‘darishga urinishdi. Bu hodisa Afg‘oniston islom harakati (AIH),
Afg‘onistonni qutqarish islom ittifoqi (AQII), Afg‘oniston islom birligi partiyasi
(AIBP, Xaliliy qanoti)dan iborat hukumat koalitsiya kuchlariga mamlakat
shimolidagi Afg‘oniston milliy islom harakati (AMIH), Afg‘oniston islom
Do'stlaringiz bilan baham: