70
8.GLOSSARIY
AGRESSIYA - (lot. agressio)
– umum e’tirof etilgan prinsiplar va xalqaro huquq
normalariga binoan tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyat hisoblanadi. BMT Bosh
Assambleyasining 1974 yil 14 dekabrda qabul qilingan «Agressiya tushunchasi» to‘g‘risidagi
Rezolyusiyasining 3-moddasida quyidagilar: 1) bir davlat qurolli kuchlarining boshqa davlat
hududiga bostirib kirishi yoki hujum qilishi; 2) vaqtidan qat’i nazar harbiy bosqin oqibati
sifatida harbiy kuch ishlatib, boshqa davlat hududini bosib olish; 3) boshqa davlat hududi yoki
uning bir qismini zo‘rlik bilan qo‘shib olish; 4) boshqa davlat hududiga bombalar tashlash yoki
uning hududida turli qurol-yarog‘larni ishlatish; 5) bir davlat portlari yoki uning qirg‘oqlari
yoxud qirg‘oqlarining bir qismini qamal qilish; 6) bir necha davlatlar qurolli kuchlarining boshqa
davlatning quruqlikdagi, dengiz yoki havo kuchlariga yoxud dengiz yoki havo flotiga hujum
qilishi; 7) bir davlatning boshqa davlat hududida u bilan tuzilgan bitimga binoan turgan qurolli
kuchlaridan bitimda nazarda tutilgan shartlarni buzgan holda foydalanishi; 8) ushbu hududda
bitimning amal qilish muddati tugaganidan keyin ham qurolli kuchlarning turaverishi; 9) o‘z
hududini boshqa davlat ixtiyoriga topshirib qo‘yilgan va ushbu hududdan uchinchi davlatga
qarshi agressiya sodir etilishiga imkon bergan davlatning harakatlari; 10) boshqa davlatga qarshi
qurolli kuchlarning qo‘llanishini amalga oshiruvchi qurolli to‘dalar, guruhlar va muntazam
kuchlar yoki yollanganlarning davlat tomonidan yuborilishi agressiya, deb hisoblanadi. BMT
Ustaviga ko‘ra agressiya atamasi bir yoki bir necha davlatning boshqa davlatga nisbatan
noqonuniy ravishda qurolli kuch ishlatishini bildiradi. Biroq ob’ektiv jihatdan urushni
rejalashtirish yoki unga tayyorgarlik ko‘rish yohud agressiya to‘g‘risida qarorining 3-moddasida
sanab o‘tilgan biror harakatni sodir etish uchun fitnada qatnashishning o‘zi tamomlangan jinoyat
tarkibini vujudga keltiradi (bomba tashlashni rejalashtirish, qo‘shinlar harakati uchun urush jo-
ylarining xaritasini tuzish, bosqinchilik maqsadlarida joylarni o‘rganish, birgalikda agressiya
harakatini amalga oshirish uchun muzokara olib borgani kabilar). (18)
ANARXIZM
– yunon tilidan olingan bo‘lib, anarchia – hokimiyatsizlik ma’nosini
bildiradi. Anarxizm siyosiy oqim bo‘lib, siyosiy-tarixiy jarayonlarning murakkab pallasida
siyosiy jarayonlarga ta’sir etishga intilish usuli. Anarxizmning barcha ko‘rinishlarining umumiy
jihati shundan iboratki, u davlatni jamiyatdagi barcha yovuzlik, musibat va jaholatning, jumladan
urushlarning, repressiyalarning, ijtimoiy tengsizlikning barcha ko‘rinishlarining manbai deb
hisoblaydi. Anarxistlar stixiyali tartibsizliklar vositasida davlat apparatini emirib, o‘rniga ishlab
chiqaruvchilarning muxtor assotsiatsiyalarini tuzish takliflarini ilgari suradi. Anarxistik
konsepsiyalarga ko‘ra davlatchilik asoslarini emirish jamiyatda ijtimoiy munosabatlarning
tubdan ijobiylashuviga olib keladi. SHuningdek, anarxizm tarafdorlari siyosiy kurashlarning
barcha ko‘rinishlarini, jumladan siyosiy partiyalar va tashkilotlar orqali tartibli kurashlarni inkor
etib, asosiy e’tiborni mamlakatda ommaviy ish tashlashlar, zabastovka va mitinglar uyushtirish
orqali davlat organlariga ta’sir etishni targ‘ib etadilar. Anarxizmning eng jirkanch ko‘rinishi –
siyosiy ta’sirning eng iflos yo‘li bo‘lgan terrorizm va ommaviy qurbon usulini ham yoqlashidir.
SHu jihatdan ham anarxizm jamiyat rivojiga salbiy ta’sir etuvchi, umuminsoniy qadriyatlarga zid
oqim hisoblanadi. (1)
Do'stlaringiz bilan baham: