159
Jamiyat rivojlanib ma’naviy kamolotga ehtiyoj kuchaygan sari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning
ko‘lami kengaya boradi. Ammo ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar qancha yaxshi yo‘lga qo‘yilsa ham,
insonning aqliy va axloqiy ya’niki ma’naviy kamoloti birdaniga amalga oshadigan ish emas.
Garchi insonda ma’naviy barkamollikning nasliy imkoniyatlari bo‘lsa ham, ular o‘z-o‘zicha,
stixiyali yoki biologik imkoniyatlar asosida amalga oshavermaydi. Ma’naviyatli va ma’rifatli ota
va onadan tug‘ilgan farzand o‘z-o‘zidan ma’naviy barkamol, komil inson darajasiga etmaydi.
Ma’lum maqsadlar bilan bog‘langan ma’naviy – ma’rifiy tadbirlar, ta’lim va tarbiya natijasi,
oila, jamoa, mahalla, jamiyat ta’siri insonning ichki, tug‘ma ma’naviy – ruhiy, nasliy
imkoniyatlarini ma’naviylik darajasiga ko‘taradi, odam farzandiga insoniylik fazilatlarini
baxshida etadi, uning axloqi, odobi, bilimi, malakasi, iymon-e’tiqodi, dunyoqarashini
shakllantiradi, barkamol insonlar bo‘lib voyaga etishlariga olib keladi.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga e’tibor bermagan, ta’lim – tarbiya ishlarini o‘z oldidagi maqsadlar
bilan bog‘lay olmagan jamiyat, davlat ko‘zlagan maqsadlariga erisha olmaydi. Xalqimizning
ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq.
Ma’naviyat va ma’rifat O‘zbekistonning buyuk kelajagini yaratuvchi ma’naviy barkamol, komil
insonlarning quyidagi xislat va fazilatlarga ega bo‘lish ruhida tarbiyalab voyaga etkazishda
muhim ahamiyatga egadir:
-
aqlli, iymonli, mustaqil fikr yurtga oladigan;
-
odobli-millatimiz to‘plagan barcha ezgu, yaxshi, ijobiy axloqiy fazilatlarga ega
bo‘lishlik;
-
mehnatsevarlik – aqliy va jismoniy mehnatni o‘zining hayotiy ehtiyojiga aylanganlik
holati;
-
bilimli – dunyoviy va diniy bilimlarni chuqur egallab, ularni hayotda qo‘llay
olishligiga;
-
sog‘lomlik- jismoniy, ruhiy, ijtimoiy-siyosiy dunyo qarashlari va ma’naviy jihatdan
sog‘lom fikr yuritishlilik;
-
milliy g‘ururga egalik- ajdodlarimiz yaratgan moddiy va ma’naviy merosni chuqur
egallab, ular bilan faxrlanuvchi va ularni boyituvchi;
-
vatanparvar – vatan taraqqiyoti va kelajagi uchun fidokorona mehnat qiluvchi, zarur
bo‘lsa, uning uchun jonini ham beruvchi;
-
baynalminal – boshqa millatlarni o‘zining millati qatorida hurmat qilishi;
-
insonparvar – inson zotiga faqat yaxshilik qilishni o‘ylovchi;
-
jasur va shijoatli – qo‘rqmas, har bir ishga faol kirishib, uni oxiriga etkazuvchi va
boshqalar. YUqoridagilarning ja’mi uzviy birgalikda inson ma’naviy barkamolligini o‘zida
mujassam etadi. Ma’naviy –ma’rifiy tarbiyadan ko‘zlangan maqsad ham ana shunday xislat va
fazilatlarga ega bo‘lgan ma’naviy barkamol insonlarni tarbiyalab voyaga etkazishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: