qolläjlik (Marg‘ilon);
-əйък/айьқ ~ äjik/аjїq affiksi qipchoq lahjasi shevalari uchun
xarakterlidir: aytaylik ~ əйтəйък ~ äjtäjik, boraylik ~ барайьқ ~
barajїq;
-и:йк/ы:йқ ~ i:jk/ї:jq affiksi shimoliy o‘zbek shevalarida uchraydi:
ko‘raylik ~ көpи:йк ~ köri:jk, qolaylik ~ қалы:йқ ~ qalї:jq;
-əлъ/аль ~ äli/аlї affiksi Xorazm shevalarida qo‘llanadi: boraylik ~
бараль ~ baralї, ketaylik ~ гътəлъ ~ gitäli.
II shахs birligida affiks qatnashmaydi. Bu shaxsda ishtirok etadigan
-гън/кън/ғьн/қьн ~ gin/kin/γїn/qїn affikslari buyruqni kuchaytirish yoki
kuchsizlantirishga xizmat qiladi.
II
shaxs
ko‘pligida
quyidagi
affikslar
qatnashadi:
-(ъ)ң/(ь)ң/(ъ)ңлəр/(ь)ңлар/(ъ)ңъзлəр/(ь)ңьзлар~(i)η/(ї)η/(i)ηlär/(ї)η
lаr/(i)ηizlär/(ї)ηїzlаr affikslari aksariyat shevalarda amalda bor:
boringizlar ~ барьңьз(с)лар ~ barїηїz(s)lar, kelinglar ~ келъңлəр ~
keliηlär, qaranglar ~ қараңлар ~ qaraηlar (qipchoq). -(ъ)ң/(ь)ң ~
(i)η/(ї)η varianti adabiy tildagi kabi birlikning hurmat shaklini ifoda
qiladi;
- йлəp ~ jlär varianti Andijon shevasida iste’molda bor:qaranglar ~
қəpəйлəр ~ qäräjlär, soranglar ~ сорəйлəр ~ soräjlär;
-йлə ~ jlä varianti Toshkent, Qarshi kabi shevalarda qayd qilinadi:
kelinglar ~ келъйлə ~ kelijlä, olib boringlar ~
ɔбɔръйлə ~ ābārijlä;
48
-(ъ)ңlә/(ь)ңlа ~ (i)ηңlə/(ї)ηңlа variantii Xorazm, Qorako‘l va Olot
shevalariga xosdir: anglanglar (tushuninglar) ~ aңлaңлa ~ aηlaηla,
ko‘ringlar ~ гөръңлә ~ göriηlä.
III shахsda -сън/сьн ~ sin/sїn, -сун ~ sun, -съ/сь ~ si/sї. -сy/сү ~
su/sü affikslari ishtirok etadi:
-сън ~ sin affiksi barcha shevalarda qo‘llanadi, -сън/сьн ~ sin/sїn
variantlari singarmonizmli shevalarda faol ishlatiladi: eshitsin ~
ъшътсън ~ išitsin (Toshkent), qaytsin ~ қайтсьн ~ qajtsїn (qipchoq);
-sуn ~ sun varianti Namangan shevasida qayd qilinadi: korsin ~
корсун ~ korsun, bilsin ~ билсун ~ bilsun;
-sъ/sь/sy/sү ~ si/sї/su/sü variantlari Iqon, Qorabuloq shevalarida
uchraydi: borsin ~ барсь ~ barsї, ishlasin ~ и:шлəсъ ~ i:šläsi, ko‘rsin ~
көрсү ~ körsü, qo‘ysin ~ қойсу ~ qojsu;
-дəг/тəг/лəг
~
däg/täg/läg
affiksi
Tojikistondagi
qarluq
shevalarida uchraydi: ishlasin ~ ъшлəдəг ~ išlädäg, pishirsin ~
бишəртəг ~ bi:šärtäg, olsin ~
ɔллəг ~ ālläg. Bu affiks boshqa
shevalarda qayd qilinmadi, lekin Alisher Navoiy va Husayniylar o‘z
asarlarida bu maylning III shaxsida -dik affiksini ishlatgan. Alisher
Navoiyda:
Telba ko‘nglungni, Navoiy, zabt aylay olmading.
Emdi chek andin ilik har sori borsa bordik
baytidagi borsa bordik birikmasi borsa borsin deb tushuniladi.
Fe’lning funksiоnаl fоrmаlаri
Sifаtdоsh shаkllаri
B shakllarda tubandagi affikslsr qatnashadi:
-р/ар/əр ~ r/аr/är affiksi. Bu affiksning bo‘lishsiz shaklida
-s qo‘shimchasi keladi: Korar-ko‘rmasdan gəpira berma ~ Kөрəр-
көрмəстən гəпърə:əрмə ~ Körär-körmästän gäpirä:ärmä. (Andijon)
Shevalarda sifatdoshning -ур/үр ~ ur/ür varianti qayd qilinmaydi. Faqat
adabiy til qolipidagi matnlarda qayd qilinishi mumkin:
Қалдьрғаш қара болур,
Қанать ала болур.
Qaldїrγaš qara bolur,
Qanatї ala bolуr (shim. o‘zb. shev.);
49
-мъш/мьш/мүш/муш ~ miš/mїš/müš/muš affiksi. Singarmonizmni
yo‘qotgan shevalarda faqat -мъш/муш ~ miš/muš varianti qo‘llanadi:
borgənmish ~ б
ɔргəммуш ~ bārgämmuš (Toshkent), aytganmish ~
əйтгəнъмуш ~ äjtgänimuš (Farg‘ona);
-гəн/кəн/ған/қан ~ gän/kän/γаn/qаn affiksi variantlarining barchasi
singarmonizmli shevalarda uchraydi:
Ба:шшьмда
в
он лə:пəр ба:йьң қы:зьман,
Ə:лъмдə ду:тарьм,
в
о:йьн са:зьман.
А:там-ə:нəм сəвгəнъмə вəрмəсə,
Аққьн су:ва аққаньма разьман.
Ba:ššїmda
v
on lä:pär ba:jїη qї:zїmаn,
Ä:limdä du:tarїm,
v
o:jїn sa:zїmаn.
A:tam-ä:näm sävgänimä värmäsä,
Aqqїn su:va aqqanїma razїman (Xorazm laparlaridan).
Bu affiks so‘ngidagi n undoshi ayrim shevalarda regressiv
assimilatsiyaga uchrashi mumkin: kelganlarga qaranglar ~ кегəллəргə
қарайлəр ~ kegällärgä qаrаjlär (Andijon). Singarmonizmni yo‘qotgan
shevalarda faqat -гəн/кəн ~ gän/kän varianti ishlatiladi: qo‘ygan ~
қойгəн ~ qojgän, topgan ~ т
ɔпкəн ~ tāpkän (Toshkent);
-əн/ан ~ än/an affiksi o‘g‘uz lahjasiga oid shevalarda uchraydi:
borayotgan ~ баратьpан ~ baratїran, kelgan ~ гəлəн ~ gälän;
-доғон ~ dоγоn affiksi. Bu affiks shimoliy o‘zbek shevalarida
uchraydi va u bir variantlidir: boradigan ~ барадоғон ~ baradoγon,
keladigan ~ кəлəдоғон ~ kälädоγоn;
-джақ/джəк ~ žаq/žäk affiksi: olmoqci ~ алджақ ~ alžaq,
ketmoqchi ~ гътджəк ~ gitžäk (Xorazm);
-ась/əсъ ~ аsї/äsi affiksi: borgim keldi ~ barasьm gəldъ ~ barasїm
gäldi, ichgim keldi ~ и:чəсъм гəлдъ ~ i:čäsim gäldi (Xorazm);
-əйчи: ~ äjči: affiksi: borayotgan edim ~ б
ɔрəйчи:дъм ~
bāräjči:dim (Quyi Qashqadaryo);
-гучъ ~ guči affiksi Xo‘jand shevasida qayd qilinadi va bu
affiksdagi
ъ/i unlisi lab garmoniyasiga uchraydi: boradigan
edim/eding/edi ~ б
ɔргучудум, бɔргучудуң, бɔргучудъ ~ bārgučudum,
50
bārgučuduη, bārgučudi. Faqat III shaxs tuslanishidagina bu unli
lablanmaydi.
Rаvishdоsh shаkllаri
Bu shaklda ham bir necha affikslar qatnashadi:
-ə/а/й ~ ä/а/j affiksi. Bu affiks varianti barcha singarmonizmli
shevalarda bor. Singarmonizmni yo‘qotgan shevalarda faqat -ə/й ~ ä/j
varianti qo‘llanadi: ketə berdъ ~ кетəвурдъ ~ ketävurdi (Marg‘ilon),
o‘ynay-o‘ynay ~ oйнaй-oйнaй ~ ojnaj-ojnaj, bora-bora ~ бара-бара ~
bara-bara (qipchoq). Xorazm shevalarida uning bo‘lishsiz shakliga yana
-ън/ьн ~ in/їn ta’kid affiksi qo‘shiladi va bu affiks tarkibidagi a/ə/ä
unlilari ъ/ь ~ i/ї unlilariga o‘zgaradi: ko‘rmay ketdi ~ гөрмъйън гъттъ
~ görmijin gitti, olmay ketti ~ алмьйьн гъттъ ~ аlmїjїn gitti;
-п/ъп/ьп ~ p/ip/їp affiksi. Bu affiksning jarangsiz undosh bilan
tugagan variantlari barcha shevalar uchun xosdir: ishlab ~ ъшлəп ~
išläp, olib ~ aльп ~ alїp, lekin qipchoq shevalarida bir qator
pozitsiyalarda uning jaranglashgan varianti ham mavjud: borib edi ~
барьб/в eдъ ~ barїb/v edi, kelib edi ~ кeлъб/в eдъ ~ kelib/v edi.
-үб/уб/үп/уп ~ üb/ub/üp/up varianti shevalarda uchramaydi, lekin
adabiylashgan ayrim she’riy (folklor) matnlarda qayd qilinishi mumkin;
-гəнъ/кəнъ ~ gäni/käni affiksi. Bu affiks faqat singarmonizmni
yo‘qotgan shevalarda qayd qilinadi: borgani ~ б
ɔргəнъ ~ bārgäni,
eshitgani ~ eшъtкəнъ ~ ešitkäni;
-гънчə/кънчə/ғьнча/қьнча
~
ginčä/kinčä/γїnčа/qїnčа
affiksi:
yurguncha ~ йүргънчə ~ jürginčä, borguncha ~ барғьнча ~ barγїnča.
Men bormaguncha, sen kelma, kuyib-yonib yurguncha ~ Məн
бaрмaғьнчa сəн гəлмə, күйүп-йаньп йүргънчə ~ Män barmaγїnča sän
gälmä, küjüp-janїp jürginčä (o‘g‘uz). Adabiy tilda bu shaklda birinchi
bo‘g‘inda u(у) unlisi keladi. Bu affiksning shimoliy o‘zbek shevalarida
-гъчи:/къчи:/ғьчы:/қьчы: ~ giči:/kiči:/γїčї:/qїčї: variantlari qayd
qilinadi: ko‘rguncha ~ көргъчи: ~ körgiči:, aytguncha ~ eткъчи: ~
etkiči:, borguncha ~ барғьчы: ~ barγїčї:, otguncha ~ атқьчы: ~ atqїčї:;
-и: ~ i: аffiksi. U o‘g‘uz lahjasi shevalariga xosdir. Adabiy tildagi
-a ravishdosh affiksi ma’nosiga mos keladi: yuradi ~ йүри:dъ ~ jüri:di,
51
lekin йүри:dъ əдъ ~ jüri:di ädi shaklidagi fe’l adabiy tildagi yurar edi
shakliga ekvivalent bo‘ladi.
Adadiy tildagi -gach / кach / qаch affiksining variantlari shevalarda
uchrashi dialektologik tadqiqotlarda qayd qilinmadi.
Hаrаkаt nоmi shаkllаri
Unda uch variantdagi affikslar qatnashadi:
-мəк/мақ ~ mäk/mаq affiksi o’g‘uz lahjasi uchun xarakterlidir:
oynamoq ~ ойнамақ ~ ojnamaq, ketmoq ~ гътмəк ~ gitmäk;
-ш/ъш/ьш/үш/уш ~ š/iš/їš/üš/uš qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasining
xususiyatidir: bilish ~ бълъш ~ biliš, yig‘ish ~ йьғьш ~ jїγїš, o‘rish ~
оруш ~ oruš, ko‘rish ~ көрүш ~ körüš. Singarmonizmni yo‘qatgan
shevalarda ш/ъш ~ š/iš variantlarigina ishlatiladi;
-в/ув/үв ~ v/uv/üv affikslari qipchoq lahjasi uchun xarakterlidir:
biluv ~ бълүв ~ bilüv, eshituv ~ ешътүв ~ ešitüv, qoluv ~ қалув ~
qaluv.
Shuni ajtish lozimki , harаkаt nоmining har uchala varianti adabiy
tilga juz’i fonetik tahrir bilan qabul qilingan va adabiy tilning ta’siri
natijasida bu affikslar shevalarda aralash qo‘llanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |