O‘zbeкiston respubliкasi



Download 0,83 Mb.
bet7/403
Sana18.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#453705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   403
Bog'liq
HO\'AT. 2010. R.Sayfullayeva..

Tayanch tushunchalar:
qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasi, qipchoq lahjasi, o‘g‘uz lahjasi, E.Polivanov, chigil so‘zi, uyg‘ur so‘zi, A.К.Borovkov, qipchoq lahjasi, o‘g‘uz lahjasi. qadimgi turkiy tilshunoslik, eski turkiy tilshunoslik, formal o‘zbek tilshunosligi, substansial o‘zbek tilshunosligi


3-§. Hozirgi o‘zbeк tili va uning shevalarga munosabati. O‘zbek tili – ko‘p dialektli til. Bu uning murakkab tarixiy taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tganligi, bugungi o‘zbek millati o‘tmishda xilma-xil etnik tarkibga ega bo‘lganligi bilan belgilanadi.
O‘zbek milliy tilini tashkil etuvchi turli-tuman shevalarni uch lahjaga birlashtirish mumkin. Bular: 1) qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasi; 2) qipchoq lahjasi; 3) o‘g‘uz lahjasi.
Lahjalar o‘zaro farqli xususiyatga ega. Bu farqlar, aytilganidek, lahjalarning har biri dastlab har xil qabila yoki qabila birlashmalarining tili bo‘lganligi bilan bog‘liq. Bu tarixiy jarayonni har tomonlama to‘g‘ri anglagan E.Polivanov o‘zbek tilining ko‘p dialektli til ekanligini nazarda tutib: «O‘zbek milliy tili (o‘zbek lahjalarining bir butunligi, yaxlitligi sifatida) yagona tizimning, aslida hech qachon amalda bo‘lmagan o‘zbek bobo tilining dialektologik parchalanish yo‘li bilan emas, balki farqlanuvchi til tizimlarining birlashuvi yo‘li bilan paydo bo‘lgan», – degan edi. O‘zbek xalqining shakllanish tarixi bilan yuzaki tanishishdan ham shunday xulosaga kelish mumkin.
O‘zbek milliy tilining lahjalari orasida, odatda, qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasi hozirgi o‘zbek milliy adabiy tilining me’yorlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etgan deb alohida ajratiladi. Buning boisi shundaki, o‘zbek xalqining shakllanishida qarluq etnik tarkibi Qoraxoniylar davridan boshlab alohida mavqega ega edi.
O‘zbek tili bu lahjasining nomlanishida (“qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasi”) bir muncha anglashilmovchilik mavjud. Birinchidan, bu atamadagi chigil so‘zi ortiqcha, chunki chigillar qarluqlarning bir bo‘g‘ini, xolos. Bu bo‘g‘in qanchalik katta va, Кoshg‘ariy so‘ziga ko‘ra, ahamiyatli bo‘lmasin, qarluq toifasiga mansub.
Ikkinchidan, atama tarkibidagi uyg‘ur so‘zining ham qadimgi uyg‘urlarga hech qanday aloqasi yo‘q. Bu atama o‘zbek tili bilan birgalikda turkiy tillar g‘arbiy xun tarmog‘ining qarluq guruhiga mansub bo‘lgan hozirgi uyg‘ur tiliga ishora qiladi, xolos. Shuning uchun hozirgi o‘zbek milliy adabiy tili me’yorlarining bu lahja xususiyati bilan yaqinligi bejiz emas. Lahjaning qayta nomlanishida tarixchi va shevashunoslarning xulosasi zarur.
A.К.Borovkov qayd qilib o‘tganidek, o‘zbek tilining birorta shevasini ham adabiy tilga har jihatdan asos bo‘lgan deb aytib bo‘lmaydi. Buning bosh sababi shundaki, hozirgi o‘zbek milliy adabiy tili uzoq adabiy ishlov an’anasining (jumladan, eski turkiy, eski o‘zbek, yangi o‘zbek adabiy tillarining) bevosita davomi va XX asrda u (yozuv va adabiy ishlov an’anasiga ega bo‘lmagan xalqlarda bo‘lganidek) tamoman yangi bir hodisa sifatida yuzaga kelmagan: milliy adabiy til kamida ming yillik adabiy ishlov mahsuli. Ikkinchidan, o‘zbek tilining barcha lahjalari o‘zbek tilining taraqqiyotiga ma’lum bir darajada hissa qo‘shgan. Birining adabiy tilga ta’siri bir sohada kuchliroq bo‘lsa, boshqa sohada o‘zga bir shevalar guruhining ta’siri ko‘proq seziladi. Masalan, Andijon, Farg‘ona shevalari o‘zbek tiliga xos eng ko‘p tarqalgan grammatik shakllardan birini – hozirgi zamon fe’lining -yap affiksi vositasida yasaluvchi shaklini bergan deyiladi. Lekin bu shakl qipchoq lahjalarida ham aynan shunday qo‘llanadi. Shunisi xarakterliki, bir qarashda adabiy tildan birmuncha uzoqroq deb tasavvur qilinadigan qipchoq lahjasi morfologiyasi singarmonizmdan, ya’ni fonetik o‘ziga xoslikdan xoli olinsa, adabiy til morfologiyasi bilan qariyb bir xil. Yoki adabiy tilga fonetik jihatdan asos deyilgan Toshkent shevasida x va h tovushlari, qaratqich va tushum kelishiklari shakllari farqlanmaydi. Qipchoq shevalarida esa ular qat’iy ajratiladi. Qipchoq shevalarining adabiy til lug‘atini, xususan, uning chorvachilik atamalari tizimini rivojlantirishda, adabiy tilning uslubiy imkoniyatlarini boyitishda katta hissasi bor. Masalan, qirqim, o‘tov, to‘l, sarimoy, chakki, chalop, uloq, sovliq kabi umumiy va chorvachilik atamalari, quyruq, bovur, patir, tovoq, kulchatoy, lochira singari pazandachilik atamalari adabiy tilga qipchoq shevalaridan kirib kelgan.
Adabiy tilning rivojlanishiga o‘zbek tilining o‘g‘uz lahjasi ham ma’lum darajada hissa qo‘shgan. Buning uchun adabiy tildagi yoshulli, o‘g‘lon, buyon, qaydin, qorago‘z kabi qator so‘zlarni misol sifatida keltirish kifoya.
Demak, o‘zbek milliy adabiy tilining shakllanishi va taraqqiyotida tayanch manba bo‘lgan tarixiy an’ana bilan bir qatorda barcha lahja hamda shevalarning o‘ziga xos o‘rni bor.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish