Morfologik yozuv. Fonetik yozuvdan farqli ravishda morfologik yozuvga ko‘ra tildagi morfemalar nutqda qanday aytilsa yoki eshitilsa, shunday emas, balki asl holicha yozilishi kerak. Boshqacha qilib aytganda, so‘z o‘zagiga qo‘shiluvchi morfemaning yozuvda to‘liq yoki qisman bir sistema asosida aks ettirilishi yoki ularning variantlaridan birining tanlab olib yozilishi asosida bir xillikka erishish morfologik yozuv deyiladi.
Hozirgi o‘zbek orfografiyasida morfologik tamoyil asosiy va yetakchi tamoyildan bo‘lib, yozuvda keng qo‘llanadi. Masalan, aytdi so‘zidagi -di shakli -ti tarzida eshitiladi aytti, aytgan so‘zidagi -gan shakli -kan tarzida eshitiladi aytkan, aytgin so‘zidagi -gin shakli -kin tarzida eshitiladi: aytkin. Lekin aslicha yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |