O‘zbeкiston respubliкasi



Download 0,83 Mb.
bet365/403
Sana18.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#453705
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   403
Bog'liq
HO\'AT. 2010. R.Sayfullayeva..

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR



  1. Uyushish hodisasi haqida gapiring.

  2. Bog‘lovchisiz ochiq qatorni tushuntiring.

  3. Bog‘lovchili ochiq qatorni tushuntiring.

  4. Tenglanish qatorida bog‘lovchining o‘rni qanday?

  5. Uyushiq kesimning o‘ziga xos xususiyatini bayon qiling.



UNDALMA


Tayanch tushunchalar


minimal qolip, maksimal qolip, so‘z kengaytiruvchisi, gap kengaytiruvchisi, undalma, shakliy aloqa, mazmuniy aloqa


102-§. Gap undalma bilan ham kengayishi mumkin. Undalma gap tarkibidagi II shaxs kishilik olmoshi bo‘lgan so‘zshakl ma’nosini muayyanlashtiruvchi unsur bo‘lib, u mantiqan so‘z kengaytiruvchisi maqomida bo‘ladi. Biroq u kengayayotgan so‘z bilan bog‘langanda, grammatik aloqaga ega emas. Undalma mazmunan bog‘langan so‘zshakl nutq yo‘naltirilgan shaxs yoki narsa predmetni ifodalaydi. Undalma vazifasida, odatda, bosh kelishikdagi ot, ba’zan otlashgan so‘zshakllar keladi.
Demak, undalma gap lisoniy strukturasiga bevosita daxldor bo‘lmagan, gap tarkibidagi ifodalangan yoki ifodalanmagan ikkinchi shaxs olmoshining so‘z kengaytiruvchisi hisoblanadi. Ajratilgan bo‘lak ajralmish bo‘lak bilan mazmunangina munosabatga kirishganligi kabi, undalma ham nutq yo‘naltirilgan shaxs, predmet bilan mazmuniy bog‘lanishga ega bo‘ladi.
Undalma kengaytirgan olmosh so‘zshakl gapning barcha bo‘laklari, bo‘lakning kengaytiruvchilari, qolaversa, bo‘lak bo‘laklarining kengaytiruvchilari bo‘lishi mumkin:
kesim: Do‘stim, ishonganim sensan;
ega: Oybek, sen maktabga kechikyapsan;
hol: Halim, sen tufayli murodimga etdim;
aniqlovchi: Gulbadan, sening muhabbating dilingda pinhon;
to‘ldiruvchi: Qarchig‘ay changalim, senga yo‘l bo‘lsin.
Undalma qo‘llanganda u kengaytirgan so‘z tushib qolishi ham mumkin. 1. Ey Sharqning bo‘stoni, dilimga payvand! 2. Кel, ey Furqat, suxanni muxtasar qil.
So‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxs/predmetni ifodalovchi so‘zshakl gap tarkibida yo‘q bo‘lishi va uni tiklab ham bo‘lmasligi mumkin: 1. Hoy qizlar, mana bo‘ldi pora-pora paranji. 2. Yigitcha, mashina jo‘nayapti. Ammo baribir, undalma ifodalanmagan ikkinchi shaxs olmoshi mazmunining muayyanlashtiruvchisi ekanligi ma’lum bo‘lib turadi.
Undalma vazifasida qo‘llanadigan so‘z:
ot: Xola, bemahalda nima qilib yuribsiz?
otlashgan so‘z: 1. Кo‘rganlar, gapiring. 2. Tentagim, nima deysan? 3. Birinchi, men ikkinchi!
Undalma kengayishi ham mumkin: 1. Yaxshi yigit, sevganingdan ayrilma. 2. Oq ilon, oppoq ilon, oydinda yotganing qani?
Undalma uyushishi ham mumkin. Bunda nutq turli narsalarga qaratiladi. Daraxtlar, bo‘stonlar, sizdan so‘rayman.
Undalma gapning barcha o‘rinlarida kela oladi. Gap boshida kelganda uni ochadi, oxirida esa yopadi: 1. Aziz do‘stim, omonmisan? 2. Omonmisan, aziz do‘stim.
Undalma mustaqil gap maqomini ham olishi mumkin: 1. Opa! Sen ham odam edingmi? 2. Bola qichqirdi: «Dada!» Bunda u vokativ gap bo‘ladi.



Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish