1. Mustaqil holda alohida gap bo‘la olish belgisi. Bu belgi 4-belgi bilan chambarchas bog‘langan. O‘zbek lisoniy tizimi gapda ma’lum bir axborotni tashuvchi tasdiq/inkor, mayl/zamon, shaxs/son ma’no va munosabatini ifodalovchi tarkibiy qism zarur bo‘lishini talab qiladi. So‘z- gapda bunday tarkibiy qismni alohida-alohida ajratish mumkin emas. Lekin kesimlik ma’no va munosabati so‘z-gapning o‘zida mujassamlashgan va ularning ichki mohiyatini tashkil qiladi. Bunday gaplarda kesimlik kategoriyasi ma’nolari hamda kesimlik – gap markazi mavqeida kelishida – fikrni shakllantirish, ifodalash vazifasi bor. Ular gap sifatida voqelanuvchi so‘zning leksik ma’nosida mujassam. Shu sababdan bunday gapda kesimlik mavjud, ammo kesimlik shakli ifodalanmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |