Holning tuzilish turlari. Lisoniy sintaktik qolipning asosiy xususiyatidan biri shuki, uni to‘ldiradigan nutqiy birlik bir a’zo huquqiga ega va har qanday katta-kichiklikda bo‘lishi mumkin:
Holning bir so‘z bilan ifodalanishi: 1. Tog‘am shaharga meni ham olib bordi. 2. Shalola shoshilib jo‘nadi. 3. Qiz bilan salomlashib suhbatlashdi.
Holning so‘z birikmasi bilan ifodalanishi: 1. Tog‘am nota-nish shaharga meni ham olib bordi. 2. Shalola favqulodda shoshilib jo‘nadi. 3. Qiz bilan do‘stlarcha salomlashib suhbatlashdi.
Demak, bir so‘zshakl bilan ifodalangan hol sodda, kengaygan (birikma holidagi) birlik bilan ifodalangan hol murakkab deyiladi.
Holning ifodalanishi. Hol barcha mustaqil so‘z turkumi bilan ifodalanadi:
1) fe’l: Shalola shoshilib gapirdi;
2) ot: Uydan chiqarib ketdi;
3) sifat: U yaxshi o‘qiydi;
4) son: Bir keldi, bir ketdi;
5) olmosh: Bunda ari keltiradi bol;
6) taqlid: U piq-piq kuldi;
7) ravish: Ish kech tugadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |