3. Morfema va qo‘shimcha. Morfema leksemadan ajralgan holda o‘z mohiyatini namoyon qila olmaydigan, shakl va denotativ bo‘lmagan mazmunning birligidan iborat bo‘lgan kichik lisoniy birlik. Qo‘shimcha ana shu psixofizik mohiyatning nutqda namoyon bo‘lishi. Morfema ham tashqi (moddiy) va ichki (ma’no, vazifa) jihat yaxlitligidan iborat. Atov mustaqilligiga, mustaqil sintaktik mavqega ega bo‘lmagan bu birliklar o‘zida leksik va grammatik mohiyatni uyg‘unlashtirgan:
a) yangi so‘zlar hosil qiladi;
b) so‘zlarga qo‘shimcha leksik-semantik qiymat beradi.
Bir tilga xos birlik boshqa tillarnikidan farqlanadi. Masalan, amorf, agglyutinativ va flektiv tillardagi leksema mohiyatan o‘ziga xos.
Do'stlaringiz bilan baham: |