SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
O‘zbek tilining o‘rganilish tarixini qanday davrlashtirish mumkin?
Qadimgi turkiy tilshunoslik qaysi davrlarni o‘z ichiga oladi?
Eski o‘zbek tilshunosligining shakllanishi va taraqqiyotida kimlarning lingvistik qarashlari va asarlari muhim ahamiyatga ega?
O‘zbek tili talqinida rus tilining ta’siri xususida nimalar deya olasiz?
Lisonning amaliy voqelanishi, undan amaliy foydalanish masalalari bilan shug‘ullanuvchi qanday zamonaviy yo‘nalishlarni bilasiz?
O‘zbek milliy tilini tashkil etuvchi turli-tuman shevalarni nechta lahjaga birlashtirish mumkin va ular qaysilar?
Qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasi hozirgi o‘zbek milliy adabiy tilining me’yorlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etgan deb, ajratilishining sababi nimada?
Qipchoq va o‘g‘uz lahjasining o‘zbek milliy adabiy tilining shakllanishida qanday o‘rni bor?
Do'stlaringiz bilan baham: |