9 / 8 - 5 / 6 =7 / 24 = 0,29 barrel vino.
Bu misolda Portugaliya uchun har bir barrel vinoga 9/8 dona movut sotib olgandagina xalqaro sovda foydali hisoblansa, Angliya uchun esa har bir barrel vinoga 5/6 dona movut almashganda savdo foydali hisoblanadi.
Shunday qilib, erkin savdo xalqaro ixtisoslashuvni rag‘batlantirib, quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: har bir mamlakat biror turdagi mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashishguncha o‘tgan davrgiga nisbatan kamroq moddiy va mehnat xarajatlari sarflaydigan bo‘ladi. Ammo, bu borada barcha nazariyalar ham savdoda mamlakatlarning pul birliklari ishtorokida amalga oshishi hisobga olinmagan. Chunki, mamlakatlar o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun valutalarini almashtirishadi. D. Rikardo ushbu vaziyatni ham tushuntirib bera olgan. U izohlaganidek yuqorida keltirilgan imkoniyat valutalarni almashtirish sharoitida ham saqlanib qoladi. Bu vaziyatda eksport-import to‘lovlari o‘zaro balansga ega emas. Bunday vaziyat valuta kurslaridagi o‘zgarishlar hisobiga yoki biror bir mamlakatdagi barcha baholarni o‘zgartirish hisobiga bartaraf etiladi. Yuqoridagi misol mavhum xususiyatga ega. U aniq vaziyatlarga asoslanishi uchun:
mehnat savdo qilayotgan mamlakatlar o‘rtasida emas, balki mamlakat ichida harakatchan bo‘lishini;
transport, bojxona xarajatlari, savdo ustamalari va boshqa cheklashlar hisobga olinmasligini;
mahsulotlarning yangi namunalarni ishlab chiqarishda yangi texnika va texnologiyalarni qo‘llash hamda ularni ko‘p miqdorda seriyali ishlab chiqarishda xarajatlardagi o‘zgarishlar e’tiborga olinmasligini ta’minlash imkoniyatlari yaratilishi lozim.
Angliya va Portugaliya misolida keltirilgan vaziyatlarda xalqaro savdo narxlarining keng amal qilayotgan shaklini qo‘llash mumkin. Chunonchi, bir barrel Portugaliya vinosini Angliyada tannarxidan kam narxda (80) va sotib olingan bahodan (120) yuqori narxda sotmaslik kerak. Shuningdek, angliyaliklar movutidan Portugaliyada (90 dan 100 gacha) shunday tartibda sotilishi kerak.
Mahsulotlar bahosi o‘rtasidagi o‘zaro nisbat aniqlab olingandan keyin
«savdo sharoiti» (terms of trade) tushunchasi savdo sharoitini aniqlab olish uchun esa “savdo sharoiti indeks” tushunchasi kiritilgan. Bu indeks quyidagi formula orqali aniqlangan:
Indeksning o‘sishi (masalan, 100 dan 105 gacha) savdo sharoitlarining yaxshilanayotganligini ko‘rsatadi. Ya’ni, ushbu miqdordagi importga hisob- kitob qilish uchun undan kam miqdorda eksport talab etiladi.
Amaliyotda savdo sharoiti, birinchidan, tovarlar bahosi o‘zgarishi hisobiga, unga bo‘lgan talabning oshishi yoki kamayishiga bog‘liq. Ayrim mahsulot ishlab chiqaruvchilar (masalan, neft va neft mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar) narxlarda bo‘layotgan o‘zgarishlarga qaramay, katta yutuqlarga erishadilar.
Ikkinchidan, savdo sharoiti ishlab chiqaruvchilar yoki etkazib beruvchilarning bozorga moslashishiga (egiluvchanligiga) bog‘liq bo‘ladi.
Uchinchidan, savdo sharoiti ishlab chiqarish sharoitlari yoki mahsulotlar iste’molidagi o‘zgarishlarga qarab o‘zgaradi.
Savdo sharoiti indeksi mamlakatning xalqaro savdodagi holati to‘g‘risida ma’lumotlar bersada, ko‘pgina kamchiliklardan xoli emas. Ularning eng asosiylaridan biri mamlakatda umumiy sharoitni yaxshilasada, sotilgan mahsulotlar miqdorini hisobga olmaydi. Boshqacha aytganda, savdo sharoiti yaxshilanishi eksport hajmi qisqarishi va import hajmi oshishiga olib keladi. Bu esa to‘lov balansini yomonlashtiradi.
A. Smit va D. Rikardo nazariyasida ishlab chiqarishga ta’sir qiladigan eng asosiy omil mehnat hisoblangan. Mahsulotlar narxi esa ishlab chiqarish xarajatlariga bog‘liq.
Keyingi tadqiqotlar ishlab chiqarishda asosiy omillar sifatida yer, kapital kabi omillardan foyda olish imkoniyatini hisobga olgan. Agarda, mehnatning bozor bahosi ish haqi sifatida gavdalansa, kapitalning bahosi foiz stavkalari ko‘rinishida, erning bahosi renta miqdorida aniqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |