23.2-rasm. Yalpi taklif egri chizig‘i
Foydalanilmayotgan ushbu resurslarni esa baholar darajasiga ta’sir ko‘rsatmagan holda ishga tushirish mumkin. Bu kesmada milliy ishlab chiqarish hajmi oshishi baholar darajasi o‘zgarmay qolgan sharoitda ro‘y beradi.
Yalpi taklif egri chizig‘ining Keyns kesmasida iqtisodiyotni nisbatan qisqa muddatda amal qilishini xarakterlaydi. Bu kesmada yalpi taklifni tahlil qilish quyidagi shartlarga tayanadi:
iqtisodiyot ishlab chiqarish omillari to‘liq band bo‘lmagan sharoitda amal
qiladi;
baholar, nominal ish haqi qayd etilgan, bozor tebranishlaridan juda kam
ta’sirlanadi;
real miqdorlar (ishlab chiqarish, bandlilik, real ish haqi) harakatchan va bozor tebranishlaridan tez ta’sirlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |