2.1-jadval
O‘zbekiston Respublikasida YaIM ishlab chiqarish tarkibi27
Yillar
|
YAIM
|
Sanoat
|
Qishloq xo‘jaligi
|
Quri- lish
|
Transport va aloqa
|
Savdo va umumiy ovqatlanis
h
|
Boshq alar
|
Sof soliqlar
|
2000
|
100
|
14,2
|
30,1
|
6
|
7,7
|
10,8
|
18,7
|
12,5
|
2001
|
100
|
14,1
|
30
|
5,8
|
7,5
|
11,7
|
19
|
11,9
|
2002
|
100
|
14,5
|
30,1
|
4,9
|
8,2
|
11
|
18,7
|
12,6
|
2003
|
100
|
15,8
|
28,4
|
4,7
|
9,4
|
10,1
|
17,9
|
13,7
|
2004
|
100
|
17,5
|
26,4
|
4,8
|
10,2
|
9,6
|
17,4
|
14,1
|
2005
|
100
|
21,1
|
26,3
|
4,8
|
10,6
|
8,8
|
17,8
|
10,6
|
2006
|
100
|
21,8
|
25,1
|
5,1
|
11
|
9
|
17,9
|
10,1
|
2007
|
100
|
21
|
23,2
|
5,9
|
11,3
|
9,4
|
19,1
|
10,1
|
2008
|
100
|
23,5
|
19,7
|
5,6
|
12,5
|
8,6
|
20,2
|
9,9
|
2009
|
100
|
23,9
|
18,6
|
6,8
|
11,6
|
8,9
|
20,6
|
9,6
|
2010
|
100
|
23,9
|
18
|
6,5
|
11,5
|
9,2
|
21,7
|
9,2
|
2011
|
100
|
24
|
17,6
|
6,1
|
11,7
|
8,8
|
24
|
7,8
|
2012
|
100
|
24
|
17,5
|
5,9
|
11,9
|
8,6
|
24,4
|
7,7
|
2013
|
100
|
24,2
|
17,6
|
6
|
11,9
|
8,5
|
23,8
|
8
|
2014
|
100
|
24,1
|
17,2
|
6,8
|
11,4
|
8,6
|
23,5
|
8,4
|
2015
|
100
|
24,3
|
16,7
|
7,3
|
11,0
|
8,3
|
23,6
|
8,8
|
2016
|
100
|
25,7
|
17,6
|
7,2
|
11,2
|
8,5
|
21,6
|
8,2
|
2017
|
100
|
22,2
|
34,0
|
5,7
|
9,5
|
8,0
|
20,6
|
11,5
|
2000-2017 yillarda YAIM tarkibida sanoatning ulushi 14,2 foizdan 22,2 foizgacha (qurilish tarmog‘ini ham qo‘shib hisoblaganda 27,9 foizgacha) o‘sdi, bunda sanoatning tarkibi sezilarli darajada diversifikatsiya qilindi, bu sanoatda xomashyoga yo‘naltirilishdan ichki va tashqi bozorda talab etilgan tayyor tovarlar ishlab chiqarishni kengaytirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasi hisoblanadi. Bu avvalo mamlakatimiz iqtisodiyotida industrial sanoat tarmoqlari va xizmatlarning jadal rivojlanib borayotgani bilan izohlanadi.
Qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi ko‘rinishida hisoblangan YaIM tarkibiga sof bilvosita soliqlar, ya’ni davlat budjetiga tushgan qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i va bojxona boji to‘lovlari bilvosita soliqlar bilan davlat budjetidan ishlab chiqaruvchilarga berilgan subsidiyalar o‘rtasidagi farq ham qo‘shiladi.
27 O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi ma’lumotlari
Sof soliqlarning YaIMdagi ulushi 2000 yilda O‘zbekiston Respublikasida 12,5 foizni, 2017 yilda esa 11,5 foizni tashkil etdi. Sof soliqlarning YaIMdagi ulushi kamayib borishini ijobiy tendensiya deb baholash mumkin.
Shu bilan birga, ushbu davrda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi o‘sishining yuqori sur’atlari (har yili o‘rtacha 6,2 %) saqlab qolingan holda YAIM tarkibida qishloq xo‘jaligining ulushi 30,1 foizdan 34,0 foizgacha o‘zgardi.
Agar 2000 yilda YAIM tarkibida xizmat ko‘rsatish sohasining ulushi 37,0 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, so‘nggi 4 yil mobaynida mazkur sohaning jadal yuqori o‘sish sur’atlari (o‘rtacha o‘sish sur’ati 114%) ushbu sohaning YAIMdagi ulushini 2013 yildagi 48,6%dan 2017 yilda 38,1%gacha o‘zgarishini ta’minladi (20.2- jadval). Natijada, bu sohaning YAIM o‘sishidagi ulushi yildan yilga ortib bormoqda.
20.2-jadval Yangi metodika bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha YAIM tuzilmasi
(yakunga nisbatan% da)28
Ko‘rsatkichlar
|
2016
|
2017
|
YAIM,
shu jumladan:
|
100
|
100
|
Tarmoqlarningyalpi qo‘shilgan qiymati
|
90,8
|
88,5
|
Mahsulotlarga sof soliqlar
|
9,2
|
11,5
|
Tarmoqlarning yalpi qo‘shilgan qiymati
|
100,0
|
100,0
|
Qishloq xo‘jaligi
|
34,0
|
34,0
|
Sanoat (qurilish sohasi bilan birga)
|
26,6
|
27,9
|
Xizmatlar
|
39,4
|
38,1
|
Shu bilan birga, avtomobilsozlik sanoatida ishlab chiqarish hajmi keyingi uch yilda 2,8 barobar qisqarib, bu sanoat (qurilish bilan birga) o‘sish suratining 2014 yildagi 107,9%dan 2016 yilda 106,6%gacha pasayishi va YaIMdagi sanoat ulushining mos ravishda 4,4 f.b.ga kamayishiga olib keldi.
2016 yilga kelib elektron axborotlashtirish, iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarini qamrab oldi. Davlat idoralari va mahkamalari o‘rtasida, biznes muhiti ichida, shuningdek, hukumat va uning xizmatlarini iste’molchilari – biznes va aholi o‘rtasida axborot hujjatlar aylanmasi elektron aloqa vositalari orqali ta’minlandi.
YaIMni xarajatlar bo‘yicha hisoblash. Bu usul yakuniy foydalanish usuli deb ham yuritilib, unda YaIMni hisoblash uchun yakuniy mahsulotlarni sotib olishga qilingan barcha xarajatlar o‘zaro qo‘shib chiqiladi. Bu xarajatlar quyidagicha guruhlanadi:
Uy xo‘jaliklarining iste’mol xarajatlari (C):
uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol buyumlari sotib olishga;
kundalik foydalaniladigan iste’mol buyumlari sotib olishga;
v) iste’mol xizmatlari to‘loviga.
28 O‘zbekiston iqtisodiyoti. 2016 yil uchun axborot tahliliy byulleten, Toshket- 2017., 17 b.
Yalpi ichki xususiy investitsiya xarajatlari (I):
asbob-uskunalar, mashinalarni yakuniy sotib olishga;
korxonalar, inshootlar, turarjoy binolarini qurishga sarflangan;
v) tovar zahiralari o‘rtasidagi farqlar yoki zahiralarning o‘zgarishi. Tovar va xizmatlarning davlat xaridi (G).
Bu guruh xarajatlariga mahalliy va markaziy boshqaruv hokimiyati idoralari tomonidan korxonalarning pirovard mahsulotlari va resurslari xaridi (avtomobil yo‘llari va pochta muassasalari qurilishi, davlat korxonalarida to‘lanadigan ish haqi) xarajatlari kiritiladi. Lekin shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, bu xarajatlarga davlat transfert to‘lovlari kiritilmaydi29.
Sof eksport (Xn): mamlakatning import va eksport operatsiyalari bo‘yicha xarajatlar o‘rtasidagi farq.
YaIMni xarajatlar orqali hisoblash formulasini quyidagicha tasvirlash mumkin:
YaIM = C + I + G + Xn
O‘zbekiston Respublikasida yaratilgan YaIMning foydalanish (xarajatlarga ko‘ra) tarkibi tahlili shuni ko‘rsatadiki uy xo‘jaliklarining iste’mol xarajatlari YaIM tarkibidagi eng salmoqli komponent ekan. Bu ko‘rsatkichning YaIMdagi ulushiga ko‘ra O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasi, Yaponiya va Fransiya davlatlariga yaqin turadi.
YaIMni daromadlar (taqsimot usuli) bo‘yicha hisoblash. YaIMni daromadlar bo‘yicha aniqlashda yakuniy mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida rezident-ishlab chiqarish birliklari tomonidan, qo‘shilgan qiymatlar hisobidan, to‘langan dastlabki daromadlar qo‘shib chiqiladi.
YaIMni daromadlari yig‘indisi ko‘rinishida hisoblashda asosan quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi:
-sof bilvostia soliqlar (Tn) – bilvosita soliqlar(qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksizlar, bojxona bojlari) va subsidiyalar hajmlari o‘rtasidagi farq;
yollanma ishchilarning ish haqlari (W) - xususiy va davlat kompaniyalarining yollanma ishchilarga hisoblagan barcha turdagi mehnat haqi to‘lovlarining nominal miqdori plyus ish beruvchilar tomonidan ish haqi fondiga nisbatan hisoblanib to‘lanadigan ijtimoiy sug‘urta ajratmalari. O‘zbekiston Respublikasida bu ajratma normasi 2005 yilda ish haqi fondiga nisbatan 31% bo‘lgan bo‘lsa. 2006 yildan boshlab 25 % qilib belgilandi
Korporatsiyalarning yalpi foydasi + nokorporativ korxonalar daromadi
(R).
Nokorporativ korxonalar- kichik hajmdagi, uy xo‘jaliklariga tegishli korxonalar
bo‘lib ularda korxona foydasi va korxona egasining ish haqi elementlari o‘zaro qo‘shilib ketgan bo‘ladi. Bu holat aralash daromad atamasini qo‘llashga sabab bo‘ladi.
29 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013): 27
Do'stlaringiz bilan baham: |