Qisqa xulosalar
Bozor xo‘jaligining asosiy elementlaridan biri firma hisoblanadi. Firma esa, egaligida alohida mol-mulki bo‘lgan va o‘ziga qarashli bo‘lgan korxonada (korxonalarda) mustaqil xo‘jalik faoliyatini amalga oshiradigan yuridik tashkilotdir. Firma maksimal foyda olish va iqtisodiy ne'matlarni ishlab chiqarish maqsadida resurslarni birlashtiradi. Firma tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradi.
Mulk shakli bo‘yicha firmalar quyidagicha guruhlanadi: yakka mulk egaligi (yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xo‘jaliklari, fermer xo‘jaliklari, xususiy firmalar); hamkorlikdagi mulk egaligi (xo‘jalik shirkatlari (to‘liq va kommandit), mas'uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas'uliyatli jamiyatlar, qishloq xo‘jaligi shirkatlari, kooperativlar boshq.); korporasiya (aksiyadorlik jamiyati).
Do'stlaringiz bilan baham: |