APC + APS = 100% yoki 1.
Uy xo‘jaliklari tasarrufidagi daromadlarining o‘sgan qismini yo iste’mol qiladi, yoki jamg‘aradi.
46 Кейнс Дж.М. Общая теория занятости, процента и денег. М.,1978. С.157.
Iste’moldagi o‘zgarishlarning shu o‘zgarishni keltirib chiqargan tasarrufidagi daromad o‘zgarishdagi ulushi iste’molga chegaralangan moyillik deyiladi.47
Δ C
MPC = 100
Δ Yd
Bu yerda: MPC (marginal propensity to consume) – iste’molga chegaralangan moyillik.
Yuqorida keltirilgan 4-jadval ma’lumotlariga ko‘ra ixtiyordagi daromad 410 sh.b.dan 430 sh.b.kacha oshgan holatda MPSni hisoblaymiz.
Δ C =420 - 405 =15; Δ Yd =430 - 410 = 20; MPC = (15/20) 100=75%;
Bu shuni bildiradiki, daromad 100 % ga (yoki bir birlikka) o‘zgarganda iste’mol 75
% (yoki 0,75)ga o‘zgaradi.
Jamg‘arishdagi o‘zgarishning ixtiyordagi daromad o‘zgarishdagi ulushi jamg‘arishga chegaralangan moyillik deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |