Diffyerensial renta. Absolyut rentani qaraganimizda, yerning sifati, joylashuvi bir xil deb faraz qilgan edik. Haqiqatda esa yerlar hosildorligi bo‘yicha hamda joylashuviga ko‘ra bir-biridan farq qiladi.
Faraz qilaylik, tabiiy hosildorligi bo‘yicha 3 xil yer bo‘lsin, ya’ni, yaxshi, o‘rtacha va yomon yerlar. Bu yerlarning hosildorligi har xil bo‘lganligi uchun, ularning teng o‘lchamdagi uchastkalariga teng miqdorda kapital va mehnat sarflasak, turli xil natija olamiz. Hosildorligi yuqori bo‘lgan yerdan, boshqa yerlarga nisbatan ko‘proq hosil olamiz va bu ortiqcha olingan hosil yerning faqat tabiiy hosildorligi bilan bog‘liqdir. Yaxshi hosildor yerga renta o‘rtacha yer rentasiga ko‘ra yuqori, o‘rtacha yer rentasi esa yomon yer rentasiga ko‘ra ko‘p bo‘ladi, yomon yer egasi esa sof iqtisodiy (absolyut) renta oladi (17.8-rasm).
P
R
Differen- sial renta
*
1
Do'stlaringiz bilan baham: |