50
Melanj tizimi umuman karda tizimini takrorlaydi, lekin unda paxtani bo'yash
bilan bogiiq bo’lgan qo’shimcha o'timlar bo'ladi. Qayta tarash tizimida chiziqli
zichligi kichik yoki o'rtacha, lekin ancha pishiq yigirilgan ip ishlab chiqariladi.
Bunday ip ingichka tolali paxtadan ishlab chiqariladi. Karda tizimiga qaraganda
qayta tarash tizimida olingan ip ancha pishiq, tekis, silliq va toza bo'ladi. Bunday ip
olish uchun jarayonga taroq bilan tarash operatsiyasi ham kiritiladi. Bu operatsiyada
tolalar taroq bilan taraladi, natijada pilta qisqa tolalar (tarandilar) dan tozalanadi.
Qayta tarash mashinalaridan chiqayotgan pilta uzun, yaxshi to'g'rilangan tolalardan
iborat bo'ladi, shuning uchun yuqori sifatli yigirilgan ip olinadi. Qayta tarash
jarayonida uzun tolalar isrof bo'imasligi va shikastlanmasligi uchun tolalar
yetarlicha to'g'rilangan, mashinaga tushayotgan mahsulot esa bir tekis bo'lishi
lozim. Shuning uchun ham karda tizimidagi qayta tarash mashinalaridan
chiqayotgan pilta qo’shimcha ikkita tayyorlash operatsiyasidan o'tkaziladi: 16-20 ta
pilta xolst qilib qo'shiladi va xolstlar cho'ziladi (i'ngichkalashtiriladi).
Apparat tizimida uncha pishiq bo'lmagan g'ovak mayin yigirilgan ip ishlab
chiqariladi. Bunday yigirilgan ip sifatiga yuqori talablar qo’yilmaydi. Xomashyo
sifatida har xil uzunlikdagi tolalar, ko'p miqdorda chiqindilar (kuyindilar),
shuningdek, har xil tolalar aralashmalari ishlatiladi. Har xil tolalar aralashmalarini
titish va savash operatsiyalari alohida bajariladi, keyin tolalar aralashtirilib, ayni
vaqtda moylanadi. Apparat tizimining o'ziga xos xususiyati shundaki, tarashdan
keyin mahsulotni ingichkalashtirish, cho'zish emas, balki paxtani tarab ayrim
piltalarga ajratish va piltalarni bo'shgina o'rab, ulardan piliklar hosil qilish yo'li
bilan bajariladi. Bu tizimda tarash operatsiyasi 2-3 karda tarash o'timini va pilik
karetkasini o'z ichiga oladigan tarash apparatlarida bajariladi. Olingan pilik yigiruv
mashinasiga uzatiladi, shuning uchun ipning tarkibi g'ovak chiqadi.
Har xil yoki bir rangda bo'lgan paxtalar aralashmasidan iborat yigirilgan ip
melanj tizimida olinadi. Bu tizimda titilgan tolalar apparatlarda bo'yaladi, quritiladi
va yana titish mashinalariga uzatiladi. Shundan so'ng tolalar aralashtiriladi, savaladi
va yuqorida bayon qilingan yigirish tizimlaridan biridagi barcha operatsiyalardan
o'tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: