O‘zbеkistоn rеspublikаsi



Download 25,9 Mb.
bet2/69
Sana24.01.2022
Hajmi25,9 Mb.
#407136
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Bog'liq
2 5413685085515811482

MUQADDIMA



“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da belgilangan vazifalar asosida o‘quv jarayonida magistrantlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga faol jalb qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 15-iyuldagi PQ-916 sonli “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2010 yil 17-apreldagi “Oliy ta’lim, fan va korxona o‘rtasidagi innovatsion xamkorlik mexanizmlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 3/2-sonli OO‘MTV Hay’ati qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning joriy yilning 7-fevraldagi farmoni bilan tasdiqlangan “2017−2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi”1ning 4-ustuvor yo‘nalishi ijtimoiy sohani rivojlantirishga bag‘ishlangan bo‘lib,2017 yil 1 maydagi ”O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5030 raqamli farmoyishiga binoan, Arxitektura ta’limi yo‘nalishi mutaxassisligi bo‘yicha istiqboldagi ehtiyojni aniqlashda samarali mexanizmlarini takomillashtirish lozim ekanligi ma’lum.

Fuqaro binolari arxitekturasi qadimdan ma’lum bo‘lib, funksional vazifalarga xizmat qilishdan tashqari, jamiyatda mavjud g‘oyalarni tashkil ettirishga, davlat va jamoat ehtiyojlarini qondirishga intilgan. Bu o‘rinda bobokalonimiz Sohibqiron Amir Temurning “Bizning qudratimizdan shubhang bo‘lsa, biz yaratgan binolarga boq”,- degan mashhur so‘zlarini eslatish kifoya. Samarqanddagi Registon maydoniga tashrif buyurgan har bir kimsa, kim bo‘lishidan qat’iy nazar, osmono‘par minora va koshinkor peshtoqlarga tikilganida, hayolidan mazkur obidalarni qurgan memor va ustalarning istedodi va mahorati, ularni qurishga buyurgan hukmdorlarning qudrati to‘g‘risidagi fikrlar o‘tishi shubhasizdir.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng boshqa sohalarda bo‘lgani kabi me’morlikda ham katta o‘zgarishlar ro‘y berdi.

Mustaqillikka erishilgandan keyin tarixda birinchi marotaba 1995 yilda “Arxitektura va shaharsozlik” bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Ushbu qonunni amalga oshirish va bajarish jarayonida ko‘p sohaviy imkoniyatlar paydo bo‘ldi va shu asosda tarixni, madaniy boyliklarni, iqlimni, zilzila va umuman, hududimizga xos bo‘lgan holatlarni e’tiborga olgan holda 148 ta milliy – davlat “Qurilish meyorlari va qoidalari” (QMQ) ishlab chiqildi.

1 “2017−2021 йилларда Ўзбекистонни ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони. 2017-йил 7-февраль. http://uza.uz/oz/documents/ozbekiston-respublikasini-yanada-rivozhlantirish-byicha-хarak-07-02-2017.

Takidlash joizki, mustaqillikning birinchi yilidan va ayniqsa, oxirgi ikki-uch yil mobaynida shaharsozlik sohasiga e’tibor kuchayib kelmoqda.

Shaharsozlik sohasiga tegishli O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti

I. A. Karimovning “O‘zbekiston Respublikasida arxitektura va shahar qurilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni (2000-yil 26-apreldagi 2595-sonli), Vazirlar Mahkamasining «Arxitektura va qurilish sohasidagi ishlarni tashkil etish va nazoratni takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida» (2000-yil 27-apreldagi 165-sonli), «Shaharlar, tuman markazlari va shahar tipidagi poselkalarning bosh rejalarini ishlab chiqish va ularni qurish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida» (2000-yil 14-avgustdagi 320-sonli),

«Arxitektura va shaharsozlik sohasidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi uchun rahbarlar va mansabdor shaxslarning javobgarligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlari (2000-yil 23-avgustdagi 329-sonli) fikrimiz dalilidir.

Mazkur qonunlar asosida oliy ta’lim ikki bosqichda, bakalavriat va magistratura yo‘nalishlarida amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Sh. M. Mirziyoyev 2017 yil 20 aprel kuni imzolagan yangi qaror oliy taʼlimning maʼnaviy-axloqiy mazmunini kuchaytirish, talaba-yoshlar qalbi va ongiga milliy istiqlol gʻoyasini, oʻzbek xalqining yuksak maʼnaviyati va insonparvarlik anʼanalariga sadoqat tuygʻusini chuqur singdirish, begona gʻoyalarga nisbatan ularda mustahkam immunitet va tanqidiy munosabatni shakllantirishni nazarda tutadi. Qarorda yangi avlod oʻquv qoʻllanmalarini yaratish va oliy taʼlim tizimiga keng tatbiq etish, oliy taʼlim muassasalarini zamonaviy oʻquv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan taʼminlash masalalari nazarda tutilgan. O‘quv qo‘llanmada Respublikamizdagi kapital qurilishning, ayniqsa uy-joy qurilishi sohasidagi yutuqlari, hozirgi ahvoli, kelajak rejalari atroflicha yoritilgan. Bino va inshoatlarning konstruktiv tizimlari, hajmiy- tarxiy yechimlari, ularning ahamiyati va konstruktiv loyihalash asoslari shu yo‘nalishda Respublikamiz qurilish industriyasi, rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasini hisobga olgan holda yoritilgan.

«Bino va inshootlar arxitekturasi» fani «Xizmatlar sohasi» yo‘nalishi uchun asosiy hisoblangan qurilish texnologiyasi fani bilan bir vaqtda olib borilib bu yetakchi fanning maqsadlarini to‘la amalga oshirilishiga qaratilgan.

Mazkur oʻquv qoʻllanmada bino va inshootlar konstruksiyalarining xillari, xususiyatlari, ularning bino qurilishida tutgan o‘rni, binolarning hajmiy – tarxiy yechimlari va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bayon etilgan. Hisobiy raqamlar va ayrim ko‘rsatkichlar Respublikamizda jahon standartlari asosida qurilish sohasidagi yangidan chop etilayotgan meyoriy va rasmiy hujjatlardan olingan. Bo‘lajak quruvchilar ushbu fan asoslarini mukammal o‘zlashtirmay turib qurilish konstruksiyalari, zamin va poydevorlar va hokazolarni o‘rganishlari mumkin emas.


Download 25,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish