I.Fanning mazmuni
Mazkur fan dasturi: 60111300 - Musiqa ta’limi ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, “Maqom solfedjiosi” fani ixtisosiy va umumkasbiy fanlar – Musiqa nazariyasi, Fortepiano va qo’shimcha cholg’u, Dirijyorlik kabilar bilan uslubiy jihatdan uzviy bog’liq va ulardan olingan bilimlarni ma’lum darajada to’ldirishga xizmat qiladi.
Har tomonlama kamol topgan yuksak ma’naviyatli, musiqiy tafakkuri chuqur va keng musiqachi shaxsni tarbiyalab yetishtirishda, uning kasbiy bilimlarini shakllantirishda Maqom solfedjiosi fanining roli juda muhimdir. Ushbu fan yuzasidan talabalar musiqa san’atida eng nodir – notani o’qib turib unda ifodalangan bir va ikki ovozli kuy, hamda boshqa musiqiy asarlarni to’liq yoki ma’lum bo’lagini yakka, ansamblli ko’rinishda, bularning barchasini jo’rsiz, va usulli jo’rlikda kuylash bilim va ko’nikmalarini egallaydilar, shuningdek nota manbalarida ishlash usuli bilan tanishadi va o’rganadilar.
Maqom solfedjiosi fani talabalar uchun kelajakdagi faoliyatiga tayyorlashda, kasbiy mahoratini oshirishda chuqur ta’sir ko’rsatadi.
II.O’quv fanining maqsadi va vazifalari
Maqom solfedjiosi darslarida o’quv jarayonining samarasi talabaning musiqiy-nazariy fanlardan (musiqaning elementlar nazariyasi, garmoniya, polifoniya, musiqiy asarlar tahlili) qay darajada tayyorgarlik ko’rganiga bog’liq, ya’ni mazkur fan barcha musiqiy-nazariy fanlar bilan uslubiy jihatlar bo’yicha uzviy bog’liq va ulardan olingan bilimlarni ma’lum darajada to’ldirishga xizmat qiladi. O’quv rejada belgilangan semestrlarda o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish o’quv rejasidagi umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishni talab etadi.
Fanni o’qitishdan maqsad – an’anaviy xonanda va an’anaviy cholg’ular yo’nalishdagi xonanda va sozandalarning musiqiy qobiliyatlari, sof musiqiy talaffuz, hamda turli uslubdagi musiqiy tuzilmalarni tinglab anglash malakasini rivojlantirishdan iborat.
Fanning vazifasi - talabalar o’zbek an’anaviy musiqa durdonasi – Shashmaqomga, va shu bilan birga turli davr va uslublarga taalluqli musiqa namunalarini to’laqonli idrok etish, xotirani har tomonlama rivojlantirish, notaga qarab kuylash va tinglash jarayonida ohang aniqligini nazorat qilish kabi ko’nikmalarni takomillashtirishdan iborat.
Mazkur fanni o’zlashtirish natijasida talaba quyidagi belgilangan bilimlarga, xususan:
- turli davr va milliy uslublarga, hamda Shashmaqom musiqasiga xos bo’lgan musiqiy ifoda vositalari;
- ijro etayotgan asarlarning badiiy mazmuni, shakli, lad va ritmik xususiyatlari haqida tasavvurga ega bo’lishi;
- bir va ikki ovozli diatonik diktantlarni yozish;
- notalarni tayyorgarliksiz o’qish, major va minorning uch turidagi akkordlarini notali va “a capella” tarzda kuylash;
- ikki va uch garmonik ko’povozlik misollarini kuylashni bilishi va ulardan foydalana olishi;
- Shashmaqomning cholg’u va ashula yo’llaridan olingan kuy tuzilmalarni tinglab aniqlash va ularni tahlil etish;
- barcha turdagi modulyatsiyalarni va garmonik ketma-ketliklarni tinglab aniqlash;
- bir va ikki ovozli musiqiy misollarni tayyorgarliksiz notaga qarab kuylash malaka va ko’nikmalariga ega bo’lishi nazarda tutiladi.
III. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari)
1-Mavzu: Maqomlar tarixidan.
|