12-modda. Aniq maqsadga qaratilgan milliy, tarmoq va mintaqaviy dasturlar hamda loyihalar
Energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi aniq maqsadga qaratilgan milliy, tarmoq va mintaqaviy dasturlar hamda loyihalar energiyadan oqilona foydalanish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirishda majburiydir.
Quyidagilar tegishincha aniq maqsadga qaratilgan milliy, tarmoq, mintaqaviy dasturlar va loyihalarni ishlab chiqish tashabbuskori bo‘ladilar:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati;
vazirliklar va idoralar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Hukumati, viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati organlari.
Aniq maqsadga qaratilgan milliy, tarmoq va mintaqaviy dasturlar hamda loyihalar besh yil va undan uzoqroq muddat uchun ishlab chiqiladi, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tasdiqlanadi va ustuvor hisoblanadi. Ularni ro‘yobga chiqarish mas’uliyati tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Hukumati, vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari zimmasiga yuklatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |