O’zbekiston respublikasi turrriiistik ob’ektlar nomi va ahamiyati



Download 28,68 Kb.
Sana21.01.2022
Hajmi28,68 Kb.
#394100
Bog'liq
2-mashg\'ulot


N

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

TURRRIIISTIK OB’EKTLAR NOMI VA AHAMIYATI

1

Toshkent shaxri

1-Toshkent teleminorasi – Markaziy Osiyodagi eng chiroyli va baland teleminoralardan biri.

1957-yilda qurilgan birinchi 180 metrli telemarkaz poytaxt va Toshkent viloyatining 4 millionlik aholisini to‘laqonli qamrab ololmay qolgandi. Radio va teleuzatishlarni uzoq tog‘li hududlarga ham yetkazish zarur edi.

2-Toshkent metrosining har bir bekati – bu turli ustalarning me’morchilik va badiiy san’at durdonasi, noyob san’at galereyasi bo‘lib, u sizni O‘zbekiston xalqlarining tarixiga o‘ziga xos sayohat qildiradi! Bekatlardagi an’anaviy naqshlar va donishmandlarning hikmatli gaplari, qahramonlar, shoirlar va mutafakkirlarning suratlari, betakror щzbek mozaikasi...

3-Muz va O‘zbekiston bir-biriga to‘g‘ri kelmaydigan tushunchalarday tuyulishi mumkin. Biroq 2019-yildan boshidan buyon "Humo Arena" sport-ko‘ngilochar majmui qurilishi yakunlanganidan so‘ng xokkey, kyorling, short-trek, figurali uchish bo‘yicha o‘yinlar va turnirlarga kelish imkoniyati paydo bo‘ldi. 2019-yil sentyabridan boshlab esa “Oliy xokkey ligasi” chempionatining muntazam o‘yinlari o‘tkazib kelinmoqda.

4-Toshkentning markaziy maydonlaridan biri – “Xalqlar do‘stligi” maydonida Shomahmudovlar oilasining xotirasiga bag‘ishlangan monument joylashgan.1982-yil may oyida ochilgan bo‘lib, u Ikkinchi jahon urushi yillarida turli millatga mansub 15 nafar bolani asrab olgan Shomahmudovlarning qahramonona jasoratiga bag‘ishlangan.

5-Jasorat" monumenti – matonat va qahramonlik ramzi“Jasorat” monumenti – matonat va qahramonlik ramzi Qiyin daqiqalarda yuz minglab insonlar bir-birini qo‘llab-quvvatlash uchun birlashadi. Bunga 1966-yil 26-aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 05:23 da sodir bo‘lgan Toshkent zilzilasi yorqin misol bo‘la oladi.



2

Andijon viloyati

1-Mingtepa manzilgohiQadimiy shahar xarobalari Andijon viloyatining Andijon shahridan 38 km. uzoqlikdagi Marhamat tumanida joylashgan. Bular qadimgi Ershi shahrining xarobalari bo‘lib, miloddan avvalgi V-IV-asrlardan eramizning IV asrgacha mavjud bo‘lgan Dovon davlatining poytaxti bo‘lib xizmat qilgan. Ershi keyinchalik Mingtepa nomini olgan. Qachonlardir Buyuk Ipak yo‘li ushbu savdo shahri orqali o‘tgan

2-Qadimiy QalʼaAndijon shahridagi Dukchi Eshon mahallasida noyob inshoot – qadimgi Qalʼa joylashgan. Ushbu majmua 1880-1881 yillarda Andijon shahrida chor Rossiya qo‘shinlari uchun mudofaa qalʼasi sifatida qurilgan. Qalʼa devorlarining balandligi 10 metrdan oshadi, shuning uchun Andijonning har bir tumani va ko‘chasi aniq ko‘rinib turardi. Qalʼaning ichida askarlar uchun kazarmalar, qurol-aslahalar, oshxona va artilleriya bazasi bo‘lgan mudofaa inshooti joylashgan edi. O‘sha davrda qalʼaga Rus podshohining Turkiston doimiy batalyonining 250 dan ortiq harbiy rotasi joylashishi mumkin edi. Yuz yillar davomida qalʼa ko‘plab voqealarning guvohi bo‘lgan, shulardan biri 1898 yilda Andijonda Dukchi Eshon boshchiligidagi xalq qo‘zg‘oloni.



3

Buxoro viloyati

1-Ark qal’asi

Qariyb 20 metr balandlikdagi va 4 gektar maydonni egallagan mahobatli qal’a. Bu Buxorodagi eng qadimiy me’moriy va arxeologik yodgorlik hisoblanadi.

2-Xoja Abdulhakim al-G‘ijduvoniy maqbarasi

Xoja Abdulxoliq al-G‘ijduvoniy murshid (ma’naviy ustoz) bo‘lib, Naqshbandiya ta’limotigatamal toshi qo‘ygan.

Uning hayoti davomida maqbara chillaxona bo‘lib, odamlar qirq kunlik issiqda namoz o‘qish uchun kelishgan. Keyin namozgoh tabarruk ziyorat joyiga aylanadi. Ziyoratchilarning ko‘pchiligi muborak safarlarini shu maqbarani ziyorat qilishdan boshlashadi. Yaqin o‘tmishda ziyoratgoh kimsasiz bo‘lib qolgandi. Hozir esa maqbara Qadimgi Sharqning bir qismi sifatida, zamin va osmon o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘zida mujassam qiladi.

3-Xoja Muhammad Obid al-Revgariy

Xoja Orif Revgariy ibn Ismoil (1165–1262) Revgar qishlog‘ida tug‘ilgan. U buyuk Abdulxoliq G‘ijduvoniyning shogirdi edi. Buyuk ustoz vafotidan so‘ng, u ruhiy ustoz bo‘lishga ruxsat oladi. U umrining oxirigacha diniy faoliyat bilan shug‘ullangan.
4-Xoja Mahmud Anjir Fag‘naviy maqbarasi

Buyuk so‘fiy, ruhiy ustoz qabristoni. U Vobkent shahri yaqinida tug‘ilgan. O‘z faoliyat boshida ustachilik va duradgorlik bilan shug‘ullangan. Talabalik yo‘lini bosib o‘tib, murshid darajasiga yetadi. Mahmud Anjir Fag‘naviy "uxlab yotganlar uyg‘onishi kerak" deya hisoblab, zikrni birinchi bo‘lib baland ovozda aytishni boshlab bergan.

5-Xoja Muhammad Bobo Samosiy yodgorlik majmuasi

Xoja Ali Romitoniyning izdoshi, mashhur so‘fiyning dafn qilingan joyi. Xoja Samosiy (1259–1354) tasavvuf taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shdi, buyuk shaxs Bahouddin Muhammad Naqshbandiy tug‘ilishini va uning tasavvuf taraqqiyotiga qo‘shadigan hissasini bashorat qildi.

U tasavvuf va ma’rifatning eng buyuk farzandi tug‘ilishini va uning tug‘ilgan joyini "Ma’rifatchilar qishlog‘i" deb nomlanishini aytdi. Ustoz 95 yoshida vafot etdi. U dafn qilingan muqaddas joyda bu buyuk inson o‘z ta’limoti bilan mujassam eta olgan maqbara, masjid, quduq va go‘zal bog‘ barpo etilgan.

6-Xoja Said Amir Kulol Buxoriy yodgorlik majmuasi

Hanafiy olim-ilohiyotchi, so‘fiy murshid, pir, ruhiy ustoz Bahouddin Naqshbandiy dafn etilgan joy. Hayoti davomida u "Kalon" (Buyuk) laqabiga ega edi.Said Amir Kulol (1287–1370) Suxar degan joyda kulollar sulolasiga mansub oilada tug‘ilgan va butun umri shu hunar bilan professional shug‘ullangan. U mashhur iste’dodli kulol edi va buyuk ustoz maqomini olishdan ancha oldin mashhur bo‘lib ketdi. U ruhiy nufuzga ega bo‘lib, yuzdan ortiq izdoshlari bor edi. U Naqshbandiyni tasavvuf asoslari, zikrlarni to‘g‘ri o‘qish va Xojagon sirli yo‘lining an’analari bilan tanishtirdi.


4

Farg’ona viloyati

1-XUDOYORXON O'RDASI (SAROYI)

XVIII asrdan e'tiboran, Qo'qon xonligining poytaxtida ko'plab masjid, madrasa, savdo rastalari, bozorlar, boshqa tarixiy obektlar bunyod etilgan. Ular orasida Xudoyorxon tomonidan 1873 yilda qurilgan O'rda yaxshi saqlangan. Bu binoni “Xudoyorxon saroyi”, deb ham ataydilar. Saroyning umumiy maydoni – 4 gektar, uning poydevori 3 metr balandlikka ko'tarilgan. Shu sababli ham saroyga bosh darvoza orqali kirish uchun sharqiy tomondan maxsus yo'l qurilgan.

Darvozaxonaning ustki qismiga arab harflari bilan “Buyuk Sayid Muhammad Xudoyorxon”, deb yozib qo'yilgan. Saroy qurib bitkazilganida, uning uzunligi 138 metr, kengligi 65 metrni tashkil etgan edi. Saroy 7 ta hovli va 119 ta xonadan iborat bo'lgan. O'sha paytda o'rda ichki va tashqi devorlar bilan o'rab olingandi. Devorlar saqlanib qolmagan, bizgacha faqat ikkita hovli va 19 ta xona etib kelgan, xolos. Bugun bu erda Qo'qon o'lkashunoslik muzeyi joylashgan.

2-MODARIXON MAQBARASI

Modarixon maqbarasi 1825 yilda Qo'qon xoni Umarxonning volidasi uchun qurilgan. Bu, islom me'morchiligining diqqatga sazovor, yorqin namunalaridan biridir.


5

Jizzax viloyati

1-Zomin davlat qo‘riqxonasiZomin davlat tabiiy qo‘riqxonasi o‘z ichiga Baxmal o‘rmon xo‘jaligi, Zomin o‘rmon xo‘jaligi va Zomin milliy tabiiy bog‘ini olgan bo‘lib, uning umumiy maydoni 26840 gektarni tashkil etuvchi ulkan hududda joylashgan. Qo‘riqxonaning o‘zi esa 8770 gektar maydonni egallaydi.Taʼkidlash joizki, Zomin davlat qo‘riqxonasi 1928 yilda Turkiston tog‘ tizmasida ushbu mintaqadagi noyob archa o‘rmonlari va yovvoyi tabiatning tabiiy holatida saqlanishini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan. Qo‘riqlanadigan yerlar tarkibiga asosan tog‘ tizmalari kiradi. Zomin va Baxmal tumanlarida joylashgan ushbu qo‘riqxona dengiz sathidan 1670-4200 metr balandlikda, iqlimi keskin kontinental va harorat maksimal 30 darajani tashkil qiladi. Qo‘riqxonada 700 ga yaqin oliy o‘simlik turlari o‘sadi. Ulardan 13 turi O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan, 48 turi esa endemik turlardir.Qo‘riqxonaning hayvonot olami xilma-xil bo‘lib, 286 turi umurtqasiz hayvonlar, sut emizuvchilarning 29 turi, qushlarning 101 turi, sudralib yuruvchilarning 14 turi, amfibiyalarning 2 turi, 1 turi baliq ushbu hududni o‘z uyiga aylantirgan. Shuni taʼkidlash kerakki, ulardan 13 turi O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.Hozirgi kunda qo‘riqxona xodimlari tomonidan hudud o‘simliklari va hayvonot dunyosini o‘rganish va saqlash bo‘yicha ilmiy ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, Jizzax davlat pedagogika institutining tabiiy fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari va aspirantlari bilan birgalikda ilmiy va maʼnaviy-maʼrifiy yo‘nalishda tabiatni muhofaza qilish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha ko‘plab tadbirlar, davra suhbatlari tashkil etilmoqda. Buni qo‘riqxonaning tabiati va uni saqlash to‘g‘risidagi ommaviy nashrlarda chop etilgan ilmiy maqolalari, risolalari va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilgan maqolalarida ko‘rishimiz mumkin.

2--Parpi Oyim majmuasi

Jizzax viloyatining Zomin tumanida Uvol qishlog‘i joylashgan bo‘lib, u Morguzar tog‘ tizmasining eng go‘zal daralaridan birida joylashgan. Bu yer farzandsiz ayollar ziyorat qiladigan eng mashhur joy hisoblanadi. Ular Teshiktosh qoyasidagi tor tuynukdan uch marta o‘tib ketish – maxsus marosimni o‘tkazishadi, mahalliy aholi bu tez orada ona bo‘lishga yordam beradi deb ishonadi.Uvol qishlog‘ining asosiy ziyoratgohlari orasida mashhur joy “Parpi oyim” deb nomlangan maqbaradir. U Teshiktosh darasi yaqinida joylashgan. Tor tuynukdan o‘tish marosimini bajargan ayollar, bu yerda to‘plangan bir nechta toshlarni kamarga bog‘lab qo‘yishadi va farzand ko‘rmaguncha uni yechib tashlamaydi. Chaqaloq tug‘ilganda, toshlarni o‘z joylariga qaytaradilar va “Parpi oyim” qabrida ular bunday ajoyib sovg‘a uchun parvardigorga minnatdorchilik bildiradilar.Agar Shahristonning shimoliy tog‘ tizmalariga borilsa, Zahiriddin Muhammad Boburning o‘z qo‘llari bilan tosh ustida o‘yilgan jayron tasvirini ko‘rish mumkin. Ehtimol, bu yozuvlar buyuk shoir va sarkarda hayotining davriga oid bo‘lsa ajab emas.


6

Namangan viloyati

1-Yangiqo’rg’on tumani Oq tom qishlog’idagi «Axtam Saxoba» ziyoratgohi

Yangiqo’rg’on tumanidagi tabarruk ziyoratgohlardan biri hisoblanib, Oqtom qishlog’ida joylashgan. Qishloqning nomlanishi tarixi ham shu ulug’ zot nomi bilan bog’liq. Axtam sahobaning to’rt o’g’illari bo’lgan, deyishaji. Oqtom qabristonidagi muborak uch qabrning o’rtasida ota, ikki yonlarida esa ikki o’g’illari joy olishgan ekan.

2-Uychi tumani Fayziobod qishlog’idagi «Devonabuva» maqbarasi

Namangan viloyati Uychi tumanidagi peshtoqli, gumbazli Devonabuva maqbarasi tashqi ko’rinishidan XVI asr oxirlarida yuzaga kelgan katta gumbaz - peshtoqli xajm ko’rinishiga kelgan qoidaga ko’ra, to’rt tomondan teshiklar bilan bo’lingan. Kirish peshtoqi qismlari va o’lchamlariga ko’ra maqbara xonaqoxini eslatadi.

XVIII asr yodgorliklariga xos bo’lgan gumbaz abrisining past qismidagi tik sinish va gumbazning cho’qqisidagi uncha baland bo’lmagan ko’tarilishning mavjudligidir.
Maqbara pishiq g’ishtdan qurilgan. Tomonlar xajmi 25 -27 sm, qalinligi 4,5 -5 sm ganchli qorishmadan 10 qatorga 10 choklidan 73 sm o’lchamda qo’yilgan. Peshtoq taxminan XIX asr oxirida rus g’ishti bilan ta’mirlangan. Binoning ichki ko’rinishi suvoq bo’ylab bir necha marotaba gul bilan bezalgan. Tasvirlar mavzusi o’simliklar (majnuntol shoxchalari, gulli gultuvaklar) va maxsus o’rganishni talab etuvchi epigrafikadan iborat. Xozirgacha o’rganilmagan Devonabobo maqbarasi o’zining me’moriy qiyofasi bilan serviqor va o’ziga xosdir.

3-Bibi Naima (sutli buloq) ziyoratgohi va masjidi

Mazkur ziyoratgoh Chortoq tuman sobiq Bobur shirkat xo’jaligi xududida joylashgan. Bibi Naima ona Sulton Uvays Karaniyning onalari bo’lib, qabrlari «baliqli mozor» ziyoratgohidan uncha uzoq bo’lmagan joyda joylashgan. Bibi Naima ona ziyoratgohiga XII - XIII asrlarda maqbara tiklanib, shundan beri bu joyga ziyoratchilar kelib turishadi.


7

Navoiy viloyati

1-RABOTI MALIK SARDOBASI (XIV.)

Raboti Malik peshtoqidan bir oz narida suv manbai — diametri 13 metrcha keladigan gumbaz ostida karvonsaroyga zamondosh bo’lgan sardoba joylashgan. Sardoba hovuzining aylana devori yerdan 12 metr chuqurlikka qadar pishiq g’ishtdan qurilgan bo’lib, unda muzday toza suv butun yoz bo’yi saqlangan. XVI asrdagi mualliflardan biri Raboti Malik sardobasining suvini makkadagi laziz zamzam suviga qiyoslaydi. Sardoba karvonsaroy kabi yolg’iz yo’lovchilar uchun ham, butun boshli karvonlar uchun ham qo’nalg’a hisoblangan.

Karvonsaroy o’zining dastlabki vazifasi e’tibori bilan XVIII asrgacha xizmat qilib kelgan. unda amir temur va uning avlodlari, buxoroda hukmronlik qilgan sulolalarning xonlari, elchilar, savdo karvonlari va sayyohlar qo’nib o’tgan. Hofizi abro’ning ma’lumotiga ko’ra, Ulug’bek 1420 yilda ushbu mintaqalarda to’xtab, qirq kun ov qilgan. XIX asr — XX asrning boshlarida bu yerda rabot nomi bilan ma’lum umri qisqagina bo’lgan qishloq ham shakllangan.

2-DEGGARON MAJMUASI (XIV)

Karmana shahrining 30 km g’arbidagi hazora qishlog’ining yonida Movarounnahrdagi eng qadimgi masjidlardan biri — Deggaron masjidi joylashgan. Uning qurilish davri XI asr boshlaridan nariga o’tmaydi. Bu bino Zarafshonning so’l qirg’og’ida, endilikda vayron bo’lgan, lekin ilgari yaxshi mustahkamlanib qurilgan qadimiy kichik bir qishloq hududida joylashgan. qishloqning ham, masjidning ham nomi bu yerda yashagan, aholining asosiy mashg’uloti — o’tga chidamli qozon tayyorlashdan olingan. Xojagon Sulukining mashhur sufiylaridan biri bo’lmish SHayx Mavlono Orif Deggaroniy (1313–1376) shu qishloqda tug’ilgan va shu yerda dafn etilgan. Bu zot Naqshbandiya tariqatidagi Xojagon Sulukining buyuk namoyandasi bo’lmish Bahouddin Naqshbandning ustozlaridan biri hisoblanadi. XVII asrda Deggaron qishlog’i masjiddan bir oz narida joylashgan Hazora qal’asiga aylangan. Masjid turli texnika usulida qurilgan: tashqi yuzasi, ustunlari va poydevorining bir qismi — pishiq g’ishtdan, devorlari xom g’isht va paxsadan iborat. gumbazlarining ichki qismi ravoqlardan, devorga tegib turgan yoki alohida qad ko’targan ustunlar g’ishtdan bino qilingan. Markaziy gumbazni ko’tarib turgan to’rt ravoq g’isht va ganjdan sebarga shaklidagi o’ziga xos bezaklar bilan bezatilgan. markaziy gumbaz atrofidagi sakkizta kichik gumbaz «balxi» uslubidagi kichik ravoqlar orqali masjidning tashqi devorlari va ichki ustunlariga tayangan holda qurilgan. Bu joy hozirda qayta ta’mirlanib, majmuada muzey faoliyat ko’rsatmoqda.


8

Qashqadaryo viloyati

1-Oqsaroy ziyoratgohi

Shahrisabz tumanidagi Sohibqiron Amir Temur davrida qurilgan me’moriy yodgorlik (1380-1404). Shahar bosh maydonida joylashgan. Uning old tarafida Amir Temur haykali bunyod etilgan. Bir zamonlar muhtasham, xashamatli bo’lgan bu saroyning bizgacha yemirilib, xaroba holga kelgan ulkan peshtoqi, ikki chekkasidagi minorasi, saroy poydevorining bir qismigina saqlangan. Oqsaroyning hozirgi ko’rinishi ham salobatli va go’zaldir. Peshtoq ravogining eni 22,5 metr, balandligi 40 metr, umumiy balandligi 50 metrdan oshadi. Peshtoq minorasi ichidagi aylanma zina orqali yuqoriga chiqilgan. Devonxona peshtogida arslon va quyosh tasviri va Temur davlatining uch halqa shaklidagi nishoni bo’lgan. Oqsaroy devorlaridagi ranglar jilosi, tarixiy, falsafiy va diniy mavzudagi, kufiy, suls yozuvlari, koshinkori bezaklar, naqshlarning o’zaro uygunligi binoga ajoyib va sehrli mazmun bagishlagan. Ranglarning oy yorug`ida jilolanib oqarib ko’rinishidan bino "Oqsaroy” deb nomlangan. Saroyning o’ziga xos xususiyatlaridan biri-tom tepasiga ishlangan hovuzdir. Bu yodgorlikni ko’rish uchun har yili dunyoning turli burchaklaridan minglab sayyohlar keladi.

2-Langar ota ziyoratgohi

Istiqlol yillarida ta’mirlanib, ziyoratchilar bilan gavjumlashgan Hazrati Langar ota ziyoratgohi Langar ota qishlogida joylashgan. Dengiz sathidan salkam 1000 metr balandlikda, XVI asrning oxiri XVII asrning boshlarida Ashtarxoniylar davlati hukmdorlari tomonidan barpo etilgan qo’sh maqbara Shayx Abul Hasan Ishqiya avlodlari Langar ota shayxlari maqbarasidir.

Shiftdagi rangdor naqshlarda Sohibqiron Amir Temur bayrogidagi "Abadiy hayot" ramzi shakllari naqshlangan. Shuningdek, Sulton Vayisdan qolgan ming yillik chinor va ul zotga daxldor Hukaktosh-Teshiktoshga chiqib, shifobaxsh Boshmanbuloq suvidan ichish mumkin.

3-Dinozavr izi

Hisor qo’riqxonasi yaqinidagi Qal’ai Sheron soyining tugash qismida baland ko’kimtir tosh qoyada Yura davriga oid 190-195 million yil avval yashagan 31 ta dinozavr izi mavjud.

4-Amir Temur gori

Markaziy Osiyoda chuqurligi va uzunligi jihatidan yagona bo’lgan gor. Rivoyatlarga ko’ra, Sohibqiron Amir Temur o’zining otliq lashkari bilan ushbu gorda bir muddat dushman xavfidan saqlangan. Uzunligi 870 metr, kengligi 7-10 ba’zi joylarda 100 metrgacha yetadi. Gorning shiftlarida uzunligi 1,5-2 metr keladigan tabiat mo’jizasi - stallaktit (sumalak) lar mash’ala yorugida kamalak ranglarida jilolanadi.

5-Tandir go’sht

Qashqadaryoning eng mashhur va mazali taomi. Chapani va mehmondo’st qashqadaryoliklar kelgan mehmonni albatta, tandir go’sht bilan siylashadi. Haqiqiy tan madori bo’lmish bu taomning lazzatli ta’mi bir umrga ogzinggizda qolishi turgan gap.

6- Suvtushar mo’jizaviy sharsharasi

Tabiatning go’zal in’omi hisoblanmish bu sharsharaning balandligi 84 metr. Dengiz sathidan 2 ming 100 metr yuqoridagi ulkan tosh qoyadan tushadigan suv parchalari go’zal qizni eslatadi. Shiddatli oqimdagi suv ko’pirib oppoq tusga kiradi. Shuning uchun mahalliy aholi uni "Sutshari" deb ham ataydi.

7-Tohir-Zuhra maqbarasi

Guzor tumanida joylashgan ushbu maqbara buyuk muhabbat egalari Tohir va Zuhraga tegishli. Bu ikki sevishganning muhabbat afsonasi tillarda doston bo’lgan. Ziyoratgohda nafaqat shu hududda yashovchi yigit-qizlar, balki diyorimizning turli burchaklaridan, hattoki, qo’shni respublikalardan tashrif buyurganlarni, kelin-kuyovlarni uchratish mumkin. Yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh-yalanglar ko’nglida chin muhabbat timsoli bo’lmish Tohir va Zuhraga nisbatan ehtirom tuygulari jo’sh urishi tabiiy. Chunki chin muhabbat qissasiga nisbatan qiziqish hech qachon so’nmaydi.


9

Samarqand viloyati

1-Registon maydoni

Ushbu maydon shaharning diqqatga sazovor muhim joylaridan biri bo‘lib, qadimiy, ammo hamisha navqiron shaharsozlik ansambli sifatida butun dunyoga dongi ketgan. Uni uchta qudratli maqbara binosi qurshab olgan bo‘lib, har biri alohida noyob bezak bilan pardozlangan. Sharq me’morchiligining ajoyib namunasi sifatida Samarqand YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

2-Go‘ri-Amir maqbarasi

Go‘ri Amir tarixiy yodgorligi XV asr boshlarida qurilgan bo‘lib, o‘zbek me’morchilik san’atining buyuk ijodiy namunasi hisoblanadi. Muqaddam madrasa shahardagi mashhur ziyoli arboblarning farzandlariga ta’lim-tarbiya beruvchi ilm maskani sifatida qurilgan. Uning ro‘parasida maxsus xonaqoh qad rostlagan Bino qurilishi Muhammad Sulton tomonidan boshlangan bo‘lib, u Islom ta’lim markazi ochishni ko‘zlagan edi.

3-Bibixonim jome masjidi

Amir Temur hajmi va chiroyi jihatidan sayyoramizdagi boshqa obidalardan ustun turgan go‘zal maqbarani qurib, ayoliga sovg‘a qilgan. Jilvakor devorlari, inshootning baland qurilgan elementlari, marmar toshdan kesib ishlangan bino kubbasi Amir Temur va uning ayoli nomlarini tarixda muhrlash uchun xizmat qilishi kerakligi nazarda tutilgan emish.

4-Afrosiyob shaharchasi
Afrosiyob yirik arxeologik yodgorlik bo‘lib, qadim Samarqand shahri tarixidan darak beradi. Qadim shaharning maydoni 219 gektarni tashkil qiladi. Arxeologlar bir-birini bosib turgan 11 ta madaniy qatlamlar borligini aniqlaganlar. Shaharning zamonaviy relefida qudratli qal’aning xarobalari, ko‘hna mudofaa devorlari, qachonlardir shaharga suv keladigan kanalning vayronalarini oson ajrata olish mumkin.

5-Shohi Zinda maqbaralar majmui

Shohi Zinda maqbarasi Samarqand shahridagi rang-barang qabr toshlarni o‘zida mujassam etgan qadimiy osori-atiqalardan biri bo‘lsa ne ajab. Ushbu tarixiy obidaning o‘ziga xos jihati shundaki, u XIV-XV asrlar mobaynida qurilgan barcha inshootlarni o‘zaro chambarchas uyg‘unlashtirgan. Mazkur binolar qadimgi Afrosiyob shahrining yaqinida qad rostlagan bo‘lib, bino joylashgan ko‘chani “qabriston ko‘chasi”, deb ham atashgan.

6-Hazrati Dovud ziyoratgohi

Keyingi kezlarda Samarqand viloyatining Nurobod tumani, Oqsoy qishlog‘i hududida joylashgan Hazrati Dovud g‘ori O‘zbekistondagi eng sergavjum ziyoratgohlardan biriga aylangan. Mazkur g‘or o‘zida o‘ta qadimiy va turli-tuman rivoyatlarni yashirgan bo‘lib, unga tashrif buyuruvchilar soni kun sayin tobora ortib bormoqda. Tog‘ cho‘qqisidagi tik qoyada joylashgan g‘orga kirgan ziyoratchilar Temir piri sanalgan Hazrati Dovud haqqiga tilovat o‘qib, niyat qiladilar.


10

Sirdaryo viloyati

Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1963-yil 16 fevralda tashkil etilgan. Shimolidan Qozogʻiston Respublikasi, sharqdan Toshkent viloyati, janubidan Tojikiston Respublikasi va gʻarbdan Jizzax viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 5,3 ming km. Aholisi 667.748 kishi (2003). Tarkibida 9 tuman (Boyovut, Guliston, Mehnatobod, Mirzaobod, Oqoltin, Sayxunobod, Sirdaryo, Xovos, Sardoba) (tumanlar haqida alohida maqolalarga qarang, maye. Boyovut tumani), 5 shahar (Guliston, Baxt, Sirdaryo, Shirin, Yangiyer), 6 shaharcha (Boyovut, Dehqonobod, Doʻstlik, Paxtaobod, Sayxun, Xovos) va 75 qishloq fuqarolari yigʻini bor (2004). Markazi — Guliston shahri.

11

Surxondaryo viloyati

1-Termiziy al-Hakim, Hakim Termiziy (toʻliq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn Hasan ibn Bashir Hakim Termiziy) (taxm. 750/760 — Termiz — taxm. 869) — mashhur mutasavvif. Termiziyning tarjimai holiga oid maʼlumotlar oʻrta asr arab mualliflaridan Tojiddin Subkiy, Xatib Bagʻdodiy, Ibn Hajar Asqaloniy, Abdurahmon Sullamiy va b.ning asarlarida, shuningdek, allomaning oʻzi yozgan «Badʼu shaʼni Abu Abdulloh» («Abu Abdulloh ishining boshlanishi») avtobiografik risolasida keltirilgan

2-Sulton Saodat majmui – Termizdagi meʼmoriy yodgorlik (10—17a.lar). Termizning sharqida joylashgan bu ziyoratgoh 7 a. davomida shakllangan. 20 ga yaqin maqbarani oʻz ichiga olgan. Unda Sayyidlar sulolasining maqbaralari joylashgan. Dastlab shu atrofdagi yerlar egasi, paygʻambarimiz avlodlaridan boʻlmish Hasan al Amir (9-a. 2-yarmida vafot etgan) maqbarasi bunyod etilgan. Xalq orasida S.Sm. nomi bilan mashhur boʻlgan maqbaralar 10-a.da, qolganlari, asosan, 15—17-a.larda yonmayon qurilib, uzun hovlining 2 tomonini egallagan. Makbaralar peshtoq va gumbazli chorsi xonalar (9×9,05 m va 10,15×10,25 m) dan iborat. Hovlining toʻridagi peshtoq va ikki qanotidagi gumbazli maqbaralar bir xil tarxda, janubdagi maqbara zinalar gʻisobiga kichikroq koʻrinadi. Shimoliy gʻarbidagi maqbaraning qurilma va bezaklari oddiy gʻisht (27×27×5 sm) dan juft juft qilib terilib, mavjli bezak hosil qilingan. Ichki xona devorlariga gʻishtdan hoshiyali boʻrtma ravoqlar ishlangan. Janubiy gʻarbdagi maqbara shimoliy gʻarbdagidan bir oz kichik, koʻrinishi oddiy, ganch suvokli. Mazkur 2 maqbara orasidagi peshtokli supa toʻriga mehrob joylashgan. Sirkor koshinlar binoga alohida husn bagʻishlagan. 15 —17-a.larda qurilgan maqbaralarda oʻsha davrga xos yulduzsimon girih naqshlar, ganchkori bezaklar keng qoʻllanilgan. Majmua mustaqillikdan keyin taʼmirlanib, ziyoratgohga aylantirilgan.

3-Fayoztepa — millodan 1—3-asrlarga oid budda monastir ibodatxona majmuasi (vixara). Termiz shahri yaqinidagi Eski Termiz shahar xarobalarining shimmoliy gʻarbida. Qoratepadan 1 km shimoliy sharqda joylashgan.

Fayoztepaning ochilishi 1968 yil bahorida choʻpon Absad Beknayev tomonidan mergeliy ohak toshidan ishlangan budda sanamini kuchma kum ustidan topib, Termiz oʻlkashunoslik muzeyiga topshirishidan boshlandi. Yodgorlik 1968-1976 yillarda arxeolog L. I. Albaum tomonidan oʻrganildi. Fayoztepa maydoni koʻchma qumlar uyumidan tozalangach, uning meʼmoriy tarixi ochilib, u 3 qismdan iborat monumental inshoat, yaʼni markaziy qismida — ibodatxona, uning shimoliy gʻarbida monastir, janubiy sharqida esa xoʻjalik qurilish inshoatlaridan iboratligi aniqlangan. Majmuaning umumiy maydoni 1,5 ming kv. m ga yaqin



12

Toshkent viloyati

O'rta Osiyodagi noyob obidalardan biri Zangi ota nomi bilan mashhur bo'lgan so'fiylik targ'ibotchisi shayx Oyxo'ja ibn Tojxo'ja sharafiga shunday ataladi.

Gumbazli darvozaxona orqasida ikkita pastak minora, ularning janubi-g'arbida XX asr boshlarida kurilgan shiypon va minora bor. Minora g'ishtdan qirrali qilib qurilgan. Uning janubi-g'arbida gumbazli, g'isht ustunli, devorlar yozuvlar bilan bezatilgan peshayvonli masjid, hovlining qolgan uch tamonida bir qavatli hujralar joylashgan. Shimoli-g'arbida darsxona, shimoli-sharqida esa yana bir darvoza bo'lib, undan qabristonga chiqiladi.

Zangi ota maqbarasi hovlining janubida peshtoqli ayvon, ziyoratxona, xilxonalardan iborat. Ziyoratxonaning devor va burchaklarida yirik va mayda ravoqlar gumbazga asos bo'lgan. xilxonada burchak va taxmon ravoqlari ikki qavatli gumbazni tutib turadi. Ziyoratxonaning ichkari-tashqarisidagi sirlarning qoldiqlari binoning o'z davrida mahobat bilan naqshlanganligini ko'rsatadi. Janub qismida Anbar bibi maqbarasi bor.

Zangi otaning asli tug'ilgan va yashagan maskani Shosh viloyati bo'lib, Toshkent bilan Qovunchi oralig'idagi Zangi ota nomli qishloq. Zangi ota Toshkent shahrining Samarqand Darboza ko'chasidagi «Zangi ota» mahallasida tug'ilib, o'sgan degan taxminlar ham bor. Oyxo'ja Ibn Tojxo'janing “Zangi” iborasi bilan nisbat berilishi, u kishi qora tanli bo'lganining ramziy ifodasi.

Zangi otaning otasi Tojxo'ja, uning otasi Abdulmalik ota, ul zot o'zining piri murshidi Mansur ota orqali Xoja Axmad YAssaviyga borib taqaladi. Tojxo'janing o'zi ham hazrat YAssaviyning xizmatlarida bo'lib, ul tabarruk zotdan bevosita tasavvufiy-ma'naviy ta'limot va irshodot olgan. Tojxo'ja hijriy 615/1218) yilda vafot etgan.

Rivoyatlarga qaraganda, Zangi ota cho'ponlarning piri «avliyo» qiyofasida gavdalanadi. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Zangi ota Ahmad YAssaviyning muridi, so'fiy shoir Sulaymon Hakim Boqirg'oniyning shogirdi bo'lgan.

Zangi otaning butun hayoti Movarounnahr xalqlarining eng og'ir davriga to'g'ri keladi. Zotan, XIII asrning 20 yillarida Mo'g'ul istilochilari Movarounnahrning eng yirik shahar va qishloqlarini vayron qiladilar. Oddiy mehnatkash xalqni esa qullik iskanjasiga soladilar. Shunday og'ir bir paytda Zangi ota va uning shogirdlari xalq ommasini qahramonlik, vatanparvarlik, mehr-shafqat kabi eng oliy umuminsoniy g'oyalar bilan oziqlantirdi. Zangi otaning bu xizmatlari vaqti kelib Amir Temur tomonidan munosib taqdirlandi. Zangi otaning qabri ustida maqbara qad rostladi. 1420 yilda esa Mirzo Ulug'bek uning ustiga hozirgi peshtoqni bunyod ettirdi.



13

Xorazm viloyati

1-Muhammad Aminxon madrasasi va minorasi

Xiva shahrida 64 ta madrasa mavjud bo’lib, shular ichida eng yirigi va chiroylisi Xiva xoni Muhammad Aminxon tomonidan qurilgan madrasa hisoblanadi.

Madrasa Ichan qal’aning g’arbiy qismida joylashgan bo’lib, shaharning bosh darvozasi Ota darvozadan kirib kelganda, o’ng tomonda joylashgan. Bu me’morchilik obidasi o’z davriga xos uslubda eng katta va hashamatli qilib qurilgan. Madrasa pishiq g’ishtdan qurilib, uning devorlarining qalinligi 1,5 metrga etadi. Madrasa 130 hujradan iborat. Derazalarda ganchdan ishlangan panjaralar qurilgan. Muhammad Aminxon minorasi: Xivada qurilgan mashhur minoralardan biri nihoyasiga etkazilmagan Muhammad Aminxon minorasidir.

Minora hozirgi paytda kesik konus shaklida bo’lib hozirni o’zida ham haybatli ko’rinishga ega. Dinamik qisqarishiga qarab xulosa qilinadigan bo’lsa, bitganidan so’ng uning balandligi 100 metrga yaqin bo’lib O’rta Osiyoda eng katta va baland minora bo’lishi mumkin edi. Minora qancha vaqt o’tgan bo’lsa ham xuddi yangi qurilganday saqlanib turibdi. Minora 1853 yilda Muhammad Aminxon tomonidan qurila boshlangan va 1855 yil Shimoliy Eronga yurish paytida xonning o’ldirilishi va Abdullaxonning taxtga o’tirishi bilan qurilish ishlari to’xtab qolgan.

2-Sulaymon qal’a” qadimiy Xorazmning eng ko’hna qal’alaridan biridir. Tarixiy obida Xazorasp tumanida joylashgan. Xazoraspning tarixi eramizdan oldingi V asrga taalluqlidir, kal’a o’sha zamonlarda yashagan xukmdorlarning qarorgohi bo’lgan. Qal’a devorlari xozirgi kunga qadar saqlanib qolgan. Qal’a xavfsizligini ta’minlash maqsadida obida ko’l bilan o’ralgan. Mahalliy aholi bu ko’lni Oydin ko’l deb ataydi. Uning o’ziga xos jihati shundaki, ko’l chuchuk suv bilan to’yintiriladi. Tarixiy manbalarga ko’ra, ko’l ostida er osti yo’li joylashgan. Qal’aning eng yuqori tepaligidan astronomik kuzatuvlar uchun foydalanilgan.

3-Cho’girmai - Xorazmning milliy bosh kiyimi sanaladi. U qorako’l terisidan tayyorlanadi va qishda sovuqdan, yozda esa quyosh taftidan saqlashga xizmat qiladi. Cho’girmani asosan xon, vazir kabi badavlat kishilar kiyishgan. Cho’girma erkaklar bosh kiyimi bo’lgani uchun Xorazm vohasida u bilan bog’liq bir udum saqlangan. Unga ko’ra, uylanish niyatini bildirgan yigitga qiz tomon cho’girmani kuch bilan otishgan, agar yigit yiqilib tushsa, unga turmushga chiqishdan qaytishgan. Xorazmda cho’giramni yosh toifasiga qarab kiyishgan: keksalar oq, o’rta yoshlilar kulrang, yoshlar esa ranglilarini.

4-Sayyohlik markazi “Xiva qorako’l” fermer xo’jaligi qoshida tashkil etilgan. Sayyohlik markaziga tegishli binolarda Xivaning “Ichanqal’a” va “Dishanqal’a”sidagi tarixiy obidalar ko’rinishini aks ettirishga harakat qilingan. Shuningdek, balandligi 36 metr bo’lgan minora, milliy uslubda bezatilgan va barcha qulayliklarga ega o’tovlar mavjud. Bu erda sayyohlarga tuya va otda Qizilqum cho’li bo’ylab sayr qilish, markaz yonidagi ko’l uzra qayiqlarda suzish, baliq ovlash, milliy taomlar, qo’chqor va xo’roz urishtirish tomoshasi va boshqa xizmatlar taklif etiladi.


14

Qoraqalpog;iston respublikasi

1-KATTA GULDURSUN

Qal’a mil.av. III–IV asrlar, mil. XII–XIII asrlar– Qadim Xorazmning eng yirik chegara qal’alaridan hisoblanadi. Ko’lami 350×230 m teng bo’lgan maydonga ega. Ichida olib borilgan qazish ishlari vaqtida arxeologlar tomonidan qadim va o’rta asrlarga tegishli materiallar topildi: o’rta asrlarga tegishli sopol idishlar, bronzadan ishlangan bezak buyumlari, qadim va o’rta asrlarga tegishli tangalar.

Bu tangalar bo’yicha qal’ada hayot 1220 yilargacha – ya’ni Muxamad Xorazmshox boshqargan davr, Chingisxon bosqinchiligiga qadar davom etgan.
2-AYAZQAL’A

Qo’rg’on mil. IV–III asrlarda qurilgan.

Uchta yodgorlikdan iborat (Ayazqal’a 1, 2, 3). Ayaz-qal’a 1 qal’asi tabiy tepalikning ustiga qurilgan. Qo’rg’on mil. IV–III asrlarda qurilgan.

Ayazqal’a 2. VII–VIII asrning boshlari, XIII asrda turar joy sifatida foydalanilgan.

Bugungi kunda qal’a yonida qora uylardan iborat kemping turistlarga xizmat ko’rsatmoqda.

3- To’proqqal’a Mil. I–IV asrlar.

To’proqqal’a ko’lami 500×350 m. To’rt burchakli, qal’aning sirtidan o’r qozilgan, qo’rg’on devorlari bilan qurshalgan, ularning balandligi 8-9 m gacha etgan. Burchakda uch minorali saroy qad ko’tarib turgan.

Qal’a darvozasidan boshlangan ko’cha kal’ani ikiga bo’lib turgan, ko’chaning ikki atrofi mavzelarga (asosan hunarmandlar mavzelariga) bo’lingan bo’lib, uning bir bo’lagi ehrom inshootlari bilan to’la bo’lgan. Qal’a inshootlarining birida tilla yalatilgan bronzadan ishlangan bilakuzuk kiydirilgan tog’ qo’chqorining shoxlari topilgan, uning atrofida siylov, mukofot yoki boshqa maqsadda keltirilgan ko’p sonli shisha idishlar, bezak buyumlari, alebastrdan ishlangan haykalchalar, devorga chizilgan rasmlar (raqsga tushayotgan niqoblilar), «Askarlar zali»da – askarlarning haykalchalari, «Podsholar zali»da esa – pishmagan loydan ishlangan podsholarning haykalchalari topildi.



Download 28,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish