1.4 Turizm – iqtisodiy taraqqiyot omili
Turizm sohasi yurtimiz iqtisodiy taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlash, joylarda yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim o‘rin tutadi. Keyingi yillarda ushbu sohani jadal rivojlantirish, mamlakatimizga kelayotgan xorijiy sayyohlar oqimini ko‘paytirish, ichki turizmni kengaytirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi.
Ammo sohada hal etilishi lozim bo‘lgan bir qator muammolar mavjud edi. Masalan, xorijiy fuqarolar uchun elektron kirish vizalarini rasmiylashtirish imkoniyati mavjud emasligi, ichki va ziyorat, qishloq xo‘jaligi turizmlari salohiyatidan hamda xorijiy investitsiyalarni jalb etish borasidagi imkoniyatlardan yetarlicha foydalanilmayotgan edi.
Ipak Yo‘lining chorrahasida joylashgan Samarqand betakror madaniy meros inshootlari, osori-atiqalari bilan har doim dunyo ahlida katta qiziqish uyg‘otib kelgan. Bu esa qadimiy va navqiron shaharda sayyohlik infratuzilmasini yanada rivojlantirish imkonini berayapti. Shu bois keyingi yillarda turizm viloyat iqtisodiyotini yanada rivojlantirishda yetakchi tarmoqlardan biriga aylandi. Viloyatimizda xalqimiz tarixini o‘zida mujassam etgan muzeylar, tarixiy obida va yodgorliklar, shuningdek, bahavo va xushmanzara dam olish maskanlari, muqaddas ziyoratgohlar juda ko‘p.
Turizmni madaniyatlar rishtasi deb bejiz aytmaydilar. Inson umrguzaronlik qilar ekan, olam go‘zalliklariga hamisha talpinib yashaydi. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida turizmni rivojlantirish evaziga mamlakat iqtisodiga yaxshigina daromad kelib tushayotgani bor gap. Mingga yaqin tarixiy me’moriy obida va qadamjolar mavjud bo‘lgan bizning mamlakatimizda turizm imkoniyatlari nihoyatda keng ekanligini alohida ta’kidlashni istardim.
Mamlakatimizda boy tabiiy, madaniy va tarixiy merosimizni asrab-avaylash va mavjud resurslari va imkoniyatlardan samarali foydalanish bugunning dolzarb vazifasidir. Turizmga investitsiyalarni jalb etish, innovatsion g‘oya va texnologiyalarni olib kirishda bojxona xizmatlaridan ozod etilishi turizm xizmatlarini zamonaviylashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Endilikda mazkur soha takomili uchun amalga oshiriladigan har bir loyiha uchun 10 mln. AQSh dollari miqdorida kredit ajratilishi ham ko‘plab yangi-yangi loyihalarni ro‘yobga chiqarishni ta’minlaydi.
Qadimda sharqning gavhari deya atalgan bizning Shahrisabz shahrimizdagi me’moriy obidalarni ko‘rish istagida bo‘lgan xorijliklar son mingta. Ayniqsa, Sohibqiron Amir Temur saltanatining muazzam koshonasi bo‘lmish Oqsaroy, Doriltilovat, Dorussaodat kabi yuzlab tarixiy ob’ektlarni xorijliklar hamon hayratu havas birla tomosha qilmoqdalar. To‘g‘ri istiqlol yillarida boy madaniy merosimizning yorqin namunasi bo‘lgan bu go‘zal inshoatlarni saqlash va ta’mirlash borasida qator ishlar qilindi. Biroq bugungi kunda vohamizda turizm salohiyatidan yetarli foydalanilmoqda deya olmaymiz. Turizm ravnaqi yo‘lidagi ishlarni zamonaviylashtirish, xususan, internet tarmog‘idan samarali foydalanish borasida ham hali ko‘p ish qilishimiz kerak. Turizmni rivojlantirish yo‘lida izlanayotgan yosh tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, tematik xiyobonlar, mehmonxonalar va boshqa joylashtirish vositalarini qurish va jihozlanishi uchun olib kiriladigan materiallarni to‘lanadigan bojxona xizmatlaridan ozod etilishi soha rivojiga xizmat qiladi. O‘zbekiston katta tarixiy-madaniy merosga – 7300 dan ortiq qadimiy-me'moriy va arxeologik obidalarga ega. Ularning ko‘pchiligi Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Qo‘qon va Toshkent shaharlarida joylashgan. Yurtimizdagi 200 dan ziyod tarixiy yodgorlik va obidalar YuNeSKOning madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
«Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotga yuqori daromad keltiradigan istiqbolli tarmoqlardan biri – bu turizmdir. O‘zbekiston turizm sohasida dunyo bo‘yicha ulkan salohiyatga ega bo‘lgan davlat hisoblanadi. Yurtimizda 7300 dan ortiq madaniy meros obektlari mavjud va ularning qariyb 200 tasi YuNeSKO ro‘yxatiga kiritilgan.
Shu bilan birga, mamlakatimizning betakror tabiati, go‘zal dam olish maskanlari imkoniyatlaridan foydalanib, yangi turistik yo‘nalishlar ochish mumkin. Bu sohaga jahon brendlarini faol jalb etgan holda, biz ziyorat turizmi, ekologik, ma'rifiy, etnografik, gastronomik turizm va bu sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratishimiz zarur. Bu borada davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini qo‘llash sohani taraqqiy ettirishda keng imkoniyatlar ochishini hisobga olishimiz lozim.
Davlat rahbarining yurtimizda barcha sohalar qatorida turizmga ham katta e'tibor qaratishi bu sohada ko‘zga tashlanib kelinayotgan kamchilik va muammolarni bartaraf etish choralarini jadallik bilan amalga oshirilishida dasturulamal bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz. O‘zbekiston yirik turizm salohiyatiga ega mamlakatlar qatorida o‘z o‘rni va ahamiyatiga ega ekan, demak biz mavjud imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanishimiz kerak. Hozirgacha xorijiy mamlakatlarda O‘zbekiston haqida ko‘proq ma'lumotlarni targ‘ibot qilishda oqsoqlikka yo‘l qo‘yilmoqda. Xususan, bugungi kunda yurtimizga tashrif buyurayotgan aksariyat sayyohlar turizm firmalari tomonidan jalb etilmoqda. Yevropaning deyarli barcha mamlakatlarida O‘zbekiston haqida aholida yetarlicha ma'lumot yo‘q. Ular aynan turfirmalar orqali eshitib, qiziqish bildirib kelishmoqda.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonning mustaqilligi va istiqlol yo‘lidagi taraqqiyotida sog‘lom avlod Davlat dasturi muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘quvchi-yoshlar, talabalar va mehnatkash ommaning sihat-salomatligini yaxshilash, ularning jismoniy barkamolligini oshirishda jismoniy tarbiyaning muhim vositasi sifatida turizm o‘ziga xos tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Shu sababdan barcha aholi turizmning u yoki bu turi bilan shug‘ullanishlari maqsadga muvofiqdir.
Yurtimiz ravnaqi yo‘lida amalga oshirilayotgan barcha islohotlar negizida Vatan, xalq manfaati turibdi. Barcha sohalarda islohotlar amalga oshirilyapti. Bunday ijobiy o‘zgarishlar, rivojlanishni yangi bosqichga ko‘tarish uchun, hammamiz o‘z vazifamizni chin yurakdan ado etishimiz, fidoyi bo‘lishimiz lozim.
FOYDALANGAN SAYTLAR RO’YXATI
geografiya.uz
uzbekistan.travel
reviev.uz
interkomitet.uz
zamin.uz
uzbektourism.uz
arm.sies.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |