O'zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi


Jismoniy mashg‘ulot joylariga qо‘yiladigan gigiyenik talablar



Download 1,07 Mb.
bet13/90
Sana25.01.2022
Hajmi1,07 Mb.
#410179
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   90
Bog'liq
Jismoniy tarbiya va sport 2021

2.5. Jismoniy mashg‘ulot joylariga qо‘yiladigan gigiyenik talablar

Jismoniy mashg‘ulot joylari gigiyenasi deganda eng avvalo darslar va sport mashg‘ulotlari, musobaqalari о‘tkaziladigan joylarning toza va ozodaligi tushuniladi. Shu asosda quyidagilar talab etiladi:



  • sport zallari, о‘yin maydonlarini doimo supurib, yuvib tozalash;

  • sport asbob-uskunalari, tо‘plar va boshqa zarur jihozlar butun, toza va о‘z joylarida saqlanishi lozim;

  • sport zallarini darsdan keyin yuvib-artish, о‘yin va yengil atletika maydonlarini darsdan oldin tozalash, iflosliklarga yо‘l qо‘ymasli;

  • jismoniy tarbiya darslari, sport mashg‘ulotlari va musobaqalarda faqat sport kiyimi bilan shug‘ullanish, ularni doimo toza tutish, kiyimlarni boshqalar bilan almashtirmaslik;

  • darslar va mashg‘ulotlardan keyin imkoniyat darajasida tо‘la yuvinish, hech bо‘lmaganda qо‘l, yuz, bо‘yin va oyoqlarni yuvish lozim bо‘ladi;

  • darslar va mashg‘ulotlarda kiyadigan kiyimlar toza bо‘lish bilan bir qatorda о‘ziga loyiq, yarashiqlik, ortiqcha bezaklar, nishonlar bilan ularni tо‘ldirmaslik;

  • tanada biron illat yoki lat yeyish natijasida jarohatlar paydo bо‘lganda tezda tibbiy xodimlarga kо‘rsatish;

  • sport kiyimlarini uy yoki maktab sharoitidagi ba’zi yumushlar, supurib-tozalashlarda kiymaslik va b.

Talabalar va о‘quvchi-yoshlar yuqorida keltirilgan tartib va qoidalarni bilish bilan birgalikda, ularni bо‘lajak mehnat faoliyatlarida tо‘la qо‘llashlari lozim bо‘ladi.

Insonlarning kundalik turmush sharoitidagi gigiyenik omillardan eng muhim tomonlaridan yana bir xususiyatli joyi shundaki, ovqatlanish, dam olish va uyqu tartibidir. Tibbiy xodimlarning tavsiyasi bо‘yicha ovqatlanish tartiblari doimiy ravishda, ma’lum belgilangan vaqtlarda /ertalab, tushki, kechki va hakozo/ uning mazmunida tegishli ozuqalar, vita-minlar va boshqa ozuqalar bо‘lishi, sarf qilingan quvvatni /energiya/ qoplashi zarur. Ayniqsa bolalarning ovqatlari hilma-hil, meva-sabzavotli hamda hazm qilishga oson bо‘lgan ozuqalar kiritilishi shartdi.

Dam olish tartibi deganda mehnat jarayonlarida har ikki-uch soatdan keyin, kamida 10-15 daqiqa hordiq chiqarish, bunda boshqa ishlar /о‘yin, mashq, suhbat va hakozo/ bilan band bо‘lish lozim. Ishdan keyingi paytlarda uy sharotlari yoki qо‘ni-qо‘shni, yaqin о‘rtoqlar bilan yaxshi suhbatlar о‘tkazish, telekо‘rsatuvlarni tomosha qilish, gazeta-jurnal, kitoblar о‘qish, sevimli mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishni tavsiya etiladi. Dam olish kunlari esa teatr, sirk, stadionlarga borib oilaviy tomosha qilish, kо‘ngil ochishning yaxshi omili bо‘ladi va ular ertangi kunga muhim zamin yaratadi.

Uyqu tartibi insonlar uchun extiyojli jarayondir. Bolalar 8-10 soat, katta yoshdagilar 8 soat davomida uxlab dam olishlari zarur. Imkoniyati va sharoiti tо‘g‘ri kelgan kishilar, ayniqsa bolalar peshindan keyin 1-1,5 soat uxlashlari kerak.

Uyqu davomida bosh miya va boshqa kо‘pgina ichki va tashqi a’zolar dam oladi. Natijada kuch-quvvat yig‘iladi. Kuch-quvvatga ega bо‘lgan kishilarni sog‘lom, deb atashadi. Sog‘lom kishilar esa mehnatkash, ish qobiliyatlari kuchli, samarali mehnat qiladi. Demak, bо‘lajak mutaxassislar gigiyenik omillarning muhim qismi bо‘lgan ovqatlanish, dam olish va uyqu tartiblarini bilish bilan bir qatorda, ularga doimo amal qilishlari zarurdir.

Umuman olganda insoniyat salomatligi olamida tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari va gigiyenik omillar eng muhim tarbiyaviy jarayonlardan biridir. Shu sababdan faqat tibbiyot xodimlarigina emas, balki barcha jamoatchilik bu faoliyatlarda doimo ishtirok etishlari zarur.

Bu bilan bolalar salomatligini yaxshilash, katta yoshdagilarning turmush madaniyatini yuksaltirish, sog‘lom turmush tarzini qurishga hissa qо‘shgan bо‘ladi.

Suv, havo va quyosh issiqlik quvvatlaridan maqsadli foydalanish, bunda sog‘lomlashtirishga, jismonan chiniqtirishga yо‘llovchi tadbir hamda omillardan keng foydalanishga odatlanish maqsadga muvofiqdir.

Xulosa qilganda, talaba yoshlar barcha darslar, ishlab chiqarish о‘quv amaliyotlari va sport tadbirlarini tashkil qilishda tabiatning sog‘lomlashtiruvchi omillari hamda gigiyenik qoidalarni chuqur о‘rganish lozimdir.

Yuqorida qayd etilgan tadbirlar, tartib-qoidalar va tavsiyalar salomatlik garovi ekanligini har bir mutaxassis ongli ravishda tushungan holda ularni amalga oshirishda yordamlashishlari kerak.




Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish