Oʻzbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana14.04.2022
Hajmi0,74 Mb.
#550524
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-макола

 
Tadqiqotning maqsadi.
Jismoniy mashqlar bilan bog'liq jarohatlarning oldini olish va mushaklarning 
egiluvchanligi va kuchini rivojlantirishda statik cho'zish mashqlarini samaradorligini tizimli ko'rib chiqish. 
Tadqiqotning vazifalari. 
Muammo yuzasidan adabiyotlarni tahlil qilish va xulosalar berish.
 
Tadqiqot uslublari. 
Jismoniy mashqlar bilan bog'liq jarohatlarning oldini olish uchun qizishning bir 
qismi sifatida statik cho'zish samaradorligini baholash uchun adabiyotlarni tizimli ko'rib chiqish amalga 
oshirildi. Kompyuter yordamida MEDLINE, SPORT Discus, PubMed, ScienceDirect, Elibrary, Google 
scholar va boshqa ko’plab ma'lumotlar bazalaridan foydalangan holda statik cho'zish va uning 
jarohatlarning oldini olish, mushaklarning egiluvchanligi va kuchini rivojlantirish bilan bog'liq bo'lgan 
1990 yildan keyingi va 2020 yilgacha bo'lgan maqolalarni va adabiyotlar izlash. 
Natijalar tahlili va xulosalari.
Egiluvchanlik insonga zarur bo'lgan jismoniy fazilatlardan biri va 
shuning uchun egiluvchanlik mashqlari ko'p yillar davomida jismoniy mashqlar muhitida ishonchli 
yetakchi o'rinni egallab keldi (V.M.Bogdanov, L.P.Bogdanova 2004). 
Egiluvchanlik mushak-skelet tizimining harakatchanligi bilan tavsiflanadi va katta amplitudali 
harakatlarning bajarilishiga yordam beradi. Bu jismoniy sifat bolalikdan va muntazam ravishda rivojlanishi 
kerak (MoskalenkoE.A., XodkinaV.V. (2014). 
Ma'lumki, kun davomida egiluvchanlik o'zgarishi mumkin: to'liq bo'shashish bilan tayanch-harakat 
tizimining harakatchanligi oshadi va psixo-emotsional zo’riqishning kuchayishi bilan, aksincha, pasayadi 
(Smirnova N.I. va boshq. 2009). 
Haddan tashqari kuchlanish qon bosimini oshirishi va qon aylanishini buzishi mumkin (Alter M.Dj. 
2001). Egiluvchanlik mashqlarini noto'g'ri bajarish turli kasalliklarga olib keladi (Novichixina Ye.V. va 
boshq. 2016). 


34 
Adabiyotlarda cho’zish mashqlaridan qachondan boshlab foydalanila boshlangani haqida ma’lumotlar 
yo’q. Taxminlarga ko'ra, hatto qadimgi Yunonistonda ham cho'zishning ma'lum bir shakllari ishlatilgan, 
buning natijasida ular turli xil mashqlarni osongina bajarishgan (Alter M.Dj. 2001). 
Shuningdek, tarixiy an'analarga ko'ra, cho'zish mashqlaridan ming yillar davomida, asosan jangchilar 
tomonidan jangdan oldin foydalanilgan (Behm, 2018).
Biz o’sha davrlarda foydalanilgan cho'zish texnikasi haqida bilmaymiz; ammo, bugungi kunda to'rtta 
asosiy cho'zish texnikasi (ya'ni, statik, dinamik, ballistik, proprioseptiv nerv-mushaklarni bo’shashtirish) 
atletika, fitnes va reabilitatsiya sharoitida qo'llaniladi. Hususan, statik cho'zish - ma'lum vaqt davomida tana 
holatini ushlab turish orqali mushak yoki mushaklar guruhining cho'zilishi. Statik cho'zish jarayoni 
mushaklar bo'shashgan paytdan boshlanadi va asta-sekin bajariladi, asosiy yuk mushaklarga yo'naltiriladi 
va tendonlar hamda bo'g'imlarga yengil ta'sir qiladi (Anderson B. 2017). 
Egiluvchanlik epidemiologik tadqiqotlar tomonidan shikastlanish bilan bog'liq bo'lgan asosiy etiologik 
omillardan biri, aniqrog'i mushak jarohatlari (Cross and Worrell 1999), eng ko’p uchraydigan sport jarohati 
(Weldon and Hill 2003) sifatida qayd etilgan.
Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, jismoniy faollik yoki sportga xos harakatlar uchun zarur bo'lganidan ortiq 
egiluvchanlikni va harakat amplitudasini oshiradigan cho'zish foydali bo'lmasligi va aslida shikastlanishga 
olib kelishi mumkin (Ingraham 2003). 
Merfi (1991) mashq qilishdan oldin qizish asosan tana haroratini oshirish uchun amalga oshiriladi, bu 
mushaklarning egiluvchanligini oshirishi va shu sababli jarohatlar xavfini kamaytirishi mumkin deb yozadi. 
Statik cho'zish passiv usul bo'lib, mushaklarni qizitmaydi va shuning uchun jarohatlarning oldini olishga 
yordam bermaydi. 
Jahon urushlaridan 1990-yillarga qadar tarqalgan umumiy qarashlarga ko’ra, statik cho’zish 
egiluvchanlikni va sport ko'rsatkichlarini yaxshilashni ta'minlagan (Behm, 2018). Biroq, 1990-yillarning 
oxiridan 2000-yillarning boshigacha tadqiqotchilar statik cho’zishdan keyingi kuch va quvvat bilan bog'liq 
faoliyatga potentsial zararli ta'sirini muhokama qila boshladilar (Behm va boshq., 2001; Cornwell va 
boshq., 2002; Shrier, 2004a; Wallmann va boshq., 2005; Young va boshq., 2006; Cramer va boshq., 2007; 
Kay and Blazevich, 2008; Mchugh and Nesse, 2008; Behm, 2018; Opplert and Babault, 2018). Natijada, 
kuch va quvvat bilan bog'liq mashqlarni bajarishdan oldin uzoq muddatli statik cho’zishni bajarishdan 
qochish (Magnusson va Renström, 2006; Garber va boshq., 2011; Simic va boshq., 2013) va buning o'rniga 
dinamik cho'zish mashqlarini afzal ko'rish tavsiya etilgan. (Bem, 2018). Yaqinda statik cho’zish mashqlari 
bo'yicha yangi tadqiqotlar uni mashq qilishdan oldin bajarmaslik kerak degan fikrga qarshi chiqdi (Behm 
va boshq., 2016). Aslida, ikkita keng qamrovli tizimli tekshiruv natijalari shuni ko'rsatdiki, qisqa muddatli 
o'tkir statik mashqlar (≤60 s) uzoq muddatli statik mashqlar (>60 s) dan farqli o'laroq, kuch va quvvat 
o'lchovlariga ahamiyatsiz salbiy ta'sir ko'rsatadi (Kay and Blazevich, 2012; Behm et al., 2016). Shuningdek 
so'ngi o’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, to'liq qizish tarkibiga kiritilganda qisqa muddatli statik 
cho’zishdan keyingi kuch va quvvat ko'rsatkichlariga putur yetkazmaydi (Blazevich va boshq., 2018; Reid 
va boshq., 2018). 
Cho'zish va jarohatlarning oldini olish o'rtasidagi bog'liqlik jiddiy ravishda o'rganildi va bir nechta 
tizimli tekshiruvlar o'tkazildi, umumiy baholashlar cho'zish jarohatlarning oldini olishga ijobiy ta'sir 
etmasligini ko'rsatdi (Herbert va Gabriel 2002; Shrier 1999; Thacker va boshq. 2004; Weldon va Hill 2003). 
Biroq, bu tadqiqotlar asosan umumiy cho'zishga qaratilgan. Alohida usullarni ajratib ko'rsatmasdan va 
ko'rib chiqmasdan, qaysi turdagi cho'zish jarohatlarning oldini olishga yordam berishi mumkinligini aniq 
bilish qiyin.
Bixler va Jones (1992) va Cross and Worrell (1999) ning tadqiqotlari shuni ko'rsatdiki, statik cho'zish 
aslida cho'zilish va kuchlanish turidagi jarohatlar xavfini kamaytirishda foydalidir. 
Statik cho'zish shikastlanishning oldini olish vositasi sifatida sportchilarda katta qiziqish uyg'otadi. Bu 
jarohatlarning yuqori darajasi, ayniqsa futbol, regbi, Avstraliya futboli va yugurish bilan bog'liq boshqa 
sport turlarida keng tarqalgan (Orchard 2001). 


35 
Statik cho'zilish va uning shikastlanishning oldini olishga ta'siri bo'yicha 1990-2020 yillar oralig’ida 
nashr etilgan adabiyotlarni tahlili shuni ko’rsatadiki sportchilar yoki murabbiylar uchun jarohatlarning 
oldini olish uchun mashqlar oldidan qizishning bir qismi sifatida statik cho'zish dasturidan foydalanish 
samarali bo’lishi mumkin (Small, K., Mc Naughton, L., Matthews, M. 2008).
Statik cho'zishni muntazam ravishda qo'llash bajarilgan ishlar asosida umumiy jarohatlar darajasini 
kamaytirmasligi haqida birnechta tadqiqotlar mavjud. Shuningdek yana ayrimlari esa statik cho'zish 
mushaklarning shikastlanishining oldini olishga ijobiy ta'sir ko'rsatishi mumkinligi haqida ham dalillar 
mavjud.
Qo'shimcha yuqori sifatli tasodifiy klinik tadqiqotlar va nazorat ostidagi klinik sinovlar, ideal tarzda 
sport sharoitida va mushaklarning shikastlanish xavfiga ta'sirini o'rganish, masalani qo'shimcha tekshirish 
uchun talab qilinadi. O'sha vaqtga qadar, mashqdan oldingi qizishning bir qismi sifatida statik cho'zish 
mashqlaridan foydalanish kerakligi yoki yo'qligi haqidagi munozaralar haliham hal qilinmagan va statik 
cho'zish mashqlarining shug’ullanishga potentsial zararli ta'siri bilan bog'liq boshqa omillar bilan birga 
shug’ullanuvchilar yoki murabbiyning mahoratlari bilan belgilanishi mumkin. 

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish