Lesgaft
Pyotr Fransevich
(1837-1909) pedagog, olim va Rossiyadagi
jismoniy tarbiyaning eng faol ijodkori, jismoniy tarbiya ilmiy sistemasining
asoschisidir. U o‘zining ilmiy asarlarida jismoniy tarbiya jarayonining
hamma tomonlarini aks ettirgan. 1861-yilda meditsina-xirurgiya
akademiyasini tamomlagan va shu akademiyaning o‘zida anatomiya
o‘qituvchisi bo‘lib ishlay boshlagan.
46
P.F.Lesgaft 1865-yillarda birin-ketin ikkita dissertatsiya yoqladi
hamda meditsina doktori va xirurgiya doktori degan ilmiy darajalarni olgan.
Lesgaft dissertatsiyalar tayyorlayotgan vaqtidayoq antropologiyani odam
haqidagi fan sifatida keng ma’noda tushundi va uni o‘rganishga kirishgan
edi. Huddi shu vaqtning o‘zida u odam organizmining taraqqiy etish
nazariyasi asoslari ustida ham ishlay boshlagan.
Lesgaft mashqlarni butun organizmni va uning ayrim qismlarini
taraqqiy ettiruvchi yagona vosita deb bilgan. Gavdaning barcha a’zolarini
uyg‘un ravishda mashq qildirilganda, organizm juda yaxshi taraqqiy etadi.
Bu narsa Lesgaftni, jismoniy tarbiyaning ilmiy ravishda asoslangan tizimini
yaratish zarur, degan fikrga olib keldi. U bu ishga ikkinchi dissertatsiyasini
yoqlaganidan so‘ng bir necha yil o‘tgach kirishgan edi.
1874-yilda Lesgaft o‘zining gimnastika masalalariga doir birinchi
maqolasini chop ettirdi. Maqolada gimnastikaning asoslari haqida, asosan,
uning organizmga ta’siri to‘g‘risida gap borar edi. So‘ngra Lesgaft harbiy
vazirlikning topshirig‘i bilan bir yil mobaynida yеvropaning turli
mamlakatlarida bo‘ldi. Bundan maqsad o‘sha mamlakatlarda jismoniy
tarbiyaning qanday yo‘lga qo‘yilganligi bilan tanishish edi.
P.F.Lesgaft 1876-yilda o‘zining «Anatomiyaning jismoniy tarbiyaga
munosabati va maktabda jismoniy ta’limning asosiy vazifasi» degan asarini
nashrdan chiqardi. Endilikda bu asarda jismoniy tarbiyaning vazifalari
anchagina kengroq bayon qilingan edi. U jismoniy tarbiyaning bilim
sifatidagi xarakterini ta’kidlab o‘tishga harakat qilib, uni jismoniy tarbiya
deb emas, balki jismoniy ta’lim deb atadi. Undan keyingi yillarda Lesgaft
«Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasiga doir qo‘llanma», «Nazariy
anatomiya asoslari», «Oila tarbiyasi» va boshqa asarlarini yozgan.
P.F.Lesgaftning butun hayoti va faoliyati chorizm reaksion kuchlari
bilan uzluksiz kurashdan, butun insoniyat manfaatlari yo‘lida fan tantanasi
uchun kurashishdan iborat bo‘lgan.
Lesgaft biologiya, antropologiya, pedagogika, anatomiya, tarix va
jismoniy tarbiya sohasida ish olib borgan. Shuningdek, u yana o‘z ilmiy
faoliyatini amaliyot bilan uzviy ravishda bog‘lab, o‘zining jismoniy
madaniyat nazariyasi va metodikasining asosiy tamoyillarini ishlab chiqqan.
P.F.Lesgaft ishlab chiqqan jismoniy ta’lim nazariyasining asosiy
yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
4
Aqliy ta’lim ham, jismoniy ta’lim ham odamni butun jamiyat baxt-
saodati uchun serunum mehnat qilishga tayyorlash imkonini berishi kerak.
4
Pyotr Fransevich Lesgaft. Tuzuvchilar:V.A.Taymazov, Yu.F.Kuramshin, A.T. Mar’yanovich.
SPb.: 2006.- 102 b.
47
Har qanday ta’limning asosiy maqsadi odamning shaxsiy manfaatini emas,
balki jamiyatga foyda keltirishni birinchi o‘ringa qo‘yishiga erishishdan
iborat bo‘lishi lozim. Odam butun umrida ijodkor bo‘lishi, yodaki
uslublardan foydalanmasligi darkor. Shunday qilingan taqdirdagina
odamning uzluksiz shaxsiy kamolotiga va butun jamiyat madaniyatining
taraqqiyotiga erishish mumkin.
Inson aqliy faoliyatida ham, jismoniy faoliyatida ham ijodiy faollikka
qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun vositalar ongli ravishda tanlangan
taqdirdagina erishish mumkin. Shuning uchun mashq qilish natijasida hosil
bo‘lgan narsalarni bir-biridan farq qila olishga odatlanishni, ularni o‘zaro
bir-biri bilan taqqoslay olish hamda ularga baho bera bilish, ya’ni tahlil qila
olishni jismoniy ta’limning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
Lesgaft ana shu nuqtai nazardan mashqlarni ko‘rsatib berishni emas, balki
ularni tushuntirib berishning o‘zi bilan cheklanishni tavsiya qilgan. Bu narsa
o‘quvchini bajargan harakatini ko‘r-ko‘rona takror qilib berishga emas,
balki uning haqida ongli tasavvur hosil qilishga, undan keyin esa o‘sha
harakatni takror bajarishga majbur etadi. Odam ongi uning har bir faoliyatini
oldindan bajarishi kerak.
Lesgaft kishining har taraflama kamol topishi deganda, odamning
aqliy va jismoniy kuchlarini bir-biriga qo‘shib, to‘g‘ri taraqqiy ettirishni,
ong yеtakchi rol o‘ynagan paytda kishi faoliyatida bu kuchlarning faol
ishtirok etishiga imkon beruvchi ulardagi uzviy bog‘liqlikni nazarda tutgan.
Har bir odam jismoniy kamolotining yosh, jinsiy va individual
xususiyatlarini hisobga olib, kuch sarflashdagi asta-sekinlik va izchillik
tamoyiliga rioya qilgan taqdirdagina har tomonlama jismoniy kamolotga
erishish mumkin.
Jismoniy ta’limning ilmiy jihatdan asoslab berilgan tizimi yordamida
ish tutgan taqdirdagina to‘g‘ri jismoniy o‘sishiga erishish mumkin.
Jismoniy ta’limning tajriba tizimi ko‘pchilik avlod tajribasida sinab
ko‘rilganidan keyingina to‘g‘ri tajriba deb tan olinishi mumkin. Jismoniy
ta’lim tizimining o‘zi esa har xil sharoitda va har xil shaklda qo‘llanuvchi,
ta’lim-tarbiyaviy vazifalariga qarab asta-sekin o‘zgaruvchi uncha ko‘p
bo‘lmagan harakatlar tizimidan tarkib topadi. Lesgaft yurish, yugurish,
sakrash, uloqtirish yoki irg‘itish, kurash, oddiy gimnastik mashqlar, o‘yinlar
va ekskursiyalarni ana shunday mashqlar
deb hisoblagan.
P.F.Lesgaft o‘zining jismoniy ta’lim tizimini yaratib, G‘arbiy yеvropa
mamlakatlari jismoniy tarbiya tizimini qattiq tanqid qildi. U bu gimnastika
tizimi mashqlari bola organizmining anatomik tuzilishiga mos emasligini
isbotlab berdi. Olim nemis va shved gimnastikasini tanqid qilgan bo‘lsa
48
ham, aksincha, gimnastika mashqlarini keng qo‘llagan holda jismoniy
ta’limning ilmiy jihatdan asoslab berilgan tizimini yaratish ustida ishlagan.
U olimlar va pedagoglarni ijodiy faol bo‘lishga, gimnastika va sportning
odat tusiga kirgan chet el tizimi rus yoshlari jismoniy ta’limiga kirib
kelishiga tanqidiy ko‘z bilan qaramaslikka qarshi kurashishga da’vat etgan
edi.
P.F.Lesgaft tizimining asosiy kamchiligi shundaki, u jismoniy
tarbiyani faqat biologik nuqtai nazardan tushuntirib bergan. Bundan
tashqari, u sport musobaqalari va bolalar uchun gimnastika snaryadlarida
bajariladigan mashqlarning foydali ekanligini inkor etgan, jismoniy
mashqlarga o‘rgatishda ko‘rgazmalik usulining ahamiyatini tushunmagan
edi. Shunga qaramasdan, Lesgaft asarlari hozirgi kunga qadar ilmiy-nazariy
ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |