Sport o‘yinlari tizimi.
Sport o‘yinlari tizimi gimnastika tizimi
qatorida jahondagi juda ko‘p mamlakatlarda tashkil topgan. Ularning tash-
kiliy va uslubiy shakllari o‘ziga xos tamoyillarda tarkib topdi. Uning asosida
musobaqalar uchun mo‘ljallangan va yaxshi natijalarga erishishni ko‘zda
tutgan mashqlar ifodalangan edi. Tizim turli mamlakat xalqlarining turmush
sharoitida uchraydigan xilma-xil mashqlar va o‘yinlarni o‘zida
mujassamlagan. Shimoliy mamlakatlarda chang‘ida va konkida uchish
musobaqalari o‘tkazilgan. Shahar va qishloqlarning aholisi orasida otda
yurish, qilichbozlik, golf o‘yini, kriket, kamon va to‘pponchadan o‘q otish,
turli xil ovlar keng rivojlangan.
Ko‘pgina davlatlarda o‘quv yurtlari - universitetlar maktablar,
kollejlar tashkil qilinib, ularda akademik sport va sport o‘yinlarini
rivojlantirishga e’tibor qaratilgan.
41
Do'stlaringiz bilan baham: |