Olimpiya madaniyatini shakllantirish usullari.
Yoshlarni sport
faoliyatiga nafaqat jalb qilish, balki ularni sportning insonparvar
g‘oyalarini, qadriyatlarini egallashga yo‘naltirish lozim. Har bir sportchi,
birinchi navbatda, o‘zida o‘z Vatani sharafini himoya qiladigan, halol
kurashadigan, qo‘pollik, ochko‘zlik, kuch ishlatish, yovuzlik, ya’ni shaxsni,
jamiyatni еmiruvchi hodisalarga qarshilik ko‘rsatadigan insonni tarbiyalashi
lozim. Bunday vazifa olimpiya madaniyati qadriyatlarini egallash yo‘li
orqali hal etiladi, olimpizm falsafasini g‘oyaviy asos sifatida o‘z ichiga
oladi. Uning zamirida chuqur tarixiy, ijtimoiy, falsafiy dunyoqarashlar
ifodalangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |