Nazorat savollari:
2.1. “O’zbekiston” sport jamiyati to’g’risida so’zlab bering.
2.2. “Dinamo” sport jamiyati qachon va qaysi vazirlik tizimida paydo bo’ldi?
2.3. “Talaba” sport jamiyati qaysi (sobiq) sport tashkilot tizimida paydo bo’lgan?
2.4. “Yoshlik" sport jamiyati to’g’risida ma’lumot bering.
Uchinchi savol bo’yicha darsning maqsadi: Sport turlari bo’yicha uyushmalarning jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishdagi faoliyatlari to’g’risida ma’lumot beradi.
Identiv o’quv maqsadlari:
3.1. Sport turlari bo’yicha uyushmalarning faoliyatini ko’rsatib bera oladi.
3.2. Sport turlari bo’yicha uyushmalarning jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishdagi faoliyatlarini yoritadi.
Uchinchi asosiy savolning bayoni:
Respublikada xalq milliy o’yinlari bo’yicha musobaqalar, festivallar o’tkazilishi, ilmiy tadqiqotlarning natijalari va eng muhimi milliy qadriyatlarni jahon miqyosiga chiqarishdagi sa’y-harakatlar milliy sport turlariga bo’lgan e’tiborni kuchaytiradi. Buning boisi shundaki, respublika viloyatlarining ko’pgina hududlarida milliy kurash ommalashib ketgan. Katta to’ylarda albatta kurash musobaqalari o’tkaziladi. Kurashda g’olib polvonlarga sovrin uchun ot, tuya, ho’kiz, gilam va boshqa qimmatbaho buyumlar, katta miqyosdagi pullar qo’yiladi. Bu jihatlar kurashchilarning moddiy mafaatlarinigina ko’zda tutmasdan, balki to’yga tashrif buyurgan mehmonlar, kurash ixlosmandlarini xursand qilish uchun qo’llaniladi. O’zbekistonning mustaqilligi yillarida kurash bo’yicha turli rasmiy musobaqalar, Xalqaro turnirlar, Prezident sovrini uchun birinchiliklar o’tkazish an’anaga aylandi. Bunday ulug’vor tadbirlar kurashning xalqaro sport maydonlariga dadil chiqishiga yo’l ochib berdi.
O’zbekiston Prezidentining farmoni, Vazirlar Mahkamasining kurashni rivojlantirishga doir qarori G’1998 yilG’ bu sohadagi faoliyatlarni keskin o’zgartirib yubordi. Natijada, 1999 yil mayda Toshkentda o’zbek kurashi bo’yicha birinchi jahon chempionati o’tkazildi. Bu tadbir respublika aholisini g’oyat quvontirdi. O’zbek kurashini 70 dan ortiq davlat tan oldi va ular o’zlarida Kurash federatsiyalari, Assotsiatsiyalarini tuzdilar. Shu sababli O’zbekistonda Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi tashkil etildi G’1998 yilG’. Natijada 2000 yil Antaliya G’TurkiyaG’ shahrida ikkinchi jahon chempionati o’tkazildi. 2001 yil Vengriyada III jahon chempionati bo’lib o’tdi.
O’zbek kurashini o’z yurtlarida rivojlantirish uchun O’zbekistondan polvonlar, mutaxassislar, murabbiylarni taklif qilishmokda. Bu, birinchi navbatda, Hindiston, Buyuk Britaniya va boshqa bir qator davlatlarda amalga oshirildi.
2000 yil oktyabrda Angliyada o’zbek kurashi bo’yicha «Islom Karimov» nomi bilan xalqaro turnir o’tkazildi. Bunda ilk bor 13-14 yoshli o’g’il va qiz bolalar ishtirok etdi. Shuningdek, mutlaq og’ir vaznda kurash musobaqalari qizg’in o’tkazildi.
E’tirof etish kerakki, o’zbek kurashi G’Buxorocha usulG’ va belbog’li kurash G’Farg’ona usuliG’ O’zbekiston Prezidenti va hukumatining diqqat-e’tibori va nazoratidadir. Chunki milliy qadriyatlarimizni jahonga tanitish, O’zbekiston bayrog’ini baland ko’tarish, madhiyasini chet mamlakatlarda baralla yangratishda o’zbek kurashining nufuzi va mohiyati tobora oshib bormoqda. Bu, o’z navbatida, mamlakatimizning jahon xalqlari orasidagi obro’sini oshirish, shon-shuhratini olamga yoyishning ustuvor yo’nalishlaridan biridir.
Nazorat savollari:
3.1. Xalqaro kurash assotsiatsiyasi qachon tashkil topgan?
3.2. Mamlakatimizda kurashni rivojlantirish borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
3.3. O’zbek kurashi bo’yicha “Islom Karimov” nomi bilan Xalqaro turnir qachon va qaerda o’tkazildi?
Do'stlaringiz bilan baham: |