Mashinasozlik texnologiyasi – mashina va mexanizmlarni yaratish jarayonida oʻzaro bogʻlanishlar va qonuniyatlarni oʻrganuvchi texnik fan sohasi hisoblanadi.
Texnologiya soʻzining lugʻaviy maʼnosiga toʻxtaladigan boʻlsak, u ikkita grekcha “techne” – mahorat va “logos” – fan soʻzlaridan kelib chiqib, mahorat, turli hil mahsulotlarni ishlab chiqarish usullari haqidagi fan degan maʼnoni tushunish mumkin. Mashinasozlik texnologiyasi – mashina detallarini ishlab chiqarish, ularni birikmalarga va tayyor holdagi mashinalarga yigʻish usullari haqidagi fandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |