O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI
“AVTOMOBIL YO‘LLARINI QIDIRUV VA LOYIHALASH” KAFEDRASI
“AVTOMOBIL YO‘LLARINI LOYIHALASH”
fanidan
KURS ISHI
Bajardi: DANABOYEV ELYOR
Tekshiruvchi: __________________________ Baho: ________
Tekshiruvchi: __________________________ Baho: ________
Kurs loyihasi rahbari: _______________________ Baho: ________
Toshkent-2022
Mundarija
1. Kirish.
2. Yo‘l loyihalanayotgan viloyatning iqlimi.
3. Yo‘l toifasini aniqlash.
4. Berilgan yo‘l toifasi uchun texnik me’yorlar.
5. Yo‘l to‘shamasi konstruksiyasini loyihalash (CREDO-Radon 4.1. dasturida).
6. Xulosa.
7. Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Kirish
Avtomobil yo‘li-avtomobil transporti qatnoviga mo‘ljallangan muhandislik inshooti. Iqtisodiyotning rivojlanishi va taraqqiy etishi avvalom bor avtomobil yo‘llari tarmog‘ining holatiga bog‘liqdir. Respublikamiz bo‘yicha tashilayotgan yuklarning asosiy qismini transport vositalari orqali o‘z manzillariga yetkazilishi, iqtisodiyotning rivojlanishida avtomobil yo‘llarining xalq xo‘jaligida tutgan ahamiyatini belgilab beradi.
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari maxsus vakolatli organ – Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tasarrufida, ichki xo‘jalik yo‘llari – mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida, idoraviy yo‘llar yuridik va jismoniy shaxslar tasarrufida bo‘ladi.
Bugungi kunda Farg’oma viloyatining jami 4031km avtomobil yo‘llari mavjud bo‘lib, shundan:
Xalqaro ahamiyatga molik yo’l – 202 km;
Davlat ahamiyatiga molik yo’l – 873 km;
Mahalliy ahamiyatga molik yo’l – 2956 km.
Farg'ona viloyati Avtomobil yo'llari xududiy boshqarmasining funksional vazifalari
viloyat xududida avtomobil yo'llari soxasida Muassisning yagona texnik siyosatini olib borish;
viloyat avtomobil yo'llarini rivojlantirish davlat dasto'rlari loyixalarini ishlab chikish va Muassisga kiritish xamda tasdiklangan davlat dasto'rlarini amalga oshirish;
viloyat avtomobil yo'llari tarmokdarini rivojlantirish va takomillashtirish istikbollarini belgilash yuzasidan Muassisga takliflar kiritish;
viloyat hududidan utadigan avtomobil yo'llarining xalkaro tranzit iulaklarini shakllantirish va rivojlantirish buyicha takliflar ishlab chikish va Muassisga kiritish;
zamonavii transport okimi sharoitlarida avtomobil yo'llaridan foidalanuvchilarning manfaatlarini xisobga olib, avtomobil yo'llaridan foidalanish masalalarini kompleks xal etilishini ta'minlash;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini saklash, joriy ta'mirlash tabiiy ofat okibatlarini oldini olish va bartaraf etish xamda jixozlash (texnika, mashina-mexanizmlar, texnologik uskunalarni xarid kilish) ishlari buiicha buyurtmachilik vazifasini amalga oshirish xamda sifati ustidan nazoratni olib borish;
xujaliklararo kishlok avtomobil yo'llarining, shaxarlar, shaxar poselkalari, kishloklar va ovullar kuchalarini loyixalashtirish, ko'rish, rekonstruktsiya kilish va ta'mirlash ishlarini muvofiklashtirish;
ilmiy-tadkikot ishlarini tashkil etish, avtomobil yo'llarini loiixalashtirish, ko'rish, rekonstruktsiya kilish, ta'mirlash va saklash soxasida innovatsion texnologiyalar va zamonaviy standartlarni joriy etish;
avtomobil yo'llari soxasida kadrlarni tayyorlash, kayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, ukuv-amaliyot ko'rslari va seminarlar tashkil etish.
2. Yo‘l loyihalanayotgan viloyatning iqlimi.
Iqlimi kontinental. Qishi birmuncha yumshoq, ba'zan havo juda sovib ketadi. Yanvar oyining oʻrtacha harorati -3,2 °C, iyulniki 28 °C. Eng past harorat -27,9 ºC. Eng yuqori harorat 42 °C. Vodiyning g'arbida esadigan kuchli,,Qo'qon shamoli iqlimga salbiy ta'sir etadi. Shamolning tezligi sekundiga ba'zan 35-40 m ga yetadi. Janubi-sharqida yozda garmsel esadi, Yiliga g'arbida 100 mm dan (Qo'qon atrofi) sharqiy qismida 170 mm gacha, tog' yon bagʻirlarida 270 mm gacha yogʻin tushadi, asosan, bahorda yog'adi. Vegetatsiya davri 210 240 kun. Viloyatning shim.g'arbiy chegarasi bo'ylab Sirdaryo oqadi. Olay tizmasidan Isfara, So'x, Shohimardon, Isfayramsoy boshlanadi. Daryolar muzlikqor suvlaridan to'yinadi. Iyul avgustda to'lib oqadi. Daryo suvlari sug'orishga sarflanadi. Asosan, bo'z tuproq va oʻtloqi botqoq tuproklar keng tarqalgan. Adirlarda aksari och va tipik bo'z tuproqlar, Sirdaryo terrasalarida allyuvialo'tloqi tuproqlar, viloyatning shimoliy qismida sho'rxok oʻtloqlar va ajriqli oʻtloqlar mavjud. Markaziy Farg'onadagi sho'rxoklarda turli xil sho'ra o'sadi. Yerlarining kattagina qismi ekinzor. Vohalarda terak, tut, qayrag'och, daryo vodiylarida keng Dargli o'rmonlar va archazorlar bor. Yovvoyi hayvonlardan Sirdaryo to'qayzorlarida qobon, adir va Olay tizmasi tog' oldilarida bo'ri, tulki, chiyabo'ri, quyon, bo'rsiq, jayra yashaydi. Ondatra, utriya iklimlashtirilgan. Qushlar, sudraluvchilar ko'p. Suv havzalarida marinka, usach, zog'ora baliq, karp, oq amur, do'ngpeshona baliqlar bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |