O’zbekiston Respublikasi Toshkent
Shahridagi Muhammad Al-Xorazmiy
nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari
Universiteti Farg
’ona filiali
Fan.
Kompyuterni tashkil
etilishi
Bajardi: Boliboyev Ramzbek
Tekshirdi: Burxonova Malohat
Tizimli blok ichida quyidagi qurilmalar joylashgan bo’ladi:
1)
Bosh plata
(Ona plata, materinskaya plata) - asosiy elektron sxema bo’lib, unga
tashqi qurilmalar kontrollerlari shina orqali ulanadi, unga mikroprosessor, BIOS,
CMOS, operativ xotira kabi elementlar biriktiriladi va tashqi qurilmalar
kontrollerlari o’rnatiladi. Qurilmalar orasida “ko’prik” cvazifasini bajaradi.
2)
Mikroprosessor
arifmetik-logik qurilma bo’lib, kompyuterning “yuragi”
hisoblanadi. Mikroprosessor sekundiga millionlab har xil amallarni bajaradi. IBM
PC
kompyuterlarida INTEL, AMD, CYRIX, IBM va boshqa firmalarning
mikroprosessorlari ishlatiladi.
Mikroprotsessor (MP), boshqachasiga central processing unit
(CPU)-dasturli boshqariladigan,
axborotni qayta ishlaydigan
funkcional tugallangan qurilma bo’lib, u bitta yoki bir nechta katta
(KIS) yoki juda katta (JKIS) integral sxemalar ko’rinishda
tayyorlangan. Mikroprotsessor quyidagi vazifalarni bajaradi:
•asosiy xotiradan (AX) buyruqlarni o’qish va deshifrlash (ochis
h);
• ma’lumotlarni AX dan va tashqi qurilmalar (TK) adapterlarining
registrlaridan o’qish;
• so’rovlarni va buyruqlarni adapterlardan TK, larga xizmat
ko’rsatish uchun qabul qilish va qayta ishlash;
• ma’lumotlarni qayta ishlash hamda ularni AX ga va TK,
adapterlarining registrlariga yozish;
• SHK ning barcha boshqa uzellari va bloklari uchun boshqaruvchi
signallarni ishlab chiqish.
3)
Qattiq disk (Vinchester)
tashqi
xotira hisoblanib, kompyuterda asosiy axborot
saqlovchi qurilmadir. Zamonaviy kompyuterlarda 20 Gb dan 1Tb gacha bo’lgan
qattiq disklar qo’llanilmoqda.
4)
Operativ xotira (Tezkor xotira)
– mikroprosessor ish tezligini oshirish uchun
ishlatiladi, ya'ni asosiy axborotlar o’qish va yozishda shu xotirada joylashadi.
Opreativ xotirada axborot faqat kompyuter yoqilgan holda saqlanadi,
o’chirilganda tezkor xotira tozalanadi. Operativ xotiraning 1, 4, 8, 16, 32, 64, 128,
256, 512 Mb, 1Gb, 2Gb li turlari mavjud. Zamonaviy
kompyuterlarda operativ
xotira sig’imi 64 Mb dan kam bo’lmaydi.
Kompakt disk diskovodlari yoki (CD–ROM- Compakt Disk-Read Only
Memory)
- diametri 4,7 dyum va qalinligi 0,6 dyum bo’lgan kompakt lazer
disklarga yozilgan ma’lumotlarni o’qib, kompyuterga kirituvchi qurilmalardir.
Keyingi paytlarda bunday diskovodlarga bo’lgan talab oshib bormoqda. Chunki,
ko’pgina amaliy dasturlar (
OC Novell; Windows NT; Borland C ++ kompilyatori;
Coler Draw grafik paketi
) kompakt disklarga yozilgan holda sotilmoqda.
Bundan
tashqari bunday diskovodlar musiqa eshitish, videoroliklarni va maxsus
multimedia-filmlarni tamosha qilish imkonini beradi. Bunga kompakt disklarning
quyidagi
qulayliklari
sabab
bo’ldi:
-ma’lumotlar juda ishonchli holda saqlanadi;
-bitta kompakt diskga juda katta hajmdagi (700 Mb gacha) ma’lumotlarni
sig’dirish mumkin;
-diskovodagi ma’lumotlarni o’qib, kompyuterga kiritish tezligi ancha yuqori (500
Kb/sek.
gacha).
Hozirgi
paytda Acer, Astech, Cold Star, Toshiba, Verbatim, Agfa, Canon, Epson,
Fijitsu, HP, Microtek, Primax, Visionner, LG, Sony, Samsung,
Panasonic va
boshqa firmalar tamonidan bunday diskovodlarning sig’imlari 650Mb va 700Mb
bo’lgan
ikki
turi
ishlab
chiqilmoqda:
-kompakt-diskdagi ma’lumotlarni o’qishga mo’ljallangan (CD-Read yoki CD-R)
diskovodlar;
-kompakt-diskdagi ma’lumotlarni o’qishga hamda shunday disklarga yozishga
mo’ljallangan (CD-ReWriter yoki CD-RW) diskovodlar.
Bunday diskovodlar maxsus
DVD (Digital Video Discs – raqamli videodisk)
disklaridagi ma’lumotlarni o’quvchi diskovodlardir. Ular DVD disklarida yozilgan
videoroliklarni, videofilmlarni ham kompyuterda tamosha qilish imkonini beradi.
CHunki ishlab chiqarilayotgan DVD disklarining sig’imi 17 Gb gacha boradi. Bu
esa bir yoki ikki seriyali to’lametrajli badiiy filmni yozish uchun etarlidir (bir
seriyali film o’rtacha 4,7Gb joy egallaydi).Hozirgi paytda ishlab chiqilayotgan
DVD disklari quyidagi turlarga bo’linadi. Sig’imlari bo’yicha:
-bir tomonli va bir qatlamli (DVD5 disklari, sig’imlari 4,7 Gb);
-bir tomonli va ikki qatlamli (DVD9 disklari, sig’imlari 8,5 Gb);
-ikki tomonli va bir qatlamli (DVD10 disklari, sig’imlari 9,4 Gb);
-ikki tomonli va ikki qatlamli (DVD18 disklari, sig’imlari 17 Gb);