O’zbekiston respublikasi toshkent arxitektura qurilish – instituti



Download 404,74 Kb.
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi404,74 Kb.
#235828
  1   2
Bog'liq
Kurs ishi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH – INSTITUTI


KURS ISH

Mavzu: O’zbekiston Respublikasi budjet - soliq siyosati

Bajardi: Rahimjonov Mahmudjon

Tekshirdi: Inagamova Nargiza

KIRISH


I BOB O’zbekiston Respublikasi budjet - soliq siyosati mazmuni va uni vazifalari

1.1 Davlat byudjet-soliq siyosatining usullari va o`ziga xos xususiyatlari

1.2 Davlatning byudjet siyosati va uning tahlili

1.3 O'zbekiston soliq siyosatining mazmuni, strategiyasi va taktikasi



II BOB O‘zbekiston Respublikasida budjet – soliq siyosati yuritilishining amalyoti

2.1 Soliq siyosatini tartibga solish amaliyoti

2.2 Budjet xarajatlari tarkibi va miqdorining o‘zgarishining budjetsoliq siyosatiga ta’siri tahlili.

XULOSA
ADABIYOTLAR RO`YHATI

KIRISH

Moliyaviy munosadatlarni boshqarishning barcha tizimi davlatning moliyaviy siyosatiga asoslanadi. Shuning uchun ham moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element hisoblanadi. Moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar sohasidagi mustaqil faoliyatidir. Bu faoliyat davlatning u yoki bu iqtisodiy va sotsial rivojlanish dasturini amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy resurslar bilan ta`minlashga qaratilgan. Iqtisodiyotning erkinlashuvi, bozor mexanizmini real holatda harakatlanishi ko`p jihatdan shu davlatda budjet-soliq siyosatining qay daraja ekanligiga bog`liq. Bu esa o`z navbatida budjet-soliq mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan davlat siyosatini dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Davlatning budjet siyosatini asosiy belgisi budjet mablag`laridan samarali foydalanish orqali mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishish bo`lsa, soliq siyosatining asosiy belgisi bo`lib soliq yukining iste`molchilar bilan ishlab chiqaruvchilar o`rtasida optimal nisbatini belgilashdir. Byudjetning barqarorligi mamlakat iqtisodiyoti va eng avvalo, uning ijtimoiy sohasi holatini xarakterlaydigan eng muhim ko’rsatkichlardan biridir. Darhaqiqat, mamlakat milliy xo’jaligini moliyaviy jihatdan tartibga solish, davlat byudjeti daromadlarini rejalashtirish va byudjetdan moliyalashtirish jarayonlari davomida amalga oshiriladi. Rejalashtirish jarayonining o’zidayoq Davlat byudjeti xarajatlarining umumiy hajmi gorizontaliga, ya`ni tarmoq, vazirlik va maqsadli kesimlarda va vertikaliga, ya`ni boshqaruvning turli darajalariga muvofiq ravishda taqsimlanib, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarning sodir bo’lishi uchun tegishli sharoit yaratiladi. Byudjetdan moliyalashtirish jarayonida esa davlat o’zining ixtiyoriga kelib tushayotgan pul mablag’larini rejalashtirilgan tadbirlar doirasida va undan tashqarida keng manyovr qilish imkoniga ega bo’ladi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni ta`minlash, iqtisodiyot sektorlarining investitsiyaviy jozibadorligi va faolligini oshirish bo`yicha chora-tadbirlarni izchillik bilan amalga oshirilishi makroiqtisodiy ko`rsatkichlar yuqori sur`atlarda o`sishiga va aholi farovonligi oshishiga erishishda qo`shimcha turtki bo`ldi. Buning natijasida qator yillar mobaynida Davlat byudjeti profitsit bilan ijro etib kelinmoqda, shu jumladan iqtisodiyotga soliq yuki izchil kamayib borayotgan bir sharoitda uning daromad qismi bajarilishi ta`minlanmoqda, shuningdek, uning xarajat qismini ijtimoiy yo`naltirilganligi saqlab qolinmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizni, avvalo, iqtisodiyotimizni isloh etish, erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan, har tomonlama asosli va chuqur o`ylangan holda amalga oshirilayotgan davlat moliya siyosati orqali iqtisodiyotimizni inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy ta`siridan himoya qilish yaxshi natijalar bermoqda.



  1. Davlat byudjet-soliq siyosatining usullari va o`ziga xos xususiyatlari

Davlatning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyotni barqarorlashtirish hisoblanadi. Bunday barqarorlashtirishga monetar siyosat bilan birga byudjet-soliq siyosati orqali ham erishiladi. Byudjet-soliq siyosati deganda noinflyatsion YAIM ishlab chiqarish sharoitida iqtisodiyotda to`liq bandlilikni, to`lov balansining muvozanatini va iqtisodiy o`sishni ta`minlashga qaratilgan davlat xarajatlari va soliqlarini o`zgartirishni o`z ichiga olgan chora tadbirlar tushuniladi. Iqtisodiyot turg`unlik yoki pasayish davrida bo`lgan vaziyatlarda davlat tomonidan rag`batlantuvchi byudjet-soliq siyosat - fiskal ekspansiya olib boriladi. Ya`ni, davlat qisqa muddatda iqsodiyotning pasayishi muammosini davlat xarajatlarini oshirish yoki soliqlarni kamaytirish, yohud ikkalasini bir vaqtning o`zida olib borish evaziga hal etadi. Uzoq muddatda davlat xarajatlarining yuqori bo`lishi va soliqlarni kamaytirish ishlab chiqarish omillarining o`sishiga va natijada, iqtisodiy salohiyatning ko`tarilishiga olib kelishi mumkin. Ammo, bunga Markaziy bank tomonidan olib boriladigan pul-kredit siyosatidan samarali foydalanish va davlat xarajatlari tarkibini maqbul holatga olib kelish orqaligina erishish mumkin. Iqtisodiyotda to`liq bandlik va ortiqcha talab natijasida inflyatsiya kelib chiqishi mumkin bo`lgan vaziyatlarda cheklovchi byudjet-soliq siyosat- fiskal restriktsiya olib boriladi. Cheklovchi byudjet-soliq siyosat davlat xarajatlarini (G) kamaytirish yoki soliqlarni (T) oshirish yoki bo`lmasa ikkala tadbirni bir vaqtda olib borish orqali iqtisodiyotning davriy o`sishini chegaralashdan iborat. Qisqa muddatli davrlarda ushbu tadbirlar talab inflyatsiyasini kamaytiradi. Uzoq muddatli davrlarda esa yuqori soliqlar iqtisodiyotda stagnatsiyaga olib kelishi mumkin. Bu esa mamlakatning iqtisodiy salohiyatini izdan chiqaradi. Bunga davlat xarajatlaridan samarasiz foydalanish qo`shimcha turtki bo`lishi mumkin. Agar davlat xarajatlari va avtonom soliqlar bir xil miqdorga ko`paysa muvozanatli ishlab chiqarish hajmi shu miqdorga teng yoki undan kamroq summaga ko`payadi. Buni balanslashgan byujet mul tiplikatori deb yuritiladi. Balanslashgan byujet mul tiplikatori birga teng yoki undan kichikroq bo`ladi. Davlat xarajatlari o`zgarishidan yuzaga keladigan samara soliqlar pasayishidan olinadigan samaradan kattaroq bo`ladi. Bu holat davlat xarajatlarining daromadlar va is`temol hajmiga ta`siri soliqlar o`zgarishi ta`siriga nisbatan kuchliroq ekanligi oqibatidir. Ushbu farq byudjet-soliq siyosat vositalarini tanlashda muhim rol o`ynaydi. Agar hukumat davlat sektorini kengaytirmoqchi bo`lsa, davriy pasayishni tugatish uchun o`z xarajatlarini oshirishi, inflyatsiyani cheklash uchun esa soliqlarni oshirishi maqsadga muvofiq bo`ladi. Aksincha, byudjet-soliq siyosat davlat sektorini cheklashga qaratilgan bo`lsa, davriy pasayish sharoitida soliqlarni kamaytiradi, davriy ko`tarilish paytida esa davlat xarajatlarini oshirish maqbul yo`l hisoblanadi. Demokratik davlatda byudjet qonun tarzida tasdiqlanadigan hujjat hisoblanadi. Unda davlatning o`z funktsiyalarini bajarish maqsadida davlat qo`lida to`plangan pul mablag`larining harakati o`z ifodasini topadi. Davlat siyosatini aniqlab beradigan maqsadlarga erishish uchun pul resurslarini yo`naltirish byudjet siyosatining ustuvorligini tashkil etadi. Agar maqsadga erishish milliy iqtisodiyot ta`minlaydigan mablag`lardan ko`p mablag` talab etsa, davlat qo`shimcha daromadlarni shakllantirishning quyidagi favquloddagi usullarini qo`llashga majbur bo`ladi: ichki va tashqi kreditlar, milliy boylikni sotish, boylik va molmulkni ijaraga berish va kontsessiyalar. Byudjetning daromadlar qismini to`ldirishning favquloddagi choralari iqtisodiy mustaqillikning yo`qolishiga olib kelishi mumkin. Buni hisobga olgan holda hokimiyatning qonunchilik organlari qarz olishning chegarasini oldindan belgilaydi. Hukumat mamlakatning sharoitlaridan kelib chiqqan holda, byudjet siyosatini olib boradi. Bunday siyosat mamlakatni pul potentsiali doirasida hukumatni moliyaviy ishlarini aniq dasturiga ega bo`lishi, byudjet taqchilligi ustidan nazorat o`rnatilishi va uni qoplash manbalarini qidirishni, juda katta samara beradigan iqtisodiy dasturlarga byudjetdan mablag` ajratishni talab etadi. Byudjet taqchilligining kelib chiqish sabablari quyidagilar bo`lishi mumkin:

♦ taqchillik davlatning kredit qo`yilmalarini ko`payishida iqtisodiyotni rivojlantirish zaruriyati yuzasidan kelib chiqishi mumkin, bunday holat iqtisodiyotda krizis holatini bildirmaydi, balki davlatni iktisodiy kon yukturasini tartibga solish, progressiv odimlanishini ta`minlashga qaratilgan harakatidan kelib chiqadi;

♦ taqchillik favqulodda holatlar natijasida kelib chiqishi mumkin, bunday holatlarda byudjetdagi zaxiralar yetarli bo`lmaydi va ortiqcha mablag`lar manbasiga ehtiyoj tug`iladi;

♦ taqchillik krizis holatidan kelib chiqadi, bunda iktisodiyot parokanda holatda bo`ladi, moliya-kredit aloqalari samarasiz bo`lib, hukumat mamlakatdagi moliyaviy holatni o`z nazorati ostiga ololmaydi. Byudjet taqchilligi uzoq davrlar mobaynida vujudga kelgan va iqtisodiyotimizga katta ta`sir ko`rsatdi. Bular o`z navbatida davlat byudjeti va pul muomalasida o`z ifodasini topdi. Byudjet taqchilligi inflyatsiya jarayonining kuchayganligini, savdo shoxobchalarida aksariyat mahsulotlarning kamayib ketganligini, moddiy boylik ishlab chiqarish va ijtimoiy-madaniy jabhalarda ta`minot muammolarining kuchayganligini ham bildiradi. Soliq siyosati moliyaviy siyosatning eng muhim qismi (yo`nalishi) hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy tashabbussiz va jamiyat barcha a`zolarining samarali mehnatisiz iqtisodiyotni tiklash murakkabligicha qolaveradi. Soliqlar bozor iqtisodiyotida mehnatning asosiy rag`batlantirilishini olib qo`yadi, ya`ni mehnat daromad keltirishi lozim. Mamlakat iqtisodiyotiga soliq siyosatining ta`siri bevosita namoyon bo`ladi – yuqori soliq ostonasi takror ishlab chiqarish jarayonining investitsion imkoniyatlarini qisqartiradi, jamiyatda iste`mol darajasi pasayadi va bu narsa, o`z navbatida, ishlab chiqarish va xizmat sektorlarining o`sish bazalarining pasayishiga olib keladi. Soliq siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar bo`g`inlari bilan birga sud hokimiyatining bo`g`inlari ham alohida ahamiyatga ega. Sud hokimiyati tomonidan qonuniy amal qilayotgan soliqlar va soliqlarga tenglashtirilgan majburiy to`lovlarning o`z vaqtida byudjetga kelib tushishi ustidan nazorat o`rnatilib, soliq qonunchiligi buzilishlarini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar qo`llanadi. Soliq siyosatini ishlab chiqishda nafaqat alohida olingan muassasalar bevosita qatnashadi, shuningdek uni ishlab chiqishda soliq to`lovchilar qatnashishi mumkin, ya`ni bunda soliq to`lovchilarning o`zlarida soliqlarni takomillashtirishga qaratilgan takliflar, soliqlarni hisoblashni oson va samarali ishlash kabilar taklif sifatida berilishi mumkin.

Soliq va buydjet siyosati davlat xarajatlari va soliqqa tortish hajmini o‘zgartirib, iqtisodiy vaziyatga ta’sir ko‘rsatishda davlat tomonidan qo‘llaniladigan choralarni anglatadi. Shuning uchun soliq buydjet siyosati fiskal siyosat ham deb ataladi.

Davalat xarajatlari davlat buydjetining ajralmas qismidir, shuning uchun ular samarali bo‘lishi uchun va milliy iqtisodiy o‘sishini miqdoriy va sifatli ta’minlashi kerak. Bu shuni anglatadiki, davlat tomonidan olib borilayotgan soliq-buydjet siyosati quyidagi jamoatchilikka jvob berishi kerak maqsadlar:



  1. Iqtisodiy tsikldagi tebranishlarni yumshatish;

  2. İqtisodiy o‘sishni barqarorlashtirish;

  3. Resusrlardan to‘liq foydalanishga erishish;

  4. Narxlar darajasining barqarorlashuvi;

Fiskal siyosat- bu, avvalambor, yalpi talabni davlat tomonidan tartibga solish siyosati. Bunday holatda iqtisodiyotni tartibga solish umumiy xarajatlar qiymatiga ta’sir qilish orqali yalpi taklifga ta’sir ko‘rsatish uchun ishlatilishi mumkin.

Soliq-buydjet siyosati vositalari davlat byudjetining xarajatlari va daromadlari xususan: 1) davlat xaridlari, 2) soliqlar, 3) o‘tkazmalar.

Soliq- buydjet siyosati vositalarining yalpi talabga ta’siri har xil. Umumiy talab formulasidan: AD/u003d C+I+Xn (bu yerda AD umumiy talab, C iste’ mol xarajatlari, men investitsiya xarajatalari, G davlat davlat xarajatlari, Xn bu mamlakatning aniq eksporti). Davlat xaridlari uning eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi, shuning uchun ularning o‘zgarishi yalpi talabga bevosita ta’sir qiladi. Shu bilan birga, soliqlar va transfertlar yalpi talabga bilvosita ta’sir qiladi, iste’mol xarajatlari (C) va investitseyilar xarajatlari (l) qiymatini o‘zgartiradi. Davlat xaridlarining o‘sishi yalpi talabni oshiradi va ularning kamayishi uning kamayishiga olib keladi.

Balandligi o‘tkazmalar yalpi talabni ham oshiradi. Bir tomondan, ijtimoiy transfertlar to‘lovlarining ko‘payishi bilan uy xo‘jaliklarining shaxsiy daromadi oshadi va shu sababli paribus aniqlanib, mavjud daromadlar o‘sadi va iste’mol xarajatlari oshadi.

Byudjet siyosati iqtisodiy siyosatning «yadrosi» hisoblanadi hamda o`zida jamiyat institutlari va aholi o`rtasidagi moliyaviy munosabatlarni yaqqol ifodalaydi. Byudjet siyosati, aytish mumkinki, makroiqtisodiy barqarorlikni bosh omilidir. Davlat byudjeti kuchli demokratik davlatning ishonchli moliyaviy tayanchi bo`lib xizmat qilishi kerak. Davlat byudjeti siyosatini yuritishda ikki dastakka egadir. Bular davlat daromad to`lovlar bilan xarajatlardir. Bularni bevosita va bilvosita usullar deb atash mumkin. Byudjet siyosatining bilvosita usullari bo`lib soliqlar va soliqsiz to`lovlar orqali iqtisodiyotga ta`sir ko`rsatish kabi tadbirlar hisoblanadi. Soliq stavkalarini o`zgarishi, soliqlar bo`yicha imtiyozlar yaratish yohud ularni bekor qilish, turli xil to`lovlarni joriy qilish kabi bilvosita usullar orqali mamlakatdagi ijtimoiyiqtisodiy vaziyatga ta`sir ko`rsatish mumkin, bunda soliq to`lovlarining moddiy qiziqishlari byudjet siyosatidagi hal qiluvchi rolni o`ynaydi. Byudjet siyosatining bevosita usullariga esa byudjetning xarajatlar qismi orqali ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga ta`sir ko`rsatish kiradi. Tarmoqlarni moliyalashtirish xarajatlari miqdorini o`zgartirish, nochor korxonalarga dotatsiyalar ajratish, subvensiyalar berish, byudjet ssudalarini ajratish, ular bo`yicha imtiyozlar joriy qilish, chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun kafolatlar berish kabi tadbirlar byudjet siyosatining to`¨ridan-to`¨ri usullari hisoblanadi. Byudjet siyosati qonunlar, boshqa huquqiy hujjatlar qabul qilish, daromadlar va xarajatlarni belgilab chiqish, ular ustidan nazorat o`rnatish, byudjet ijrosini ta`minlash, byudjetning kassa ijrosi bajarilishi ustidan nazoratni yo`lga qo`yish, tahlil qilish kabi chora-tadbirlarni qo`llash bilan amalga oshiriladi. 2015 yilgi soliq va byudjet siyosatining asosiy yo`nalishlari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan ustuvor yo`nalishlar, maqsadlar va vazifalardan kelib chiqib shakllantirilgan hamda quyidagilarni nazarda tutadi:

 soliq yukini yanada kamaytirish, iqtisodiyotni barqaror o`sishini rag`batlantirish, O`zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarining balansliligini ta`minlash;

 byudjetni rejalashtirish jarayonida davlat dasturlaridan foydalanishni kengaytirish yo`li bilan byudjetdan ajratiladigan mablag`larni sarflash samaradorligini oshirish;

 ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, aholi daromadlari, jamg`arishi va xarid qilish qobiliyatini o`stirish siyosatini bir vaqtning o`zida yordamga muhtoj oilalarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash manzilliligini oshirish bo`yicha choralar qabul qilgan holda davom ettirish;

 axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va xarajatlarni me`yoriy rejalashtirish mexanizmini takomillashtirishni inobatga olgan holda byudjet tashkilotlarining tarmoqlari va shtatlarini muvofiqlashtirish;

 asossiz va eskirgan imtiyozlar va preferentsiyalarni bekor qilish;

 byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish, hududlarning daromadlar bazasini oshirish va ularning subvensiyaga bog`liqligini pasaytirish.

2020 yil Davlat byudjeti xarajatlari 131 trln. 104 mlrd. so`m miqdorda tasdiqlanib, ularni quyidagi ustuvor maqsadva vazifalarni moliyaviy ta`minlashga yo`naltirish ko`zda tutilgandir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-oktabr kuni makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, soliq-byudjet siyosati, davlat byudjetining joriy yilda kutilayotgan ijrosi va 2020-yilga mo‘ljallangan parametrlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Eslatish joiz, 2018-yilning 22-avgust kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Byudjet ma’lumotlarining ochiqligini va byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga imzo chekdi.

Mazkur qarorga muvofiq, byudjet ma’lumotlarining ochiqligini yanada oshirish maqsadida byudjet mablag‘larining shakllanishi va sarflanishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini o‘rnatishning yangi tartibi belgilangan.

Ushbu tizimga ko‘ra, 2020-yildan boshlab davlat byudjeti qonun shaklida qabul qilinadi va xalq vakillari tomonidan nazoratga olinadi. Parlamentga taqdim etiladigan Byudjet to‘g‘risidagi qonun loyihasida va Byudjetnomada aholi va tashqi hamkorlarimizga mamlakat byudjetining holati ochiq-oydin, xalqaro standartlarga muvofiq tarzda ko‘rsatiladi. 

Respublika byudjeti borasidagi normativ hujjatlar Oliy Majlis tomonidan, mahalliy byudjetlar esa joylardagi xalq deputatlari kengashlari tomonidan qabul qilinadi. Qolaversa, xarajatlar sohalar bo‘yicha emas, vazirlik va idoralar kesimida tasdiqlanadi. Idoralar mustaqilligini oshirish bilan birga, xarajatlarning samarasi uchun mas’uliyati ham kuchaytirilmoqda.

Joriy etilayotgan yangi tizimning yana bir o‘ziga xos jihati – markazlashgan byudjet siyosatidan bosqichma-bosqich voz kechish. Masalan, mahalliy byudjetlar daromadini mustahkamlash maqsadida avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imlari mahalliy byudjetga o‘tkazilmoqda. Alkogol mahsulotlari va mobil aloqa xizmatini ko‘rsatish uchun aksiz solig‘i tushumlari aholi sonidan kelib chiqib hududlar o‘rtasida qayta taqsimlanadi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i va yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha prognozdan orttirib bajarilgan qismi to‘liq xududlarda qoldiriladi.

2020 yildan boshlab mahalliy byudjetlarning qo‘shimcha daromadlari kengashlar tomonidan ma’qullangan yo‘nalishlarga ajratiladi. Faqat kechiktirib bo‘lmaydigan xarajatlargina hokimliklar tomonidan tasdiqlanishi va keyinchalik ularning to‘g‘ri sarflangani haqida kengashlar oldida hisobot berilishi lozim.

Yig‘ilishda mamlakatimiz iqtisodiyotining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari, kelgusi yilga mo‘ljallanayotgan prognoz parametrlari, iqtisodiyotga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan ichki va tashqi omillar chuqur tahlil qilindi. 

Xalqaro ekspertlar, xususan Xalqaro valyuta jamg‘armasi joriy yilda jahon yalpi mahsuloti o‘sishi dastlabki prognozga nisbatan 1 foizgacha kamayib, 3 foiz bo‘lishini baholagan. Mamlakatimizning asosiy savdo hamkorlari bo‘lgan davlatlarda ham iqtisodiy sur’atlar sustlashgan. Jahon bozorida raqobat tobora kuchayib, ayrim davlatlar o‘rtasida “iqtisodiy urushlar” davom etmoqda. Bu omillar O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’sir etmay qolmaydi, albatta. 

Prezidentimiz makroiqtisodiyot va davlat byudjeti parametrlarini ushbu xavf-xatarlarni hisobga olib belgilash lozimligini ta’kidladi.

– Iqtisodiyot tarmoqlarini “oyoqqa turg‘azish”, raqobatbardosh qilish uchun keyingi ikki yilda ularga barcha imkoniyatlar berildi. Biroq, bu imkoniyatlardan foydalanib, qaysi tarmoq mehnat unumdorligini oshirdi, mahsulotlar raqobatbardosh bo‘lishi va eksport tarkibida tayyor mahsulotlar ulushi ko‘payishini ta’minlay oldi? Afsuski, birorta tarmoqni bugungi kunda “zo‘r ishladi yoki yuqori natija berdi”, deb ayta olmaymiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Iqtisodiyot tarmoqlaridagi tizimli muammolar, inflyatsiya darajasining 16 foizdan pasaymagani aholi to‘lov qobiliyatiga salbiy ta’sir etayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

– Asosiy vazifamiz – xalqimizga munosib ish o‘rinlari yaratgan holda, daromadlarni oshirish. Joylarda iqtisodiy faol aholi ko‘p. Odamlarimiz daromad topib, turmush sharoitini yaxshilash uchun mehnat qilishni xohlamoqda. Buning uchun aholi to‘lov qobiliyatini oshirish va bozorda mahsulotlarga barqaror talab shakllantirish orqali ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashimiz kerak, – deya ta’kidladi davlatimiz rahbari. 

Misol uchun, qandolat, tayyor sut va go‘sht mahsulotlari, sharbat va salqin ichimliklar ishlab chiqarish bo‘yicha 100 dan ziyod muhim investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi natijasida iste’mol talabi qondirilib, inflyatsiya me’yorlashishi mumkinligi qayd etildi.

Oziq-ovqat, go‘sht, un va qandolat mahsulotlari, kiyim-kechak, charm-poyabzal, elektrotexnika, farmatsevtika ishlab chiqarish hajmini 2020 yilda sezilarli ko‘paytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Inflyatsiya darajasiga ta’sir etayotgan yana bir omil mahsulotlar tannarxi yuqoriligidir. Shu bois mutasaddilarga davlat ulushi bo‘lgan barcha korxonalarda mahsulot tannarxini tahlil qilib, quvvatlarni modernizatsiya qilish va kengaytirish, zarur hollarda xususiy sektorga berish bo‘yicha vazifalar qo‘yildi. 

Kelgusi yilda 153 ta yirik investitsiya loyihasini shunchaki foydalanishga topshirish emas, balki raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarib, yalpi ichki mahsulot hajmi va ish o‘rinlarini ko‘paytirish muhimligi qayd etildi.  

Oxirgi yillarda tashkil etilgan 23 ta korxona past quvvatlarda ishlayotgani, rejalashtirilgan ayrim loyihalar o‘z vaqtida faoliyat boshlamagani tanqid qilindi. 

Vazirlar Mahkamasiga iqtisodiy o‘sish va eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladigan, byudjetga tushumlarni ko‘paytiradigan investitsiya loyihalarini shakllantirishga mas’ul bo‘lgan doimiy Ishchi komissiya tuzish, investitsiya loyihalari va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari ijrosini muhokama qilib borish bo‘yicha topshiriq berildi.

Yig‘ilishda eksport tarkibi, tashqi bozordagi talab va yurtimiz korxonalarining undagi o‘rni chuqur tahlil qilindi. 

O‘zbekiston eksportining 50 foizidan yuqorisini hanuzgacha gaz, oltin, kumush, mis, rux, polietilen kabi xomashyolar tashkil etayotgani, arzon xomashyo mavjud bo‘lgan tarmoqlar bo‘yicha ishlab chiqarish va eksport yetarlicha yo‘lga qo‘yilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. 

Masalan, mamlakatimizda charm-poyabzal eksporti bo‘yicha kamida 1,5 milliard dollarlik salohiyat bo‘lsa-da, hozirda bu boradagi ko‘rsatkich 200 million dollarga ham yetmaydi. 

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “O‘zcharmsanoat” uyushmasiga terini chuqur qayta ishlab, ayollar poyabzallari va sumkalari, sport anjomlari va boshqa tayyor charm-attorlik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish orqali eksport hajmini 2 barobar oshirish vazifasi qo‘yildi.

To‘qimachilik mahsulotlari eksporti so‘nggi ikki yilda 2 barobarga oshib, 1 milliard 600 million dollarga yetgan bo‘lsa ham, uning deyarli yarmini ip-kalava tashkil etmoqda.

Shu bois Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga eksportda tayyor mahsulotlar ulushini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. 

Yana bir tahlil: dunyoda meva-sabzavot mahsulotlarining tashqi bozori 205 milliard dollarni tashkil etadi. Yurtimizning bu bozordagi ulushi esa bir foizga ham yetmaydi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasiga meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 55 ta tumanda ekinlarni to‘g‘ri joylashtirish, “mahsulot yetishtirish – xarid qilish – saqlash yoki qayta ishlash – eksport” zanjirini yaratuvchi kooperatsiyalar tashkil etish orqali eksport hajmini bosqichma-bosqich 5 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi. 

Mashinasozlik va elektrotexnika tovarlarining qo‘shilgan qiymati yuqori, dunyoda ularga doimiy talab ham bor. Lekin tarmoq korxonalari bu imkoniyatdan to‘la foydalanmayapti. Shundan kelib chiqib, soha mutasaddilariga qo‘shni davlatlar bilan savdoni rivojlantirish, eksport hajmini 2-3 barobar oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. 

Oxirgi uch yildagi faol investitsiya oqimi tufayli soha va hududlarga ko‘p mablag‘ yo‘naltirilgani qayd etilar ekan, jalb qilinayotgan har bir dollarning natijadorligiga asosiy e’tibor qaratish kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

– Barcha rahbarlar aniq bilib olsin – qat’iy hisob-kitob, texnik-iqtisodiy asoslarsiz biror bir loyihani moliyalashtirishga ruxsat berilmaydi, – dedi Prezident. 

Bosh vazir rahbarligida tashqi qarz hisobiga amalga oshiriladigan loyihalar natijadorligini nazorat qilish bo‘yicha komissiya tashkil etib, mas’ul idoralarning hisobotini qabul qilish zarurligi ta’kidlandi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilgan soliq islohotlari tushumlar ko‘payishida ijobiy natijalar bermoqda. Buni xalqaro moliyaviy institutlar ham tasdiqlamoqda.

Masalan, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari soni 12 barobar, foyda solig‘i to‘lovchilari soni 6,5 barobarga oshgan. Ish haqiga nisbatan soliq yuki keskin pasaytirilgani natijasida daromad solig‘i to‘lovchilari soni 700 mingga, ushbu soliq tushumi esa 2 barobarga ortdi.   

Mazkur islohotlarning davomi sifatida joriy yil 1-oktabrdan qo‘shilgan qiymat solig‘i 20 foizdan 15 foizga tushirilib, qator imtiyozlar bekor qilindi. 2020-yil 1-yanvardan esa davlat ulushi bor korxonalarga ham yagona ijtimoiy to‘lov 25 foizdan 12 foizgacha pasaytiriladi. Bu choralar natijasida kelgusi yilda soliq to‘lovchilar ixtiyorida 12,8 trillion so‘m miqdorida mablag‘lar qoladi.

Prezidentimiz Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasiga 2020-yil uchun prognoz qilingan byudjet tushumini ta’minlash yuzasidan topshiriqlar berdi. Bunda elektron hisob-faktura, zamonaviy markirovka, onlayn kassa mashinasi kabi ilg‘or texnologiyalarni keng joriy etish orqali soliq ma’muriyatchiligini yaxshilash zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Bojxona organlarida samarali ishlaydigan yangi vertikal tizimni shakllantirish, bunda import qilinayotgan tovarlar narxini haqqoniy baholash, risk-analiz va boshqa zamonaviy usullarni keng qo‘llash, shuningdek, ichki nazoratni kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. 

Davlatimiz rahbari soliq yukini pasaytirish iqtisodiyotga va aholi farovonligiga ijobiy ta’sir etishini inobatga olib, bu masalaga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi. 

Yig‘ilishda 2020-yil byudjetining xarajatlar qismi ham chuqur tahlil qilindi. 

Jumladan, kelgusi yili ijtimoiy sohalar uchun davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar hajmi ortishi ko‘zda tutilgan. Masalan, sog‘liqni saqlash tizimiga yo‘naltiriladigan xarajatlar joriy yildagiga nisbatan 18 foizga, ta’lim sohasiga – 10 foizga va ilm-fan rivojiga – 47 foizga ko‘payadi. Qolaversa, ta’lim, tibbiyot, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, infratuzilmalarni yaxshilash kabi yo‘nalishlarda 100 ga yaqin maqsadli dasturlar rejalashtirilgan.

Aholini dori vositalari bilan ta’minlash uchun 1,3 barobar, bolalar sporti dasturi uchun 3 barobar, geologiya-qidiruv ishlari dasturiga 4 barobar ko‘p mablag‘ ajratish mo‘ljallangan.

Shuningdek, paxtachilik va bog‘dorchilikda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, qishloq xo‘jaligi texnikasini xarid qilish xarajatlariga ham alohida o‘rin berilgan. 

Prezidentimiz xarajatlar borasidagi eng ustuvor vazifa moliya-byudjet intizomi, yo‘naltirilayotgan har bir so‘m iqtisodiyot uchun qanday natija berayotgani asosiy mezon bo‘lishi lozimligini ta’kidladi. Moliya vazirligi va Hisob palatasiga byudjetdan moliyalashtiriladigan dasturlarning maqsadli indikatorlarini belgilash va ijrosini baholash tartibini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. 

Hokimliklarning moliyaviy mustaqilligini ta’minlash maqsadida hududiy moliya organlarini to‘liq mahalliy davlat organlari tuzilmasiga o‘tkazish zarurligi ta’kidlandi. 

Avtomobil yo‘llari, irrigatsiya, melioratsiya kabi sohalarga investitsiya xarajatlari bo‘yicha uch yillik dastur ishlab chiqish bo‘yicha ham vazifalar belgilandi.

Muhokama qilingan barcha jihatlarni hisobga olib, “2020-yil uchun Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasini Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga taqdim etish kerakligi qayd etildi.

Soliq obyekti - bu soliq solinadigan daromad, narsa (buyum), mulk,  qiymati, tovar, yer maydoni, ot kuchi va boshqalar. Ko'pincha soliq nomi obyekt nomi bilan ataladi. Masalan, yer solig'ida yoki daromad solig'ida.

Ma’lumki biz o'tgan mahruzamizda soliq tizimi va soliqqa tortish tizimi tushunchalari o'rtasida farq bor degan edik. Soliq tizimi nazariy jixatidan soliqlar turlarining yig'indisidan iborat, soliq solish tizimi esa soliqqa tortish amaldagi uslublari yig'indisidan iborat deb tushuntirgan edik. O'tgan mahruzada aytganimizdek bozor iqtisodiyoti yo'lini tanlagan ekanmiz soliqqa tortish tizimi bilan bir qatorda soliq tizimini xam islox qilish zaruriyatiga aylandi.

O'zbekiston Respublikasining 1992 yil 14 yanvarda qabul qilingan "Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarning soliqlari to'g'risida" gi qonunga binoan 1992 yildan boshlab yangi soliq tizimi joriy etildi. Bu tizimning shu davrgacha amal qilgan tizimdan tub farqi shundaki Respublikamiz xududida ayrim soliq turlari bekor qilinib, ularning qrniga yangilari kiritildi.

1992 yilgacha 62 yil davomida o'zgarmasdan xizmat qilgan korxona va tashkilotlarning asosiy salmog'i bo'lgan oborot solig'i qrniga qo'shilgan qiymat solig'i, foydadan ajratma to'lovi qrniga yalpi daromaddan daromad solig'i va yangidan Respublikadan chetga chiqarib sotiladigan tovarlarga soliq, cheklangan tovar turlariga aksiz solig'i va mol-mulk soliqlari joriy etildi.

Shunday qilib soliq tizimi muayyan sharoitda davlat foydasiga undiriladigan soliqlar majmuidir, ularni yig'ib olish yo'llari va usullarining tashkil etilishidir.

Soliq tizimiga soliq turlari, soliq miqdori, soliq undiriladigan daromadlarni aniqlash kabilar kiradi. Endi soliq tizimining vazifasi to'g'risida gaplashaylik. Ular:

Soliq to'lovchilar bilan davlat o'rtasida daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlash vazifasi;

Iqtisodiy va ijtimoiy soxadagi faoliyatini rag'batlantirish yoki cheklab qo'yish;

Axolining muayyan tabaqalariga ijtimoiy imtiyozlar berish vazifalari.

Jismoniy shaxslardan daromad solig'i, axolining mol-mulk solig'i, transport solig'i, yer solig'i, reklama solig'i, maishiy va xisoblash texnikalarini qayta sotish solig'i va boshqalar olinadi.

Byudjetga o'tkazish nuqtai nazardan soliqlar umumdavlat soliqlari va maxalliy soliqlarga bo'linadi.

Soliq qonunchiligida soliqlarning qaysi turlari to'g'ri davlat byudjetiga, qaysilari esa maxalliy byudjetga tushishi aniq ko'rsatib qo'yilgan. Ammo shu aniqki davlat byudjetiga tushgan mablag'larning bir qismi maxalliy byudjetlarga ajratib beriladi.

Soliq turlariga qarab bevosita va bilvosita soliqlarga bo'linadi. Bunday guruxlanish Soliqqa tortish oboektiga, to'lovchi bilan davlatning o'zaro munosabatlariga bog'liq buladi. Bevosita soliqlar to'g'ridan-to'g'ri daromadga va mol-mulkka belgilanadi. Tovarning baxosida to'lanadigan yoki taxrifga kiritiladigan tovarlar va xizmatlardan olinadigan soliqlar bilvosita  soliqlarga kiradi.

Bevosita soliqlar real va shaxsiy soliqlarga bo'linadi. Real soliqlar soliq to'lovchining mol-mulkining ayrim turlaridan kadastr asosida undiriladi.

Xar qanday tadbir, ish va faoliyat ilgaridan belgilanib, aniqlanib ishlab chiqilgan siyosat bilan amalga  oshiriladi. Siyosat deganda davlatning ilgaridan belgilab, aniqlab qo'ygan chora-tadbirlari yig'indisi tushuniladi. Soliq  ishlarini tashkil qilishda xam shu siyosat bilan ish yuritiladi. Soliq  siyosati davlatning moliya siyosatini eng muxim, tarkibiy ajralmas qismidir.

3. O'zbekiston soliq siyosatining mazmuni, strategiyasi va taktikasi

Soliq siyosati davlatning soliq munosabatlarini tashkil qilishdagi chora-tadbirlari, faoliyatlar yig'indisidir. Shunday ekan, faqat mustaqil davlatgina o'z mustaqil soliq siyosatiga ega bo'la oladi.

Soliq siyosatini ishlab chiqish moliya-iqtisodiy munosabatlardan kelib chiqadi. Davlat soliq siyosati orqali respublika iqtisodiyotini barqarorlashtirish va rivojlanishiga xar tomonlama faol ta’sir ko'rsatish mumkin. Soliqlar pul munosabatlari bo'lib, iqtisodiy munosabatlarning tarkibiy qismi ekan, soliq siyosati xam iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismidir.

Soliq tizimi deganda moxiyati jixatidan bir xil bo'lgan va markazlashgan pul fondiga tushadigan soliq turlarining yig'indisi tushuniladi.

Tizim - bu yig'ma tushunchadir. Bu tushunchada soliqlarning bir-biri bilan bog'liqligi xam ifoda etilgan. Soliq tizimini quyidagi guruxlarga bo'lish mumkin:

Soliq tizimini soliq obyektiga qarab uch guruxga bo'lish mumkin: oborotdan, daromaddan va mulklar qiymatidan olinadigan soliqlar. Oborotdan olinadigan soliqlarga ko'shilgan qiymat solig'i, aksiz solig'i, konlardan foydalanganligi uchun solig, bojxona boji kiradi. Daromaddan olinadigan soliqlarga foyda solig'i va daromad soliglari kiradi. Mulklardan olinadigan soliqlarga mol-mulk solig'i va yer soliqlari kiradi.Iqtisodiy moxiyatga qarab to'g'ri va egri soliqlarga bo'lish mumkin. To'g'ri soliqlar bevosita daromad oluvchimulk egasining daromadlaridan (foydalaridan) olinadi. Bunday soliqlar huquqiy va xaqikiy soliq to'lovchi bitta shaxs bo'ladi. Soliq ilgarida aniq belgilangan bo'ladi.Uning manbai bo'lib korxona va tashkilotlarning xo'jalik faoliyati natijasida erishilgan moliyaviy yakun xisoblanadi. Axoli soliqlarida esa soliq manbai bo'lib to'g'ridan-to'g'ri axolining daromadi xisoblanadi. Foyda (daromad) solig'i, yer solig'i va daromad solig'i to'g'ri soliqlarning eng yirik daromaddir.

Egri soliqlar korxona va tashkilotlar faoliyatining moliyaviy yakuniga bog'liq bo'lmaydi. Ular sotilayotgan tovarlar va xizmatlar oborotiga (baxosiga) ustama tarzda belgilanadi. Ular so'zsiz tovar qiymati va xizmat summasini oshiradi va iste’mol ni kamytiriladi. Bu soliqlarni ba’zan iste’mol soliqlari deb xam ataladi. Bundan qaraganda ularni guyo maxsulot sotuvchi yoki xizmat ko’rsatuvchi to'laetgan bo'ladi. Aslida esa ularning xaqiqiy to'lovchisi tovar va xizmatlarni iste’mol qiluvchilar bo'ladi. Egri soliqlar guruxiga ko'shilgan qiymat solig'i, aksiz solig'i va bojxona bojlari kiradi. Soliq solish tizimining bir qancha elementlari mavjud va bular quyidagilardan iboratdir: soliq subyekti, obyekti, manbasi, soliq stavkasi, soliq solish birligi, soliqlardan imtiyozlar va boshqalar kiradi.

Biz avvalo soliq tizimi va soliq solish tizimi tushunchalarni bir-biridan farqini bilishimiz zarur. Bu yerda nazariy jixatdan soliq tizimi soliqlar yig'indisi tushuniladi. Soliq solish tizimi esa tashkiliy jixatdan, tuzilish usullari yig'indisi tushuniladi, Ya’ni soliq solish tizimi amaliy uslublar yig'indisidir.

Shunday qilib, soliq solish tizimi deb, Oliy majlis tomonidan belgilangan va ijrochi idoralar tomonidan undiriladigan soliqlarni tuzilish usullari va tamoyillari yig'indisiga aytiladi. Bu tizimning urni jamiyatning ijtimioy-iqtisodiy tizimi bilan aniqlanadi.

Soliq solish tizimining bir qancha elementlari mavjud va bular quyidagilardan iboratdir: soliq subyekti, obyekti, manbasi, soliq stavkasi, soliq solish birligi, soliqlardan imtiyozlar va boshqalar kiradi.

Soliq subyekti bu soliq munosabatlarni tashkil qiluvchilar. Bularga asosan soliq to'lovchilar:

yuridik shaxslar korxona, tashkilot, firma va jismoniy shaxslar-axoli kiradi. Ikkinchi tomondan soliq subyektiga davlat kiradi, Ya’ni soliq oluvchi.

Soliq obyekti - bu soliq solinadigan daromad, narsa (buyum), mulk, qiymati, tovar, yer maydoni, ot kuchi va boshqalar. Ko'pincha soliq nomi obyekt nomi bilan ataladi. Masalan, yer solig'ida yoki daromad solig'ida.

Ma’lumki biz o'tgan mahruzamizda soliq tizimi va soliqqa tortish tizimi tushunchalari o'rtasida farq bor degan edik. Soliq tizimi nazariy jixatidan soliqlar turlarining yig'indisidan iborat, soliq solish tizimi esa soliqqa tortish amaldagi uslublari yig'indisidan iborat deb tushuntirgan edik. O'tgan mahruzada aytganimizdek bozor iqtisodiyoti yo'lini tanlagan ekanmiz soliqqa tortish tizimi bilan bir qatorda soliq tizimini xam islox qilish zaruriyatiga aylandi.

O'zbekiston Respublikasining 1992 yil 14 yanvarda qabul qilingan "Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarning soliqlari to'g'risida" gi qonunga binoan 1992 yildan boshlab yangi soliq tizimi joriy etildi. Bu tizimning shu davrgacha amal qilgan tizimdan tub farqi shundaki Respublikamiz xududida ayrim soliq turlari bekor qilinib, ularning qrniga yangilari kiritildi.

1992 yilgacha 62 yil davomida o'zgarmasdan xizmat qilgan korxona va tashkilotlarning asosiy salmog'i bo'lgan oborot solig'i qrniga qo'shilgan qiymat solig'i, foydadan ajratma to'lovi qrniga yalpi daromaddan daromad solig'i va yangidan Respublikadan chetga chiqarib sotiladigan tovarlarga soliq, cheklangan tovar turlariga aksiz solig'i va mol-mulk soliqlari joriy etildi.

Soliq tizimiga bunday o'zgartirishlar kiritishning zaruriyati nimada?

Birinchidan, Ma’muriy - buyruqbozlik uslubiga asoslangan sobiq ittifoq davrida davlat korxona daromadlarini xoxlagan istagi bo'yicha taksimlar edi. Soliq stavkalarini davlat xoxlagan paytda va xoxlagan miqdorda o'zgartirar edi. 90 - yillarga qadar foydadan ajratma stavkasi orqali korxona foydasining 90 % gacha byudjetga olib qo'yilar edi. Bozor iqtisodiyoti qonunlari bunday o'zgartirishlar qilinishiga yo'l qo'ymaydi, sababi korxonalarda moddiy manfaatdorlik va rag'batlantirish yuqolganligi bo'lib, ular ishlab chiqarishni rivojlantirishga qiziqmay qo'yadilar, ishlarida o'sish bo'lmaydi, korxonalarda boqimandalik kayfiyati, davlat dotatsiyasiga ko'z to'tish kabi illatlar tug'iladi. Bu illatlardan qutulishning yagona yo'li soliq tizimini qayta qurish xisoblanadi. Ikkinchidan, korxonalar moliyaviy erkinlikka ega emas edilar. Qancha maxsulot ishlab chiqarilish kerak, ularning xom ashyosi qaerdan olinadi, maxsulot birligiga qancha xom ashyo ishlatilishi kerak, ishchilar soni, ish xaqi miqdori, elektr energiya va yoqilg'i sarfi, tovarlar baxosi markaz tomonidan boshlab berilar edi. Bu bozor iqtisodiyoti talablariga zid bo'lganligi uchun xam korxonalarga moliyaviy erkinlik berilishi zarurligi tug'ildi.

Uchinchidan, ish xaqi xarajatlarining oshib ketishi natijasida davlat g'aznasiga tushadigan foydadan ajratmalar miqdori kamayib ketganligi sababli uning qrniga yalpi daromaddan soliqqa tortish zaruriyati paydo bo'ldi. To'rtinchidan, bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida ishlab chiqarish darajasining pasayishi, infliyatsiya, ishsizlarning ko'payishi, moliyaviy tanqislik, baxolarning keskin oshib ketishi kabi xodisalar yuz berdi. Ularni qoplash uchun zarur daromadlar bo'lishligi talab etiladi. Bu daromadlarni faqat to'g'ri soliqlar orqali byudjetga jalb qilish etarli bo'lmay qoladi. Shuning uchun, to'g'ri soliqlardan tashqari egri soliqlarni xam qo'llash zaruriyati tug'uldi.

Beshinchidan, mustaqillikka yerishgan xar bir davlat o'zining mustaqil soliq tizimiga ega bo'lishi kerak. Bu xam iqtisodiy, xam maonaviy jixatdan zaruriyat xisoblanadi. Shu sababli xam soliq tizimi isloxati amalga oshrilimoqda.

Shunday qilib soliq tizimi muayyan sharoitda davlat foydasiga undiriladigan soliqlar majmuidir, ularni yig'ib olish yo'llari va usullarining tashkil etilishidir.

Soliq tizimiga soliq turlari, soliq miqdori, soliq undiriladigan daromadlarni aniqlash kabilar kiradi. Endi soliq tizimining vazifasi to'g'risida gaplashaylik. Ular:

Soliq to'lovchilar bilan davlat o'rtasida daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlash vazifasi;

Iqtisodiy va ijtimoiy soxadagi faoliyatini rag'batlantirish yoki cheklab qo'yish;

Axolining muayyan tabaqalariga ijtimoiy imtiyozlar berish vazifalari.

O'zbekiston bozor iqtisodiyotiga o'tishning o'ziga xos va o'ziga mos yo'lini tanlab oldi va uni jamiyatda bosqichma-bosqich muvaffakiyatli amalga oshirilmokda. Ushbu tanlangan yo'lning moxiyati O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning besh tamoyilida taxriflab berilgan. Bu qoida O'zbekiston davlat qurish va iqtisodiy islox qilish dasturining o'zagi bo'lib ularning moxiyati quyidagichadir:

Birinchidan, iqtisodiyotning siyosatdan ustivor bo'lishi va uning uchun iqtisodiyot mafkuradan xoli qilinishi;

Ikkinchidan, davlat bosh islohotchi bo'lishi;

Uchinchidan, qonunlarga rioya qilishning xamma narsadan ustivor bo'lishi;

To'rtinchidan, kuchli ijtimoiy siyosat o'tkazilishi;

Beshinchidan, bozorga iqtisodiyotiga o'tishni bosqichma-bosqich amalga oshirilishi;

Iqtisodiyotning siyosatdan ustivor bo'lishi va uning uchun iqtisodiyot mafkuradan xoli qilinishi:

Bu tamoyilning mahnosi shuki, iqtisodiy islohotlar xech qachon siyosatning ta’siri ostida bo'lmasligi, Ya’ni biror bir mafkuraga buysundirmasligi kerak. Bu esa iqtisod xamisha siyosatdan ustun turmogi kerak. Na siyosat, na mafkura iqtisodiyotni nazorat qilish, unga tayzik o'tkazish darajasiga kutarilmasligi, xam ichki, xam tashki iqtisodiy munosabatlar xar qandaymafkuradan xoli bo'lishi lozim. Avval iqtisodiyot keyin siyosat, "avval taom, badaz kalom" degan xikmalar bekorga aytilmagan. Butun insoniyat tajribasi shuni ko'rsatadiki, xar bir ishchi, muxandis, texnik o'z ish joyida korxona, birlashma, tsexlarda o'zini xujayin deb xis qilish, o'z mexnatining pirovard natijasidan moddiy jixatdan manfaatdor bo'lishi kerak. Ular ishlab chiqarilgan traktor, mashina, taer va boshqa maxsulotlar ichki bozorda va jaxon bozorida, bozorning o'zi belgilab beradigan narxlar bo'yicha erkin sotilish kerak. Bozor qoidasiga ko'ra kimning maxsuloti yuqori sifatli, kurinishi yaxshiroq va narxi arzonlik bo'lsa, qsha maxsulotga talab boshqa maxsulotlarga nisbatan ko’proq bo'ladi. Bunday vaziyatda bozorga xech qanday siyosat yoki mafkura o'z ta’sirini o'tkaza olmaydi. Soliq tizimi Respublikamiz ijtimoiy iqtisodiy xayotidagi xarakatiga qarab xilma xil guruxlarga bo'linadi. Soliq tizimi iqtisodiy moxiyatiga qarab, kelib tushish manbaiga qarab, byudjetga o'tkazish nuqtai nazaridan qo'llaniladigan stavkalarga va soliq imtiyozlariga qarab guruxlanadi. Ularni aloxida-aloxida ko'rib chiqamiz.

Iqtisodiy moxiyatiga qarab guruxlanish. Iqtisodiy moxiyatiga qarab O'zbekiston soliqlarini to'g'ri va egri soliqlarga bo'lish mumkin. To'g'ri soliqlar xaqikiy daromad oluvchi yoki mulk egasidan olinadi. Ularning oboekti yalpi daromad, mulk qiymati, yer maydoni, ot kuchi va boshqalar xisoblanadi.

Egri soliqlar esa sotilayotgan tovar, bajarilayotgan ish, ko'rsatilayotgan xizmat qiymati ustiga ustama qo'yiladi. Egri soliqlarni to'lovchilar sotilgan tovar va ko'rsatilgan xizmatni dastlabki iste’mol qiluvchi korxonalar va yakuniy iste’mol chilar, Ya’ni, axoli xisoblanadi. Byudjetga kelib tushish manbaiga qarab huquqiy va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarga bo'linadi. Huquqiy shaxslardan QQS, aksiz solig'i, Respublikadan tashqariga chiqarib sotiladigan tovarlar va maxsulotlar solig'i, qimmatli qog'ozlar opreatsiyalariga solinadigan soliq, daromad solig'i, korxonalar mol-mulki solig'i, korxonalar transport vositalari solig'i, yer solig'i, jamoa a’zolarining mexnat xaqi fondi solig'i, sanoat ko'rilishi solig'i va boshqalar olinadi.

Jismoniy shaxslardan daromad solig'i, axolining mol-mulk solig'i, transport solig'i, yer solig'i, reklama solig'i, maishiy va xisoblash texnikalarini qayta sotish solig'i va boshqalar olinadi.

Byudjetga o'tkazish nuqtai nazardan soliqlar umumdavlat soliqlari va maxalliy soliqlarga bo'linadi.

Soliq qonunchiligida soliqlarning qaysi turlari to'g'ri davlat byudjetiga, qaysilari esa maxalliy byudjetga tushishi aniq ko'rsatib qo'yilgan.

Ammo shu aniqki davlat byudjetiga tushgan mablag'larning bir qismi maxalliy byudjetlarga ajratib beriladi.

Soliq turlariga qarab bevosita va bilvosita soliqlarga bo'linadi. Bunday guruxlanish Soliqqa tortish oboektiga, to'lovchi bilan davlatning o'zaro munosabatlariga bog'liq buladi. Bevosita soliqlar to'g'ridan-to'g'ri daromadga va mol-mulkka belgilanadi. Tovarning baxosida to'lanadigan yoki taxrifga kiritiladigan tovarlar va xizmatlardan olinadigan soliqlar bilvosita soliqlarga kiradi.

Bevosita soliqlar real va shaxsiy soliqlarga bo'linadi. Real soliqlar soliq to'lovchining mol-mulkining ayrim turlaridan kadastr asosida undiriladi.

Xar qanday tadbir, ish va faoliyat ilgaridan belgilanib, aniqlanib ishlab chiqilgan siyosat bilan amalga oshiriladi. Siyosat deganda davlatning ilgaridan belgilab, aniqlab qo'ygan chora-tadbirlari yig'indisi tushuniladi. Soliq ishlarini tashkil qilishda xam shu siyosat bilan ish yuritiladi. Soliq siyosati davlatning moliya siyosatini eng muxim, tarkibiy ajralmas qismidir.

Xar qanday iqtisodiy kategoriyaning bajaradigan funksiyasi bo'ladi. Funksiya - bu soliq kategoriyasining amaliyotdagi xarakatidir va soliqlarning moxiyatini ochib beradi. Funksiya deganda kategoriyaning xaetda ko'p tarkaladigan va takrorlanadigan doimiy xarakatlarini tushunamiz. Bizni fikrimizga kura soliq quyidagi funksiyalarni bajaradi: - xazina (fiskal) funksiyasi:

" Fiskal funksiyasi

" Rag'batlantirish funksiyasi

" Nazorat funksiyalari mavjuddir. Ayrim iqtisodchilar fikrlari bo'yicha taqsimlash va iqtisodiyotni tartibga solishlarni xam ko'shadilar. Lyokin bizni fikrimizga kura soliqlar asosan 3 - ta funksiyani bajaradi, taqsimlash va iqtisodiyotni tartibga solish asosan uchta funksiyani ichiga kirib ketadi. Xazina (fiskal) funksiyasi. Fiskal (lotincha Fiscus so'zidan olingan bo'lib, gazna degan mahnoni anglatadi) xusuiyatiga ega ekanligidir.

Fiskal funksiya davlatning iqtisodiyotga aralashuvi uchun obyektiv shart-sharoit vujudga keltiradi. Byudjet daromadlarini ta’minlash soliq tizimi vazifalaridan bittasi xolos. Soliq tizimi ana shu vazifani xal etar ekan, jamgarma va ishlab chiqarishning usish jarayonlariga tuskinlik kilmasligi, ijtimoiy adolatni bo'zmasligi, xalq xo'jaligi to'zilishida buzilishlar va chetga chikishlar sodir bo'lishiga yo'l kuymasligi, bozor jarayoniga putur etkazmasligi zarur.

Bozor munosabatlarning shakllanishi va riaojlanishi sharoitida aynan soliqlar davlatning iqtisodiyotiga ta’sir o'tkazishdan asosiy vositalardan biri bo'lib kolmokda. Davlatning iqtisodiy funksiyasi orqali xalq xo'jaligining rivojlantirishni rag'batlantiriladi, shuning barobarida uning xazina (fiskal) funksiyasi uchun bazani kengaytiriladi. Oqilona tashkil etilgan davlat soliq siyosati soliqlarining rag'batlantirish funksiyasi orqali ishlab chiqarishni rag'batlantirish, rivojlantirishlar olib boriladi.

Soliqlarning izga solib turuvchi sifatidagi funksiyasining axamiyati bozor sharoitida o’sib boradi, bu davrda tadbirkorlarni ma’muriy qaram qilish usullari yuk bo'lib ketadi yoki juda oz xolda qoladi, korxonalar faoliyatini farmoyishlar, ko’rsatmalar va buyruklar yerdamida idora qilish huquqiga ega bo'lgan "yuqori tashkilot" tushunchasining o'zi asta-sekin yo'qola bordi. Biroq iqtisodiy faollikni izga solib turish, uning rivojlanishini jamiyat uchun makbo'l bo'lgan yunalishda rag'batlantirish zaruriyati saklanib qoladi.

Shunday qilib, soliqlarning rag'batlantirish funksiyasi orqali ishlab chiqarish korxonalar yangi tashkil etilgan paytlarida soliqlardan ozod etiladi va boshqa imtiyozlar beriladi. Bu funksiyasi orqali ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korxonalarga imtiyozlar berish orqali ularning moliyaviy-iqtisodiy axvolini yaxshilashga xizmat qiladi.

Soliqlarning nazorat funksiyasiga kelsak, bu funksiya orqali soliqlar ijtimioy maxsulot qiymatini qanchaga tushganligi, milliy daromadning salmogini nazorat qilib bilib olgandan so'ng undan qancha qismini soliqlar orqali byudjetga tuplash zarurligi, ularning obyektlarini, soliq to'lovchilarini, soliq stavkalarini to'g'ri belgalish hamda soliqlarni o'z vaqtida to'g'ri xisoblab byudjetga o'tkazish jarayonini nazorat qilib boradi. Bu nazorat doimo taqsimlash funksiyasi bilan yonma-yon olib boriladi. Soliqlarning nazorat funksiyasi ba’zan taqsimlash funksiyasidan xam kengayib ketadi. Chunki taqsimlashda faqat pul munosabatlari bilan chegaralanib qolinsa, soliqlarning nazorat funksiyasi pul munosabatlari orqali taqsimlashdan tashqari soliq obyektilarini buyum shaklida xam to'liqligi, maxsulotlar koldiklari xom ashe va yoqilgilardan boshqa manbalardan foydalanish ustidan xam nazoratga aylanadi. Demak, soliqlarning nazorat funksiyasi soliq idoralarini xodimlarining kundalik olib boradigan umumiqtisodiy nazoratining nazariy asosini tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida soliq idoralarining nazorati asosan yagona iqtisodiy qonunlar talabiga javob beradigan nazoratga aylanadi.



2.1 Soliq siyosatini tartibga solish amaliyoti

Bugungi kunda davom etayotgan va tobora jiddiylashib borayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi har bir mamlakat hukumati oldiga makroiqtisodiy barqarorlik va izchil o‘sish sur’atlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan izchil iqtisodiy siyosatni yuritish vazifasini qo‘ymoqda. Bunda samarali iqtisodiy o‘sishini rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan fiskal siyosat yuritish masalasi markaziy o‘rinni egallamoqda. Shu bilan birga umumiy iqtisodiy muvozanatni ta’minlashga yo‘naltirilgan yaxlit davlat budjet-soliq siyosati bilan bog‘liq muammolar ham aynan davlatning fiskal siyosati instrumentlariga bog‘liq bo‘lmoqda. Soliq tushumlari muhim makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy jarayonlar ko‘lami va ulardagi rivojlanish sur’atlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan, moliyaviy oqimlarni boshqarishda davlatning muhim instrumenti hisoblandigan davlat budjetini mablag‘ bilan ta’minlaydi. Zero, oxirgi yillarda soliq yukini kamaytirish siyosati davom ettirildi. Kichik korxona va mikrofirmalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkalari tushirilgani, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan soliq stavkasi esa sezilarli tarzda, ya’ni o‘rtacha ikki barobar kamaytirilgani buni yaqqol tasdiqlaydi. Bugungi kunda dunyoning turli mintaqalarida shiddat bilan sodir bo‘layotgan jarayonlar va birinchi navbatda, qarama-qarshiliklarning kuchayib borayotgani, jahon bozorlaridagi vaziyatning tez o‘zgarayotgani, hali-beri davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va uning oqibatlari, dunyoning ko‘plab davlatlarida investitsiya faolligining susayishi va o‘sish sur’atlarining pasayishi mamlakatimiz iqtisodiyotiga ham o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi. Shundan kelib chiqib 2015 yilda yalpi ichki mahsulot hajmining o‘sish sur’ati 108 foiz darajasida bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda. Bu borada sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining 8,3 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 6 foizga ko‘payishi belgilanmoqda. Bugungi kunda yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojiga berilayotgan e’tibor, xususan, yaratilayotgan soliq imtiyozlari va preferentsiyalar sohaning ravnaq topishida, uning iqtisodiyotdagi ulushining ko‘payishida namoyon bo‘lmoqda. 2005 yildan boshlab amalda bo‘lgan, soddalashtirilgan tartibdagi yagona soliq to‘lovi tadbirkorlarga katta qulayliklar yaratdi. Agar yagona soliq to‘lovining avvalgi tartibi bo‘yicha 1996 yilda soliq stavkasi 38 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 2012yilga kelib yagona soliq to‘lovi 5 foizni tashkil qildi yoki 1996 yilga nisbatan 6,3 marta qisqardi. 2012 yildan esa sanoat sohasidagi korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi 5 foizni tashkil qildi. Yagona soliq to‘lovi stavkasining bu qadar tushirilishi korxonalar tomonidan olinadigan foyda miqdorini sezilarli ravishda oshirdi. Bunga birgina misol, 2013 yilda mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasining 6 foizdan 5 foizga kamaytirilishi natijasida qariyb 80 milliard 300 million so‘m mablag‘ korxonalarning o‘zida qoldi. Bu esa ushbu mablag‘ni birinchi navbatda ishlab chiqarishni texnologik yangilash va zamonaviy texnikani joriy etishga yo‘naltirish imkonini berdi. Shu bilan bir qatorda korxonalar foydasini ham oshirdi25 . 2014 yilda soliq yukini kamaytirish siyosati davom ettirildi. Kichik korxona va mikrofirmalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkalari 5 foizga tushirilgani, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan soliq stavkasi esa sezilarli tarzda, ya’ni o‘rtacha ikki barobar kamaytirilgani buni yaqqol tasdiqlaydi. O‘tgan yilda mamlakatimizda soliq yuki sezilarli darajada pasaytirilganiga qaramasdan, davlat budjetining daromadlar qismi bo‘yicha ko‘rsatkichlar to‘liq bajarilgani, erishilgan profitsit yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,2 foizni tashkil etdi (2.1-rasm).

2.1-rasm. Davlat budjeti ko‘rsatkichlarining bajarilish darajasi, foizda

2.1-rasmdan ko‘rinadiki, 2000-2004 yillar davomida mamlakatimiz davlat budjeti taqchilligini -1 foizdan -0,4 foizga pasaytirish, 2005-2008 yillar davomida esa davlat budjeti taqchilligiga barham berib, davlat budjeti profitsitini 0,1 foizdan 1,5 foizga oshirishga erishildi. Keyingi yillarda mazkur jarayonlarga ham jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatishiga qaramasdan, budjet profitsitini saqlab qolishga erishilmoqda. Xususan, juda murakkab kechgan 2013 yilda ham maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan chora-tadbirlar natijasida budjet daromadlarining xarajatlardan ortish hajmi YaIMning 0,4 foizi darajasida bo‘lishiga erishildi. 2014 yilda maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan chora-tadbirlar natijasida budjet daromadlarining xarajatlardan ortish hajmi YaIMning 1 foizi darajasida bo‘lishiga erishildi. Rivojlagan mamlakatlarda kuzatilayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqirozning tobora keskinlashib borayotganiga qarmasdan,mamlakatimizda kuzatilayotgan barqaror iqtisodiy o‘sish sur’tlarining ta’minlanishida izchil olib borilayotgan budjet-soliq siyosatining ahamiyati g‘oyat yuksakdir. Buni o‘z navbatida keyingi yillarda kuzatilayotgan budjet profitsiti, rejalashtirilgan davlat budjeti daromad ko‘rsatkichlarining orttirib bajarilayotganini quyidagi jadval ma’lumotlarida ko‘rishimiz mumkin:



2.1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, jami markazlashgan jamg‘armalar tarkibida maqsadli fondlarsiz davlat budjeti daromadlarining salmog‘i 2014 yilda 69,4 foizni tashkil etmoqda. Bu o‘z navbatida davlat fiskal siyosatida maqsadli fondlarsiz davlat budjeti markaziy o‘ringa ega ekanini tasdiqlaydi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan budjet-soliq islohotlarida budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarning ham ahamiyati yuqori bo‘lmoqda. Bu hol ularning ular daromadlari shakllanish ko‘lamida yaqqol namoyon bo‘ladi. Xususan, maqsadli jamg‘armalar daromadlari 2013 yilda 10499,8 milliard so‘mga rejalashtirilgan bo‘lsa, 2014 yilda bu ko‘rsatkich 16320,7 milliard so‘mni tashkil etishi ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti quyidagi daromadlardan tashkil topgan29: 1) umumdavlat soliqlari, shu jumladan: -yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i; -yagona soliq to‘lovi; -jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i; -qo‘shilgan qiymat solig‘i; -aksiz solig‘i; -yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq; 2) bojxona bojlari; 3) qo‘shimcha foyda solig‘i; 4) mahsulot taqsimotiga oid bitimlar bo‘yicha foyda keltiradigan mahsulotdagi davlat ulushi; 5) boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Boshqa daromadlarga imzoli bonus va tijoratbop topilma bonusi to‘lanishidan tushgan tushumlar, davlat bojlari, yig‘imlar, tovon pullari, kompensatsiya to‘lovlari va jarima sanksiyalari, davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan belgilangan normativlar bo‘yicha olingan daromadlar, yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari, aksiyalarning davlat ulushi (payi) bo‘yicha dividendlar (daromadlar), mobil aloqa xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lov, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining foydasi va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar kiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlari tarkibi quyidagilardan iborat:

1) belgilangan normativlarga muvofiq umumdavlat soliqlari, shu jumladan: -yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i; -yagona soliq to‘lovi; -jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i; -tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq; -qo‘shilgan qiymat solig‘i; -aksiz solig‘i; -yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq; -suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

2) mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shu jumladan: -obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i; -transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq; -mol-mulk solig‘i; -yer solig‘i; -yagona yer solig‘i; -ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqi va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish uchun yig‘im;

3) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;

4) bozorlardan tushadigan daromadlar;

5) boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 apreldagi “To‘g‘ridanto‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4434-sonli Farmoniga ko‘ra, xorijiy investorning pul shaklidagi ulushi 5 million AQSh dollaridan kam bo‘lmagan yangidan tashkil etilayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i, mol-mulk solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, yagona ijtimoiy to‘lov, yagona soliq to‘lovi, shuningdek, Respublika yo‘l jamg‘armasi hamda Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lashning mazkur korxonalar davlat ro‘yxatidan o‘tish sanasida amal qilgan me’yor va qoidalarini,soliq qonunchiligida o‘zgarishlar yuz bergan taqdirda ham, davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab 10 yil mobaynida qo‘llashga haqli ekanliklari belgilab qo‘yildi. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun kafolatlar, imtiyoz va afzalliklar tizimi ko‘lami yanada kengaytirildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 11 apreldagi PF-3594-sonli Farmonida ko‘zda tutilgan soliq imtiyozlari avvallari 8 ta tarmoq faoliyatiga tegishli bo‘lgan bo‘lsa, ushbu Farmon bilan 2012 yilning ikkinchi choragidan boshlab, xorijiy investitsiyalar uchun imtiyozlar 20 ta yo‘nalishdagi iqtisodiyot tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarga tatbiq etiladigan bo‘ldi.

2.2 Budjet xarajatlari tarkibi va miqdorining o‘zgarishini budjetsoliq siyosatiga ta’siri

Budjet siyosatining mazmuni aksariyat hollarda budjet xarajatlari va uning tarkibiy tuzilmasi orqali namoyon bo‘ladi. Shu munosabat bilan bu o‘rinda budjet xarajatlarining mazmun-mohiyati, tarkibi, tuzilmasi va klassifikatsiyasi to‘g‘risida aniq tushunchaga ega bo‘lish lozim. Davlatning o‘z funktsiyalari va vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq ravishda yuzaga kelgan chiqimlar budjet xarajatlari deyiladi. 38 Budjet xarajatlari davlatning asosiy funktsiyalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Davlatning funktsiyalari sifatida ijtimoiy sohalarni moliyaviy ta’minlash, iqtisodiyotning barqaror o‘sishiga ta’sir etish, davlat boshqaruvi, mudofaa, tartibni saqlash, ekologiyani tartibga solish kabi yo‘nalishlardan iborat. Davlat budjeti xarajatlari tarkibi “Budjet tizimi to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra belgilangan. Funktsional nuqtai-nazardan budjet xarajatlarining klassifikatsiya qilinishi ijtimoiy faoliyat sohalariga pul mablag‘larining yo‘naltirilganligini aks ettiradi. Buni 2.2-rasm ma’lumotlarida ko‘rish mumkin. Budjet xarajatlarining tarmoq belgisi bo‘yicha guruhlarga ajratishning asosiga milliy iqtisodiyot (xo‘jalik)ning umume’tirof etilgan tarmoqlarga bo‘linishi qabul qilingan.

2.2-rasm. Budjet xarajatlarining asosiy yo‘nalishlari

Shunga muvofiq ravishda budjet xarajatlari sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport, aloqa, maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot, davlat boshqaruvi, mudofaa va h.k. xarajatlariga bo‘linishi mumkin.(2.3-rasm)

Budjet xarajatlarining budjet tizimi bo‘g‘inlari darajasiga ko‘ra yo‘nalishlari 2.4-rasmda aks ettirilgan. Umumdavlat ahamiyatiga ega xarajatlar

respublika budjetidan moliyalashtiriladi. Mahalliy ahamiyatga ega xarajatlar hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari asosida mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladi. Budjetda daromadlarni xarajatlarning konkret turlari va yo‘nalishlari bo‘yicha biriktirilishi printsipi bo‘lmaganligi uchun bu erda budjet resurslari bilan keng manyovr qilish va shunga muvofiq ravishda davlatning ixtiyoriga kelib tushuvchi pul mablag‘lari har qanday zaruriy yo‘nalishda foydalanilishi mumkin. Budjet xarajatlarining tarkibi va uning tuzilmasi davlatning tabiatiga, u tomonidan bajarilayotgan funktsiyalarga, milliy xo‘jalikning ehtiyojlariga


2.4-rasm. Budjet xarajatlarining budjet bo‘g‘inlari o‘rtasida taqsimlanishi


bog‘liq hamda budjet mexanizmi orqali ishlab chiqarish va iste’molning ba’zi

bir omillariga davlatning ta’sirchanligini ta’minlash kabilar bilan belgilanadi.

Budjet xarajatlarining tarkibi va uning tuzilmasi davlatning tabiatiga, u tomonidan bajarilayotgan funktsiyalarga, milliy xo‘jalikning ehtiyojlariga bog‘liq hamda budjet mexanizmi orqali ishlab chiqarish va iste’molning ba’zi bir omillariga davlatning ta’sirchanligini ta’minlash kabilar bilan belgilanadi. Quyida keltirilgan 2.9-jadvalda biz O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining xarajatlari tizimini ko‘rishimiz mumkin. Ushbu xarajatlar 2011 yilda 59,5 foizni 2012 yilda 58,0 foizni, 2013 yilda 59,2 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2014 yilda 59,5 foizni tashkil etishi rejalashtirilgan. Jumladan, ta’lim xarajatlari 2011 yilda 34,7 foizni 2012 yilda 33,5 foizni, 2013 yilda 34,1 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2014 yilda 34,0 foizni, 2014 yilda 33,65 foizni tashkil etishi rejalashtirilgan.

Sog‘liqni saqlash xarajatlari 2011 yilda 13,1 foizni 2012 yilda 13,1 foizni,

2013 yilda 14,3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2014 yilda 14,2 foizni, 2015 yilda 14,15 foizni tashkil etishi rejalashtirilgan. Madaniyat va sport xarajatlari 2011,

2012 yillarda 1,1 foizni, 2013 yilda 1,0 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2015 yilda 1,1

foizni tashkil etishi rejalashtirilgan. Fan xarajatlari 2011, 2012 yilllarda 0,7 foizni, 2013 yilda ham 0,7 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2015 yilda 0,6 foizni tashkil etishi rejalashtirilgan. Ijtimoiy ta’minot xarajatlari o‘zgarmas tendentsiyaga ega ya’ni, 2011, 2012, 2013 yillarda 0,4 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2014 yilda ham 0,4 foizni tashkil etishi rejalashtirilgan. Oilalarga ijtimoiy nafaqalar (shu jumladan, bolali onalarga) xarajatlari 2011 yilda 9,3 foizni 2012 yilda 8,8 foizni, 2013 yilda 7,0 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2015 yilda 6,0 foizni tashkil etishi rejalashtirilgan.

Iqtisodiyot xarajatlari 2011 yilda 11,5 foizni, 2012 yilda 11,0 foizni, 2013

yil 10,6 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2014 yilda 10,7 foizni, 2015 yilda 10,7 foizni

tashkil etishi rejalashtirilgan. Markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari 2011 yilda 5,6 foizni, 2012 yilda 4,9 foizni, 2013 yil 4,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2014 yilda 4,8 foizni, 2015 yilda 4,74 foizni tashkil etishi rejalashtirilgan. Davlat hokimiyati, boshqaruv va sud organlarini saqlash xarajatlari 2011 yilda 2,8 foizni, 2012 yilda 2,9 foizni, 2013 yil 3,1 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2015 yilda 3,2 foizni tashkil etishi rejalashtirilgan. Fuqarolarni o‘z-o‘zini boshqarish organlarini saqlash xarajatlari 2011 yilda 0,9 foizni, 2012 yilda 0,9 foizni, 2013 yil 1,1 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2015 yilda ham 1,1 foizni tashkil etishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan quyidagi xarajatlar

amalga oshiriladi:

1) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari;

2) davlat grantlari, subsidiyalar va ijtimoiy buyurtma shaklida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash xarajatlari;

3) iqtisodiyot xarajatlari;

4) respublika vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari buyurtmachi bo‘lgan markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari;



XULOSA

2020 - yil uchun huddularni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan soliq-byudjet siyosatining asosiy yo`nalishlari va byudjet loyihasi mamlakatni yangilash va modernizatsiya qilishga, makroiqtisodiy barqarorlikni ta`minlashga, barqaror yuqori iqtisodiy o`sish sur`atlariga erishiga, iqtisodiyot va jamitya ijtimoiy hayotini muvozanatli rivojlantirishga, aholining farovonligi va turmush darajasini oshirishga yo`naltirilgan mamlakatda yuritilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat doiraisda ishlab chiqilgan. Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, respublikamizda soliq siyosati davlatning maxsus vakolatli organlari tomonidan ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Soliqlar bo`yicha har bir hokimiyat organi maxsus vakolatlarga ega bo`lib, ularning har biri o`z faoliyatlarini samarali olib borishda ushbu vakolatlardan foydalanadi. Bunda vakolatli organlar sifatida barcha hokimiyat organlari, jumladan, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari birgalikda faoliyat ko`rsatadi va unda Davlat soliq qo`mitasi soliq siyosatini amaliyotga joriy etishda muhim ahamiyatga ega bo`lgan vazifalarni bajaradi. Byudjet daromadlarini shakllantirishda yana bir muammo soliqlarni to’g’ri hisoblanmasligidir. Bu muammolarni hal etishda soliq nazorati va xorij tajribasidan foydalangan holda amaliyotga tatbiq etilayotgan soliq maslahatining ahamiyatini kuchaytirish lozim. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat byudjeti nafaqat xarajatlari orqali, balki daromadlarini shakllantirish jaryonida ham iqtisodiyotni boshqaradi va tartibga soladi. Bunday holat birinchidan, soliq yukini kamaytirish orqali yuridik va jismoniy shaxslarga iqtisodiyotni rivojlantirishga o`z hissalarini qo`shishlariga imkoniyatlar berishdan iborat bo`lsa, ikkinchidan soliq stavkalarini kamaytirish orqali soliq to`lovchilar va soliq ob`ektlarini ko`paytirishni yuzaga keltiradi, uchinichdan esa soliqdan imtiyozlar berish orqali iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etish, davlat ahamiyatiga ega bo`lgan sohalarni rivojlantirishga sabab bo`ladi.




Download 404,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish