Poezdlarning o’ta jadal harakati
(особо интенсивное движение поездов). Grafik
bo’yicha yo’lovchi va yuk poezdlarining harakatlari (jami) miqdori bo’lib, ikki yo’lli
uchastkalarda bir kecha-kunduzda 100 juftdan va bir yo’lli uchastkalarda 48 juftdan ortiqroq
miqdorga to’g’ri keladi.
Alohida yo’l belgilari
(особые путевые знаки). Temir yo’l uchun ajratilgan joy
chegaralari, strelka raqami ko’rsatkichi, yo’lovchi binosining o’qi belgisi, tarmoq yo’l
binolaridagi belgilar, aylana egrilarining boshi va oxiri reperlari, shuningdek, o’tish egrilarining
boshi, o’rtasi va oxiri reperlari, tuproq ko’tarmaning ko’rinmaydigan qurilmalari, suvning eng
yuqori gorizonti va to’lqinning maksimal balandligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |