O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


uchastkalari bo’ylab differensiallashgan (turli xil) tezliklar o‘rnatiladi



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/119
Sana02.01.2022
Hajmi0,79 Mb.
#311727
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   119
Bog'liq
PTE uz

uchastkalari bo’ylab differensiallashgan (turli xil) tezliklar o‘rnatiladi. 

(12  bandning  2-xatboshi  «O’zdavtemiryo’lnazorat»  DI  boshlig'ining  2011  yil  15  iyul 

150-son buyrug’iga muvofiq o'zgartirildi).    

Inshoot  va  qurilmalar  konstruksiyalariga  o’zgartirishlar  kiritish  ushbu  inshoot  va 

qurilmalarning  loyiha  hujjatlarini  tasdiqlash  xuquqiga  ega  bo’lgan  mansabdor  shaxslarning 

ruxsati bilangina amalga oshiriladi. 

Asosiy  inshoot  va  qurilmalarning  tasniflanishi,  davriy  ta’mirlash  muddati  va  saqlash 

me’yorlari DATK boshqaruvi raisi, O’zbekiston Respublikasi vazirlik va idoralari rahbarlarining 

tegishli qaror va farmoyishlari bilan o‘rnatiladi. 

Inshoot  va  qurilmalarga  texnik  xizmat  ko’rsatish,  ularni  ta’mirlash  va  saqlash  bo’yicha 

ko’rsatma  va  namunaviy  texnologik  jarayonlar  yo’l  xo’jaligi  boshqarmasi,  aloqa  va 

signallashtirish  markazi,  elektr  ta’minoti  markazi,  lokomotivlardan  foydalanish  boshqarmasi 

hamda  ta’mirlash-foydalanish  korxonalari  tomonidan  tasdiqlanadi,  «O’zdavtemiryo’lnazorat» 

bilan kelishiladi. 



13.

  Yangidan  qurilgan  va  qayta  qurilgan  liniya,  inshoot,  qurilma  va  binolar  Qurib 

bitkazilgan  temir  yo’l  transporti  ob’ektlarini  foydalanishga  topshirish  qoidalariga  binoan  qabul 

qilish  hay’ati  tomonidan  «O’zdavtemiryo’lnazorat»  ishtirokida  doimiy  foydalanishga  qabul 

qilinishi kerak. 

Yangidan  qurilgan  va  qayta  qurilgan  inshoot  va  qurilmalar  ularning  ish  tartibini 

belgilovchi, harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasini ta’minlovchi hujjatlar (texnik-boshqaruv 

aktlar,  ish  bo’yicha  yo’riqnomalar)  tasdiqlangandan  keyin  hamda  bu  qurilma  va  inshootlarga 

xizmat  ko’rsatuvchi  xodimlarning  qayd  qilingan  hujjatlarni  bilishlari  tekshirilganidan  so’ng 

foydalanishga topshiriladi. 



14.

  Temir  yo’l  umumiy  tizimi  va  shahobcha  yo’llarining  yondashish  stansiyalaridan 

ishlab  chiqarish  va  transport  korxonalari  hududlarigacha  joylashgan  inshoot  va  qurilmalari 

O’zbekiston  Respublikasi  Davlat  standarti  tomonidan  belgilangan  S  -  qurilishlarning 

yaqinlashish gabaritlari talablariga javob berishi kerak.  



 

Zavod,  fabrika,  ustaxonalar,  depo,  dengiz  va  daryo  portlari,  shaxtalar,  yuk  rayonlari, 



baza, omborlar, karyer, elektrstansiyalar va boshqa sanoat va transport korxonalari hududida va 

ular  orasida  joylashgan  inshoot  va  qurilmalar  ham  O’zbekiston  Respublikasi  Davlat  standarti 

tomonidan  belgilangan  Sp  -  qurilishlarning  yaqinlashish  gabaritlari  talablariga  javob  berishi 

kerak.  


Temir  yo’llar,  shahobcha  yo’llar  va  ulardagi  inshoot  va  qurilmalarni  loyihalashtirish, 

qurish va qayta qurishda, ikkinchi yo’llarni elektrlashtirish va qurishda, shuningdek, ko’rsatilgan 

gabaritlarga  tenglashtirilgan  foydalanishdagi  qurilmalarda  S  va  Sp  gabaritlariga  rioya  qilish 

kerak.  Temir  yo’llar,  qurilma  va  inshootlarni  yangidan  qurish  va  qayta  qurishda  S  va  Sp 

gabaritlarni  qo’llash  xususiyatlari,  S  va  Sp  gabaritlari  talablariga  javob  bermaydigan  va  eski 

me’yor bo’yicha qurilgan amaldagi qurilma va inshootlarga bo’lgan talablar, qurilma va inshoot 

gabaritlarini  tekshirish  va  nogabarit  joylarni  yo’qotish  tartiblari  Qurilishlarning  yaqinlashish 

gabaritlarini qo’llash yo’riqnomasida ko’zda tutilgan. 

S,  Sp  gabaritlari  talablariga  javob  bermaydigan  amaldagi  inshoot  va  qurilmalarni  qayta 

qurishni  loyihalashtirishda,  birinchi  navbatda  Tpr  va  Ts  gabaritli  istiqbolli  harakat  tarkiblarini, 

shuningdek,  zonal  gabarit  bo’yicha  ortilgan  yuklarning  o’tishini  ta’minlamaydigan  ob’ektlarni 

hisobga olish kerak.  

Ta’mirlash,  qurilish  va  boshqa  xil  ishlarni  amalga  oshirishda  inshoot  va  qurilmalarning 

gabaritlarini buzish man etiladi. 



15.

  Ikki  yo’lli  liniyalarning  peregonlaridagi  yo’l  o’qlari  orasidagi  masofa  to’g’ri 

uchastkalarda 4100 mm dan kam bo’lmasligi kerak.  

Uch  yo’lli  va  to’rt  yo’lli  liniyalarning  to’g’ri  uchastkalarida  ikkkinchi  va  uchinchi 

yo’llarning yo’l o’qlari orasidagi masofa 5000 mm dan kam bo’lmasligi kerak.  

Stansiyalarda to’g’ri uchastkalarda qo’shni yo’llarning yo’l o’qlari orasidagi masofa 4800 

mm  dan,  ikkinchi  darajali  yo’llar  va  yuk  rayonlari  yo’llarida  4500  mm  dan  kam  bo’lmasligi 

kerak.  Stansiyalarda  asosiy  yo’llar  chetda  joylashganida  DATK  boshqaruvi  raisi  ruxsati  bilan 

ular orasidagi masofa 4100 mm bo’lishiga yo’l qo’yiladi. 

 Bevosita  yuklarni vagondan vagonga ortish uchun qo’llaniladigan  yo’llarda  yo’l o’qlari 

orasidagi masofa 3600 mm bo’lishiga yo’l qo’yiladi. 

Peregon va stansiyalarda egri uchastkalarda qo’shni yo’llar o’qlari orasidagi hamda yo’l 

o’qi  va  qurilishlarning  yaqinlashish  gabaritlari  orasidagi  gorizontal  masofa  Qurilishlarning 

yaqinlashish gabaritlarini qo’llash yo’riqnomasi bilan o‘rnatiladi. 



16.

  Ochiq  harakat  tarkibiga  ortilgan  yuk  (o’rash  va  mahkamlashni  hisobga  olib) 

belgilangan ortish gabaritlari chegarasida joylashishi kerak.  

Ochiq  harakat  tarkibida  ortish  gabaritlari  chegarasida  joylashtirib  bo’lmaydigan  yuklar, 

respublika hududida DATK tomonidan belgilangan tartibda tashiladi. 

Yoppasiga  ortish  joylarida  (shahobcha  yo’llar,  qayta  ortish  stansiyalarida)  belgilangan 

gabaritlar  chegarasida  yuklarning  to’g’ri  joylashganini  tekshirish  uchun  gabarit  darvozalari 

o’rnatiladi. 

Tushirilgan  yoki  ortishga  tayyorlab  yo’l  chetiga  joylashtirib  qo’yilgan  yuklar 

qurilishlarning  yaqinlashish  gabaritlarini  buzmaydigan  qilib  tahlangan  va  mahkamlangan 

bo’lishi kerak. 

Balandligi  1200  mm  gacha  bo’lgan  yuklar  (yo’l  ishlari  uchun  to’kiladigan  ballastdan 

tashqari)  chekka  rels  kallagi  tashqi  chegarasidan  kamida  2,0  m  masofada,  balandligi  bundan 

katta yuklar esa kamida 2,5 m masofada joylashishi kerak.  

 


Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish