O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/119
Sana02.01.2022
Hajmi0,79 Mb.
#311727
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   119
Bog'liq
PTE uz

3 BO'LIM. HARAKAT TARKIBI 

 

9-bob. Umumiy talablar 

 

141.  Harakat  tarkibi  o’z  vaqtida  ta’mirlashning  rejaviy-ogohlantirish  turlaridan, 



texnik  xizmatlardan  o’tishi  va  uning  to’xtovsiz  ishlashini,  harakat  xavfsizligi,  mehnat 

muhofazasi  talablarini  bajarishni  ta’minlovchi  foydalanishdagi  soz  holatda  saqlanishi 

kerak. 

Harakat tarkibida nosozliklar paydo bo’lishining oldini olish va uning xizmat qilish 

muddatlarini  ta’minlash,  harakat  tarkibiga  xizmat  ko’rsatuvchi  va  ta’mirlovchi  shaxslar 

ishida asosiy vazifa bo’lishi kerak.

 SMV aravachalaridagi yo’lovchi vagonlar peozdlarda ko’pi 

bilan 120 km/soat tezlikda harakat qilishi mumkin. 

Yo’lovchi  poezdlarda  140  km/soat  dan  ortiq  tezlik  bilan  harakatlanuvchi  harakat 

tarkibiga bo’lgan qo’shimcha talablar DATK ning tegishli yo’riqnomasi bilan o‘rnatiladi. 

142.

 Yangi qurilayotgan harakat tarkibining turlari va asosiy tavsiflari DATK tomonidan 

belgilangan tartibda tasdiqlanadi. 

YAngi  qurilayotgan harakat  tarkibi uchun texnik vazifa ijrochi  tomonidan DATK bilan, 

uzel  va  detallarning  chizmalari  hamda  texnik  shartlari  –  DATK  tegishli  soha  xo’jaliklari  bilan 

kelishilgan holda tasdiqlanadi. 



143.

  Mustahkamlik,  barqarorlik  va  texnik  holati  bo’yicha  barcha  elementlar  DATK 

tomonidan belgilangan eng katta tezliklarda poezdlarning silliq va xavfsiz harakatini ta’minlashi 

kerak. 


Yangi  qurilayotgan  vagonlar,  tegishli  toifadagi  poezdlarga  xizmat  ko’rsatish  uchun 

mo’ljallangan  eng  katta  konstruksion  tezlikka  ega  istiqbolli  lokomotivlarning  ko’zda  tutilgan 

silliq va xavfsiz harakatlanishini ta’minlashi kerak. 

O’tish  maydonchalari  bo’lmagan  vagonlar  maxsus  zinacha  va  tutqichlarga  ega  bo’lishi 

kerak. 

144.

  Foydalanishga  tushirilgan  harakat  tarkibining  asosiy  uzellari  konstruksiyasiga 

o’zgartirishlar  kiritish  DATK  tegishli  Markaz,  boshqarma  va  korxonalari  ruxsati  bilan  amalga 

oshiriladi. 



145.

  Harakat  tarkibi  O’zbekiston  Respublikasi  Davlat  standarti  belgilagan  va 

Davlatlararo  texnik  qo’mita  bilan  belgilangan  tartibda  kelishilgan  harakat  tarkibi  gabaritlari 

talablariga javob berishi kerak. 




34 

 

146.

  Yangi  qurilgan,  shuningdek,  tub  ta’mirdan  o’tgan  harakat  tarkibi,  temir  yo’lga 

topshirilishdan avval, DATK belgilagan tartibda sinovdan o’tishi va etkazib beruvchi zavoddan 

qabul qilinib olinishi kerak. 

147.

  Harakat  tarkibining  har  bir  birligi  quyidagi  aniq  farqlash  belgi  va  yozuvlarga  ega 

bo’lishi  kerak:  Davlat  gerbi  (lokomotiv  va  yo’lovchi  vagonlarda,  yuk  vagonlarida  «DATK» 

belgisi), kompaniya initsiallari  (vagonlardan tashqari), nomer (yo’lovchi  vagonlar uchun vagon 

biriktirilgan  yo’lning  kodini  o’z  ichiga  oladi),  qurilgan  vaqti  va  joyi  ko’rsatilgan  ishlab 

chiqaruvchi zavod yozuvi, belgilangan ta’mir turlari amalga oshirilgan joy va sana, tara og’irligi 

(lokomotivlardan  tashqari).  Bundan  tashqari,  quyidagi  yozuvlar  bo’lishi  kerak:  lokomotiv  va 

motorvagon  harakat  tarkiblarida  –  konstruksion  tezligi,  seriyasi,  u  biriktirilgan  depo  nomi, 

rezervuar, nazorat moslamalari va qozonlarning tekshirib ko’rilgani xaqida yozuvlar:  yo’lovchi 

vagonlar  va  motorvagon  harakat  tarkibida  –  joylar  soni;  yuk  vagonlarida  –  yuk  ko’tarish 

qobiliyati. 

Harakat  tarkibida  boshqa  yozuvlar  va  belgilar  DATK  tomonidan  belgilangan  tartibda 

amalga oshiriladi. 

148.

  Har  bir  lokomotiv,  vagon  va  motorvagon  hamda  o’ziyurar  harakat  tarkibi  birligi 

uchun  muhim  texnik  va  foydalanish  tavsiflarini  o’z  ichiga  olgan  texnik  pasportlar  yuritilishi 

kerak. 


149.

  Lokomotiv  va  motorvagon  harakat  tarkibi  radiostansiya,  DATK  tomonidan 

belgilangan ko’rsatmalarni qayd qiluvchi tezlik o’lchagich, avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi, 

shuningdek  DATK  tomonidan  belgilangan  tartib  va  ro’yxatga  binoan  boshqa  xavfsizlik 

qurilmalari bilan jihozlanishi kerak. 

Yo’lovchi  lokomotivlar  elektr  pnevmatik  tormozni  boshqarish  qurilmalari  bilan,  yuk 

poezdlari lokomotivlari esa tormoz magistrali butligi nazorati qurilmasi bilan jihozlanishi kerak. 

Bir  mashinist  bilan  boshqarilganda  poezd  lokomotivlari  DATK  tomonidan  tasdiqlangan 

quyidagi vosita va qurilmalar bilan jihozlanishi kerak: 

poezd  tormozlanishini  avtomatik  boshqaruv  tizimi  yoki  xavfsizlik  lokomotiv  kompleks 

qurilmasi bilan, shuningdek, mashinist hushyorligini nazorati tizimi bilan jihozlanishi kerak; 

orqa ko’rinish oynaklari bilan; 

teplovozlar – o’t o’chirish tizimi bilan; 

tormoz blokirovkasi bilan. 

Motorvagon  poezdlari  o’tish  svetoforlari,  pereezd  va  stansiyalarga  yaqinlashganda  nutq 

axboroti  tizimi  va  harakat  tezligini  nazorat  qilishni  ta’minlovchi  avtomatik  yurish  tizimi  bilan, 

«yo’lovchi-mashinist»  aloqasi,  eshiklar  berkilishi  nazorati  signalizatsiyasi,  o’t  o’chirish 

avtomatik signalizatsiyasi bilan jihozlanadi. 

Manyovr lokomotivlari mashinist kabinasidan vagonlarni ajratuvchi qurilmalar bilan, bir 

mashinist xizmat ko’rsatadigan lokomotivlar esa, bundan tashqari ikkinchi boshqaruv pulti, orqa 

ko’rinish  oynaklari  va  mashinistning  lokomotivni  boshqarish  qobiliyatini  to’satdan  yo’qotgan 

vaqtida avtomatik to’xtash qurilmalari bilan  jihozlanishi kerak. 



150.

  Maxsus  harakat  tarkibi  va  olib  qo’yiladigan  qo’zg’aluvchan  birliklarga  bo’lgan 

texnik talablar, shuningdek, ularga texnik xizmat ko’rsatish, ta’mirlash va foydalanish tartiblari 

DATK tomonidan o‘rnatiladi. 



151.

 Kompaniya yo’llariga chiquvchi boshqa muassasa, korxona va tashkilotlarga tegishli 

lokomotiv  va  vagonlar  ushbu  Qoidalar  talablariga  muvofiq  bo’lishi  kerak.  Bunday  harakat 

tarkibining kompaniya yo’llaridagi harakatlanish tartibi DATK tomonidan o‘rnatiladi. 



(151 band "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2012 yil 30 mart 70 son buyrug'iga 

muvofiq o'zgartirildi).

 

 




Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish