O‘zbekiston respublikasi temir yo‘l transportida yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida



Download 35,03 Kb.
bet4/6
Sana16.04.2023
Hajmi35,03 Kb.
#928936
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8-mavzu

tashish hujjatlari — yo‘lovchilar, bagaj, yuk bagaj va harakatdagi tarkibni tashishlar rasmiylashtiriladigan hujjatlar (yuk hujjatlari (nakladnoy), yo‘l vedomosti, jo‘natish yuk hujjatlari, jo‘natish vedomosti, chipta, bagaj kvitansiyasi, yuk bagaj kvitansiyasi);
chiptaning to‘liq qiymati — poyezdda yurish qiymati (chipta va platskarta qiymati), shuningdek chiptani rasmiylashtirishda ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lov;
shaharlararo chipta — shaharlararo yo‘lovchi tashish poyezdida chiptada ko‘rsatilgan stansiyalar (hududlar) orasida harakatlanish huquqini beradigan belgilangan manzilgacha bir marotaba poyezdda yurish, borish va kelish uchun chipta;
chiptani zaxiraga qo‘yish (band qilish) — yo‘lovchi tashish poyezdlarida joylarni taqdim qilish bo‘yicha yo‘lovchilar buyurtmalarini rasmiylashtirishning avtomatlashtirilgan texnologik jarayoni va elektron tizimlar yordamida chiptalarni rasmiylashtirish;
qo‘l yuki — o‘z o‘lchamlari va vazniga ko‘ra (uchta o‘lchovi yig‘indisi bo‘yicha 180 sm dan, qoidaga ko‘ra vazni 36 kg dan, ikki yotoq o‘rinli vagonlar uchun esa — 50 kg dan oshmaydigan bo‘lishi kerak) o‘ram turi va xilidan qat’i nazar, yengil ko‘tarib yuriladigan, yo‘lovchi vagonlarida ularni joylashtirish uchun mo‘ljallangan joylarga qiyinchiliksiz joylashtiriladigan yuklar va buyumlar;
chipta qiymati — yo‘nalish bo‘yicha yo‘lovchi tashiganlik uchun hisoblangan to‘lovlar summasi sifatida belgilanadigan chiptaning to‘liq qiymatidan bir qismi;
platskarta qiymati — yo‘lovchi tashishning umumiy masofasi uchun belgilanadigan hamda vagondan foydalanish va yo‘lovchiga yo‘nalish davrida xizmat ko‘rsatganlik uchun o‘z ichiga oladigan chiptaning to‘liq qiymatidan bir qismi.
Mazkur Qoidalarda foydalaniladigan boshqa tushunchalar, temir yo‘l transporti to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan mazmunlarda qo‘llaniladi.
II bob. Yo‘lovchilarni tashish
§ 1. Chiptalar sotishni tashkil etish va chipta kassalari ishlari
12. Chipta kassalari sutkasiga 50 ta va undan ortiq chiptalar sotiladigan barcha stansiya va to‘xtash punktlarida ochilgan bo‘lishi kerak. Sutkasiga 50 tadan kam chiptalar sotishda — chiptalarni sotish tashuvchi tomonidan mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda tashkil etiladi.
13. Yirik temir yo‘l uzellaridagi temir yo‘l tarmog‘ida chiptalar sotish avtomatlashtirilgan chipta sotish tizimi yordamida amalga oshiriladi. U mavjud bo‘lmagan joylarda, chipta sotish, qoidaga ko‘ra, jo‘nashni kutib turgan yo‘lovchilar mavjud bo‘lganda yo‘lovchi tashish poyezdlarining bo‘sh o‘rinlar bilan jo‘natilishi hollariga yo‘l qo‘ymasdan, yo‘lovchi tashish poyezdlaridagi mavjud o‘rinlar hisobini aniqlash va chiptalar sotish bo‘yicha xizmatlarni keng miqyosda rivojlantirish imkonini beruvchi yo‘lovchi tashish poyezdlarida joylarni taqsimlashni markazlashtirilgan boshqaruv asosida tashkil etiladi.
14. Chipta kassalari tomonidan yo‘lovchilarga quyidagi xizmatlar ko‘rsatiladi: yo‘lovchi tashish poyezdlariga chiptalar sotish, imkoniyat darajasida orqaga qaytish va boshqa stansiyadan ketish uchun chiptalar sotish; o‘tish punktlarida tranzit yo‘lovchi tashish poyezdlariga chiptalarni rasmiylashtirish bo‘yicha buyurtmalarni qabul qilish. Chiptalarga buyurtmalar aloqa vositalari orqali yoki shaxsan hozir bo‘lganda qabul qilinadi. Tashuvchi tomonidan Qo‘shimcha ishlar va xizmatlar ro‘yxatiga muvofiq tariflar bilan belgilangan qo‘shimcha to‘lov hisobiga chiptalar, buyurtma tushgan vaqtdan boshlab bir sutka mobaynida buyurtmachi joylashgan joyga yetkazilishi mumkin.
15. Chiptalar sotishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan jihozlanmagan kassalarda chiptalar sotish, yo‘lovchi tashish poyezd jo‘nashiga qadar quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
a) oldindan sotish — chiptalarni sotish avtomatlashtirilgan tizimidan foydalanish texnologik jarayoniga muvofiq tashuvchi tomonidan belgilangan, lekin chiptada ko‘rsatilgan jo‘nash stansiyasidan yo‘lovchi tashish poyezdining jo‘nab ketishidan 45 sutkadan oshmagan muddatlarda;
b) yo‘lovchilardan “borish”ga, “kelish”ga, boshqa stansiyadan ketishga, uyga yetkazib berishga buyurtmalar, korxona va tashkilotlar buyurtmalarini qabul qilish — chiptalarni sotish avtomatlashtirilgan tizimidan foydalanish texnologik jarayoniga muvofiq tashuvchi tomonidan belgilangan, lekin yo‘lovchi tashish poyezdlarida bo‘sh joylar mavjud bo‘lganda, yo‘lovchi tashish poyezdining jo‘nashidan 5 sutkadan kam bo‘lmagan muddatlarda. Chiptalarni sotishning tugash vaqti chiptalarni sotish avtomatlashtirilgan tizimidan foydalanish texnologik jarayoni bilan aniqlanadi va bu ma’lumot yo‘lovchilar e’tiboriga yetkaziladi.
Temir yo‘l chiptalarini sotishi markazlashtirilgan boshqaruvi amalga oshiriladigan uchastkalarda, oraliq stansiyalarida, tranzit yo‘lovchi tashish poyezdlari joylariga chiptalar sotilishi va buyurtmalar qabul qilinishi chiptalarni sotish avtomatlashtirilgan tizimidan foydalanish texnologik jarayoniga muvofiq to‘xtatiladi.
Ichki temir yo‘l aloqalarida qatnashga chiptalar sotish uchun ochiq stansiya va to‘xtash punktlarida, yo‘lovchi tashish poyezdlarining yo‘nalishlarida joylashgan, to‘xtab turish mavjud bo‘lgan barcha stansiyalargacha chiptalar sotilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Yo‘lovchi oqimi hajmi va xususiyatiga ko‘ra vokzallarda bolali yo‘lovchilar, harbiy xizmatchilar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar, yo‘llanma bo‘yicha ketayotgan yo‘lovchilar (yoz mavsumida), ta’til berilgan davrida — temir yo‘lchilar va talabalar uchun ixtisoslashtirilgan chipta kassalari ajratiladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
17. Shaharlararo qatnovchi poyezdlarga chiptalar sotish kassalari hamda ichki temir yo‘l yo‘nalishlarida qatnovchi yo‘lovchi tashish poyezdlariga chipta sotish kassalari ish vaqti tashuvchi tomonidan mahalliy sharoitlarni va shaharlararo qatnovchi yo‘lovchi tashish poyezdlari jadvallarini hisobga olgan holda belgilanadi.
18. Tashuvchining xodimi yo‘lovchilar, bagaj, yuk bagaji jo‘natuvchilari va qabul qiluvchilariga nisbatan xushmuomalali va iltifotli bo‘lishi, ularga g‘amxo‘rlik va e’tibor ko‘rsatishi, temir yo‘l transporti xodimlaridan qay birining aybi bilan sodir etilganidan qat’i nazar, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishda yo‘l qo‘ygan nuqsonlarni bartaraf etish choralarini ko‘rishlari kerak.
Tashuvchi quyidagi axborotlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bilan yo‘lovchilar, yuk jo‘natuvchilar, yuk qabul qiluvchilarni o‘z vaqtida va ishonchli ta’minlashi kerak:
a) ish va xizmatlar ro‘yxati, ularning qiymati;
b) yo‘lovchi tashish poyezdlarining jo‘nash va kelish vaqtlari;
v) yo‘lovchi chiptasining to‘liq qiymati, ortiqcha qo‘l yukini tashish, shuningdek bagaj va yuk bagajini tashish qiymatlari;
g) chiptalarni sotish muddatlari;
d) yo‘lovchi tashish poyezdlarida tashish taqiqlangan va chegaralangan xavfli moddalar va buyumlar ro‘yxati;
e) chipta va bagaj kassalari, tovar idoralari, yuk saqlash xonalarining ish vaqti;
j) yo‘nalish bo‘yicha borish yo‘lida qayta ortishsiz bagajni ko‘zda tutilgan stansiyaga yetib kelish vaqti;
z) vokzal xonalari, temir yo‘l stansiyalari umumiy foydalanish joylari, qo‘l yukini tarozida bepul tortish joylarining joylashishi;
i) uzoq muddat dam olish xonalari hamda ona va bola xonalarida joy berish tartibi;
k) qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlar va afzalliklar beriladigan fuqarolar toifalari ro‘yxati;
l) majburiy va ixtiyoriy sug‘urtalash tartibi;
m) yuqori darajadagi qulaylik vagonlarida harakatlanish uchun chiptaning to‘liq qiymatiga kiruvchi qo‘shimcha ishlar va xizmatlar ro‘yxati;
n) da’volarni qabul qilishga vakolatlangan tashuvchi rahbariyatining nomi va yuridik manzili.
Ko‘rsatilgan ma’lumotlar yo‘lovchilar, bagaj, yuk bagaj jo‘natuvchilar va qabul qiluvchilar, yuk jo‘natuvchilar, yuk qabul qiluvchilarga temir yo‘l stansiyalari, temir yo‘l vokzallari, poyezdlar va boshqa xizmat ko‘rsatish joylarida davlat tilida, shuningdek mahalliy aholi manfaatlaridan kelib chiqqan holda boshqa tillarda ham taqdim qilinishi mumkin (qulay va ko‘rinarli joylarda), bunday sharoit bo‘lmagan taqdirda, foydalanuvchilarning birinchi talabiga binoan taqdim qilinishi kerak.
Ushbu ishlarni tashkil etish uchun avtomatlashtirilgan tizimlar, turli xildagi informatsiya tashuvchilar, bepul ma’lumotlar byurosi, baland so‘zlashuvchi aloqa va yo‘lovchilarni xabardor qilishning boshqa vositalaridan foydalaniladi.
Tashuvchi temir yo‘l transporti xizmatlari foydalanuvchilari so‘rovlariga binoan mazkur Qoidalarni tanishish uchun taqdim qilishi shart. Yo‘lovchilar shuningdek, temir yo‘l transporti korxona va tashkilotlari ishlari haqidagi boshqa zarur ma’lumotlar bilan ta’minlanishi kerak.
19. Vokzal xonalarida, shuningdek yo‘lovchilarni o‘tqazish va tushirish uchun mo‘ljallangan perron va platformalarda, kino va foto suratga tushirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Download 35,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish