O’zbekiston respublikasi tashqi ishlar vazirligi



Download 165 Kb.
bet5/9
Sana17.07.2021
Hajmi165 Kb.
#122000
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
chiqaramiz1

Xitoyning harbiy-dengiz strategiyasi

Quruqlikdagi kuchlar islohotidan farqli tarzda Xitoy harbiy-dengiz kuchlari islohoti uchun boshqa sxemani qo’llaydi. Birinchi davr (2020-yilgacha) keng harakat radiusiga ega raketa quroli bilan qurollangan harbiy kemalarni va bortida yadro quroli bo’lgan atom suv osti qayiqlarini ko’paytirishni nazarda tutadi. Ikkinchi davr (2021-2040-yillar) esa Tinch okeanining g’arbiy qismida Xitoyni eng yirik kuchga aylantiradigan ikki yoki uch avianosesning qurilishini taqozo qiladi. 2050-yildan boshlab Xitoyning harbiy-dengiz qudrati AQSHniki bilan teng darajaga yetadi10.

2010-yilga qadar Tayvan qo’ltig’I rayonida ustunlik Taybeydan Pekinga o’tadi va bu Tayvan muammosining harbiy yo’l bilan yechilishi ehtimolini oshiradi. Shu bilan bir vaqtda Xitoyning harbiy-siyosiy ambitsiyasi va uning real imkoniyatlari o’rtasida istiqboldagi uzilish yiriklashadi, chunki armiya va mudofaa sanoati yechimi Xitoyni favqulotda choralar qabul qilishga majbur qiladigan mutloq yangi muammolar bilan to’qnashmoqda. Lekin qo’shni mamlakatlar o’zlarining xavfsizlik sohasidagi uzoq muddatli rejalashtirishi va mudofaa qobiliyatini mustahkamlashi asosi sifatida aynan Xitoy ambitsiyasiga nisbatan hisoblashishlari kerak va bu Osiyoda barqaror holatning buzilishiga olib keladi.

XXRning milliy xavfsizlik konsepsiyasi

Xalqaro aloqalar tizimi rivoji sirasida Xitoyning xavfsizlik sohasidagi alohida pozitsiyalari aniqlashib bordi. Yangi yuz yillikning boshlanishida XXRda iqtisodiy, ilmiy, texnologik, ekologik, sivilizatsion va boshqa jihatlarni qamrab olgan hamda Xitoy rasmiylarining o’zlari “xavfsizlikning yangi konsepsiyasi” deb atagan harbiy-strategik muammolarga yangicha qarash tizimi shakllandi. Xavfsizlikning yangi konsepsiyasiga muvofiq xalqaro xavfsizlikning asosi bir davlat yoki davlatlar guruhining kuchlari ustunligi emas, balki qo’shma manfaatlar ekanligi ta’kidlanadi.

Hamkorlik va xavfsizlik muammolarini yechishda Pekin an’anaviy tarzda ikki tomonlama aloqalarga ustun e’tibor qaratadi (Xitoyning ko’p tomonlama diplomatiya va bloklarga “jalb qilinmaslik konsepsiyasi”). Lekin so’nggi paytlarda Shanhay Hamkorlik Tashkiloti rivoji va Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi Xitoyning sezilayotgan faolligi tendensiyasi bilan bog’liq tarzda bu konsepsiya qayta ko’rib chiqilishi lozim.

Xavfsizlikning yangi konsepsiyasi yadrosini to’rtta asosiy qismga bo’lish mumkin: o’zaro ishonch; o’zaro foyda; tenglik; koordinatsiya.

Xitoyda mamlakatning kompleks qudrati asosi sifatida iqtisodiyot va u bilan bir qatorda milliy manfaatlarni himoya qilish vazifasini samarali hal etish uchun zaruriy manbalarni talab qiladigan harbiy tuzilish nazarda tutiladi. Shuning uchun, so’nggi vaqtlarda xavfsizlikni ta’minlashning aynan shu yo’nalishi nisbatan faol targ’ib etilmoqda.

Xitoy faol mudofaa tamoyillariga asoslangan harbiy-strategik kusrni ushlab turadi va “xalq urushi” konsepsiyasini himoya qiladi va rivojlantiradi. Faol mudofaaning mazmuni mudofaa operatsiyalari olib borish, o’z-o’zini himoya qilish va raqibga javob zarbasini berishdan iborat. Rasmiy Pekin Xitoy qurolli kuchlari nisbatan qiyin va murakkab sharoitlarda mudofaa operatsiyalari olib borish hamda zamonaviy texnika va yuqori texnologiyalarni qo’llash orqali lokal urushlarda g’alaba qozonishga tayyor deb hisoblaydilar.

“Xalq urushi” konsepsiyasi zamonaviy urushning yangi o’zgarishlarini hisobga olib, Xitoy uncha katta bo’lmagan, lekin yaxshi qurollangan armiya va qudratli zahira kuchlari kombinatsiyasiga ega bo’lgan qurolli kuchlar tizimini takomillashtirishi kerakligini nazarda tutadi11.

So’nggi yillarda Xitoy noan’anaviy xavfsizlik sohasidagi xalqaro hamkorlikni muntazam kuchaytirdi. Avval Qirg’iziston va Shanhay Hamkorli Tashkilotining boshqa a’zo mamlakatlari bilan terrorizmga qarshi qo’shma sinov-amaliyotlarini olib bordi, keyinchalik esa Pokiston, Hindiston, Fransiya va Buyuk Britaniya bilan harbiy-dengiz manevralarini o’tkazdi.



Energetik xavfsizlikni ta’minlash

Xitoyda neft xavfsizligi bilan parallel tarzda energetik xavfsizlikni ta’minlash birinchi navbatda muhim bo’lgan vazifaga aylanmoqda. Jahon neft manfaatlarining murakkablashayotgan tuzilmasidan kelib chiqib, Xitoy o’zining “energetik diplomatiya”sini kengaytirishi, energetika sohasidagi global va regional kelishuvlarda faol ishtirok etishi, joriy va fyuchers bozorlarda faol o’yinchi bo’lishi, neft narxini aniqlashda nisbatan ko’p ovoz huquqiga ega bo’lishi hamda “o’yin qoidalari”ni belgilashda tashabbuskor bo’lishi taxmin qilinmoqda.

Xitoyning o’sib borayotgan energomanbalar defitsitiga e’tibor qaratish lozim. 2010-yildan boshlab Xitoy o’zining neftga bo’lgan talabining yarmini import hisobiga qondirishi lozim. Mutaxassislar fikricha, Xitoy iqtisodiyotining neftga bo’lgan talabi 2020-yilga qadar yillik 200 million tonnadan 400 million tonnagacha, ya’ni ikki barobarga oshadi. Mamlakatda neft iste’molining o’rtacha yillik o’sishi qariyb o’n yildan buyon 6% ni tashkil etib, ichki neft ishlab chiqarishning o’sish sur’ati 2% dan oshmaydi. Neft importi manbalarining zaif diversifikatsiyasi Xitoyda energetik mustaqillikni ta’minlashning jiddiy muammolarini keltirib chiqarmoqda. Bugungi kunda neft importining 60%i Yaqin Sharq va Afrikaning besh mamlakati ulushiga to’g’ri keladi. Yaqin yillarda bu ko’rsatkichning 80% ga ko’tarilishi bashorat qilinmoqda.

Yaqin Sharqda muammoli vaziyatlarning ko’payishi ehtimoli Pekinni neft narxi keskin oshganda yoki uni yetkazib berish to’xtatilganda inqirozga qarshi choralar rejasini tuzishga majbur qildi. Xitoy neft blokadasi istiqboli ehtimolini hisobga olib, hozirgi kunda Pekin Fors qo’ltig’I, Afrika va Lotin Amerikasining muqobil neft qazib chiqaradigan hududlarida o’zining faol harakatlarini olib bormoqda. Bundan tashqari, Xitoyga Rossiya va Qozog’istondan neft transportirovkasi marshrutlari yaratilmoqda12.

Neftning strategik zahiralarini yaratish muammosiga alohida to’xtalib o’tish lozim. Bu vazifa o’ninchi besh yillik rejalar (2001-2005-yillar) sirasiga kiritilgan edi. Strategik neft zahiralari jahob bozorida neft narxi kolebaniyasiga moslashish yoki vaqtinchalik taqchillik vaqtida ehtiyojlarni qondirish uchun yaratilmaydi. Uning vazifasi – jiddiy siyosiy va harbiy inqirozlar paytida mamlakatga o’zini tutib olishi uchun yordam ko’rsatishdir.

Yuqoridagi xavf Xitoyga dengiz orqali olib kelinayotgan neftning faqatgina kichik qismi Xitoy kemalari vositasida tashilishi jiddiy sabab bo’ladi. 2003-yilda neft importi 100 million tonnaga yetganda uning 90% qismi dengiz orqali ta’minlangan bo’lsa, shuning faqatgian 10%i Xitoy kemalari orqali tashilgan, xolos13.

Neft xavfsizligini ta’minlash strategiyasining asosiy elementi “tashqariga chiqish” siyosati bo’lib, unda xorijiy mamlakatlarda neft zahiralari va konlarini qidirib topishda Xitoy kapitali va Xitoy texnologiyasi ishtirok etishi nazarda tutiladi. Bu siyosat Xitoyga hududiy jihatdan yaqin bo’lgan Rossiya, Qozog’iston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlarida olib borilmoqda. Xitoyning neft korportasiyalari o’rtasida manfaatlarning aniq hududiy chegaralanishi mavjud. Masalan, Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi uch asosiy strategic yo’nalishlarda harakatlar olib boradi: Shimoliy Afrikada – asosan Sudanda, Markaziy Osiyo va Rossiyada – asosan Qozog’istonda va Janubiy Amerikada – asosan Venesuelada14.

Mutaxassislarning fikricha “tashqariga chiqish” siyosatining asosiy to’siqlaridan biri dunyoning eng yuqori daromadli neft-gaz manbalari ustidan G’arb monopoliyasi o’rnatilganligi va bu korporatsiyalar o’z mamlakatlaridan har tomonlama himoya ostiga olinganligidir. Ayrim mutaxassislarning fikricha esa neft sohasidagi Amerika-Xitoy raqobati bu ikki davlatning jahon arenasidagi o’zaro siyosiy va iqtisodiy qarshi kurashlarining bir qismi hisoblanadi, xolos.

Neft yetkazib berish manbalarini diversifikatsiya qilishda Xitoy nafaqat AQSH, balki Yaponiya bilan ham to’qnashmoqda. Aynan shu yo’sinda Xitoy Angarsk zahirasidan tashib kelinadigan neft trassasida Yaponiyaning qarshiligiga duch kelmoqda. Shuning uchun, Xitoy rasmiylari Kovintinsk zahirasidan gaz transportirovkasining xitoy-rus-koreys muzokaralarida Yaponiyaning ishtiroki ehtimolini qayd etadi.



  1. Download 165 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish