Yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlashda nimalarga ahamiyat berish kerak:
Yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlashdan avval, sug‘orish tarmoqlarini va ayniqsa, zovurlarni o‘simlik va loyqadan tozalash zarur.
Sho‘r yuvish uchun olingan pollar bir tekisda bo‘lishi kerak, bu bilan suvdan samarali foydalaniladi va sho‘r yuvish bir tekisda olib boriladi. Pollarning maksimal maydoni 0,5 gektardan yuqori bo‘lmasligi kerak.
Sho‘r yuvish mе’yori deb, 1 ga maydonning ma'lum qalinlikdagi qatlamning chuchuklashtirish uchun kerak bo‘ladigan chuchuk suv xajmiga aytiladi. Bu qiymat tuproqning sho‘rlanish darajasi, sho‘rlanish xili, sho‘r yuvish qatlamining chuqurligi, tuproqning suv fizik xossalari va maydonning zovurlanganligiga bog‘liqdir.
Bir metrli tuproq qatlami uchun sho‘r yuvish mе’yorini V.R.Volobuev formulasidan foydalanib aniqlanadi:
м3/га.
bu yerda: h - sho‘r yuvish qatlami qalinligi, m. (topshiriq blankasidan olinadi)
- erkin tuz berish ko‘rsatkichi. (1-jadval)
Do'stlaringiz bilan baham: |