Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tizimi” mavzusiga oid blits-so’rov savollari.
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunining asosiy maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
Ushbu Qonun fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar o’rgatishning huquqiy
asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini
ta’minlashga qaratilgan.
Amaldagi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunning oldingi qabul qilingan qonunlardan farqini ayting,
Birinchidan, ta’lim olish shakllarining tasnifi kengaytirildi:
shlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) va ajralmagan holda (sirtqi, kechki, masofaviy);
Nazariy – ta’lim tashkiloti negizida, amaliy – ta’lim oluvchining ish joyida birga olib boriladigan dual ta’lim;
Oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish;
Katta yoshdagilarni oʻqitish va ularga ta’lim berish;
Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar (shaхslar) uchun inklyuziv ta’lim;
Eksternat tartibidagi ta’lim – oʻquv dasturlarini mustaqil ravishda oʻzlashtirishni oʻz ichiga olib, uning yakunlari boʻyicha ta’lim oluvchilardan davlat ta’lim muassasalarida yakuniy va davlat attestatsiyalaridan oʻtish;
Mudofaa, хavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash.
Ikkinchidan, Vazirlar Mahkamasi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Ta’lim inspeksiyasi), Prezident, ijod va iхtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi, shuningdek soha vazirliklari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari tafsilotlari bilan aniqlashtirildi.
Uchinchidan, ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarining huquqiy maqomiga koʻproq etibor qaratilgan:
Ta’lim tashkilotlari – ularni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish, ustavga talablar;
Pedagogik хodimlar, ta’lim oluvchilar, ularning ota-onalari va boshqa qonuniy vakillari – huquqlar, majburiyatlar va kafolatlar boʻyicha. Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari belgilangan.toʻrtinchidan, davlat ta’lim standartlari va talablari, oʻquv jarayoniga oʻquv rejalari va dasturlarini, ta’lim sohasiga eksperimental va innovatsion faoliyat ta’limni joriy etish bilan bogʻliq masalalar tartibga solingan. Oʻqishga qabul qilish, jumladan maqsadli qabul qilish meхanizmi bayon etilgan;
Beshinchidan, davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish dastaklari reglamentlangan:
11 yillik majburiy ta’limga o‘tilishining sabablarini izohlang.
«Yuqori sinflarda bolalar shaxs bo‘lib, jamoa bo‘lib shakllanadi. Ayni o‘sha paytda ularni o‘zlari o‘rgangan muhitdan ajratib qo‘ymaslik kerak. Bu yoshlarning ruhiyatiga, davomatiga, oxir-oqibat ta'lim-tarbiyasiga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Shu bois ta'lim jarayonining uzluksizligini ta'minlash, o‘quv dasturlarini takomillashtirish zarur...»O‘qishga kirishga intilish kuchayadi. Fanlar kamligi. Ta’lim maskanining qulay yerda joylashganligi.O‘quvchilar u yoq-bu yoqqa sang‘ib yurmaydi.Mehr-oqibat tushunchalari kuchayadi.
O‘quv-ishlab chiqarish majmuasining asosiy maqsadini tushuntirib bering.
Oʻquv ishlab chiqarish majmuasi oʻquvchilarga kasbiy bilimlar berish, tadbirkorlik asoslarini, mehnat va kasb koʻnikmalarini egallashi, shuningdek ularning kasbiy qobiliyatlari va sifatlari rivojlantirilishi ta’minlanadi Majmuadagi kasb-hunarning turiga karab hududdagi tegishli tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida amaliy mashgʻulotlar tashkil etiladi.
Kasb-hunar ta’limini tashkil etishga yangicha yondashuvnii qanday baholaysiz?
O‘quvchilar tomonidan kasb-hunar ko‘nikmalarining o‘zlashtirilishini ta’minlash, maxsus va chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan kasblarni o‘rgatish orqali ularning kasb-hunar olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish;
Kasbiy ta’lim berish jarayonida “usta-shogird” an’analari, mahalliy va xorijiy ilg‘or tajribani o‘rgangan holda eng maqbul usullardan foydalanish hamda kasblarning malaka talablari va kasbiy ta’lim berish jarayonining metodik ta’minotini takomillashtirib borish;
Kasbiy ta’lim berish jarayoniga innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali kasbiy ta’lim berish sifatini ta’minlash;
O‘quvchilarda mustaqil ijodiy fikrlagan holda mehnat jarayonini tashkil etish ko‘nikmalarini shakllantirish orqali ularning mehnat faoliyati bilan faol shug‘ullanishi imkonini beruvchi kasb egasi bo‘lishlarini ta’minlash;
Mehnat bozori uchun maxsus va chuqurlashtirilgan tayyorgarlik talab etilmaydigan kasblar bo‘yicha raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni taʼminlash
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim bosqichlariga izoh bering.
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga, shaxsning ijodiy ta’lim-kasb-hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilgan.
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni oliy o‘quv yurtlarida va ilmiy-tadqiqot muassasalarida olish mumkin. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim dissertatsiya himoyasi bilan yakunlanadi. Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalariga ko‘ra fan doktori ilmiy darajasi berilib, davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom topshiriladi.
Yakuniy davlat attestatsyasi natijalariga ko‘ra tegishli ravishda fan doktori ilmiy darajasi berilib, davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar topshiriladi.Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish tadbirlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunga hamda mamlakatni ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish;
Kasb ta’limi tizimi uchun oliy malakali ilmiy-pedagog kadrlarni hamda ilg‘or pedagogik texnologiyalar sohasida ilmiy kadrlarni ustuvor ravishda tayyorlash;
Rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or ta’lim muassasalari va ilmiy markazlarida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlanishi uchun sharoitlar yaratib berish;
Fan, texnologiya va ta’lim sohasida rivojlangan mamlakatlar bilan xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirish.
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan talablar nimalardan iborat?
Ta’lim muassasalarining ta’limning tegishli turlariga bo`lgan еhtiyoji qayta tayyorlash va malaka oshirish yo`nalishi, darajasi, hajmi va mazmunini shakllantiradi, malaka talablarini olg`a suradi, ta’limning o`xshash texnologiya va shakllarini tanlashni taqozo qiladi.
Qayta tayyorlash mazmuni yangi bilimlar va ko`nikmalarni o`zlashtirishga, malaka oshirish еsa - pedagog kadrlarning kasbiy bilimlari va ko`nikmalarini yangilash va chuqurlashtirishga yo`naltirilgan.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish sifati tinglovchilar tayyorgarligining zarur va yetarli darajasi, ularning bilimlari va amaliy mahoratlarining pedagog kadrlarga qo`yiladigan malaka talablariga muvofiqligi bilan belgilanadi.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish mazmuni va sifatiga qo`yiladigan talablar tegishli ta’lim dasturlari bilan belgilanadi.
Quyidagilar qayta tayyorlash va malaka oshirish bo`yicha ta’lim dasturlari mazmuniga qo`yiladigan bazaviy talablar hisoblanadi:
kasblar va lavozimlarga bo`lgan kasbiy malaka talablariga muvofiqlik;
Davlat maktabgacha tarbiya talablariga, Umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim Davlat ta’lim standartlariga nisbatan izchillik;
zamonaviy pedagogik texnologiyalarga o`qitish vositalariga yo`naltirilganlik;
dasturlar mazmunining qayta tayyorlash va malaka oshirishning belgilangan turlari va shakllariga muvofiqligi.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish bo`yicha ta’lim dasturlari tegishli bazaviy maqsadlar va malakaviy ishlar mazmuni bilan tugallanadi.
Professional ta’lim tizimining asosiy maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
Yangi professional ta’lim muassasalarida ta’lim mazmuni, soni va sifati, ta’lim dasturlari, texnologiyalarining isloh qilinishi oqibatida bir qancha o‘zgarishlar amalga oshiriladi. Ushbu vazifalarning amalga oshirilishi esa iqtisodiyotni taraqqiy ettirish, kambag‘allikni qisqartirish, yoshlar va xotin-qizlarning hayotda munosib o‘rin topishi, natijada xalqimiz turmush farovonligini oshirish masalalarining ijobiy hal etilishini ta’minlaydi
,hududlar va sohalar kesimida iqtisodiy taraqqiyotga munosib hissa qo‘sha oladigan o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash;
— yoshlarni malakali mehnat orqali o‘z hayot farovonligini ta’minlashga o‘rgatish;
— o‘z mehnat faoliyatiga innovatsion va kreativ yondashish, yaratuvchanlik, intellektual, madaniy, ma’naviy potensialni rivojlantirish kabi kompetensiyalarni shakllantirish metodologiyasini yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |