O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish Tartibi Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 446-ii-sonli «Fuqarolarning murojaatlari



Download 22,64 Kb.
Sana02.05.2017
Hajmi22,64 Kb.
#8040
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish

Tartibi


Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 446-II-sonli «Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi Qonuniga asosan yangi tahrirda tasdiqlangan.

Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga murojaat qilish huquqini ifoda etuvchi asosiy qoidalarni, shuningdek fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi va muddatlarini belgilaydi:



  1. Murojaatlar yakka tartibda yoki jamoa bo‘lib ifodalangan bo‘lishi mumkin hamda og‘zaki yoki yozma shakldagi taklif, ariza yoxud shikoyat ko‘rinishida kiritiladi.

  2. Murojaatlarda fuqarolarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan, taklif, ariza yoki shikoyatning mohiyati bayon etilgan bo‘lishi lozim. Ushbu ma’lumotlar ko‘rsatilmagan murojaatlar anonim xat hisoblanadi va ko‘rib chiqilmaydi.

  3. Belgilangan tartibda berilgan murojaatlar ko‘rib chiqilishi shart. Murojaatlarni qabul qilishni rad etish taqiqlanadi.

  4. Hech kim biron-bir murojaatni himoyalash xatti-harakatlarida ishtirok etishga majbur qilinmasligi lozim.

Takliflar fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatini yaxshilashga qaratilgan murojaatlaridir.

Qo‘mita taklifni har tomonlama ko‘rib chiqishi va fuqaroning iltimosiga binoan ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida unga ma’lum qilishi shart.

Arizalar fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish to‘g‘risida iltimos bayon etilgan murojaatlardir.

Qo‘mita rahbarlari hamda boshqa mansabdor shaxslari:

arizalarni har tomonlama, xolisona va o‘z vaqtida ko‘rib chiqishlari;

qonunga asoslangan qarorlar qabul qilishlari va ularning ijrosini ta’minlashlari;

arizalarni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida fuqarolarga ma’lum qilishlari shart.

Arizada bayon etilgan talablarni qondirishning rad etilishi fuqaroga rad etishning sabablari ko‘rsatilgan holda yozma tarzda ma’lum qilinadi.

Shikoyat: Fuqaro shikoyatni shaxsan berishga yoki bu ishga boshqa shaxsni vakil qilishga haqlidir.

Fuqaroning manfaatlarini ko‘zlab boshqa shaxs ham shikoyat berishi mumkin. Voyaga yetmaganlar va muomalaga layoqatsiz shaxslar manfaatlarini ko‘zlab ularning qonuniy vakillari shikoyat bilan murojaat qiladilar.

Shikoyatga fuqarolarning murojaati bo‘yicha avval qabul qilingan qaror yoki uning ko‘chirmasi, shuningdek shikoyatni ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlar ilova qilinadi.

Fuqarolarning shikoyatlarini xatti-harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat qilinayotgan organlar yoki mansabdor shaxslarning o‘ziga jo‘natish taqiqlanadi.

Fuqaroning shikoyat ko‘rib chiqilishi vaqtidagi huquqlari:

Qo‘mitaga shikoyat bilan murojaat qilgan fuqaro:

shikoyatni tekshirayotgan shaxsga o‘z dalil-isbotlarini shaxsan bayon qilish;

tekshirishga doir materiallar bilan «Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 4-moddasining talablariga rioya qilgan holda tanishish;

qo‘shimcha materiallar taqdim etish yoki shikoyatni ko‘rib chiqayotgan Qo‘mitaning ularni so‘rab olishini iltimos qilish;

advokat yoki boshqa shaxsning xizmatlaridan foydalanish;

shikoyatni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida yozma javob olish;

yetkazilgan zarar qonunda belgilangan tartibda qoplanishini talab qilish huquqiga egadir.

Qo‘mita rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari o‘z vakolatlari doirasida:

shikoyatlarni xolisona, har tomonlama va o‘z vaqtida tekshirishlari;

shikoyatga sabab bo‘lgan noqonuniy qarorni bekor qilishlari yoki o‘zgartirishlari, g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarning oldini olish yuzasidan shoshilinch chora-tadbirlar ko‘rishlari, qoidabuzarliklarga olib kelgan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlashlari;

fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklanishini, shikoyat munosabati bilan qabul qilingan qaror amalda ijro etilishini ta’minlashlari;

fuqaroga shikoyatni tekshirish natijalari va qabul qilingan qarorning mohiyati to‘g‘risida yozma tarzda ma’lum qilishlari shart.

Takliflar, arizalar va shikoyatlarni ko‘rib chiqish muddati:

Arizalar Qo‘mitaga tushgan kundan e’tiboran bir oy muddat ichida hal etiladi, ular masalani mohiyatan hal etishlari, qo‘shimcha o‘rganishlar va tekshirishni talab qilmaydigan masalalarni esa 15 kundan kechiktirmay hal etishlari shart.

Ariza yoki shikoyat hal etish uchun maxsus tekshiruvlar o‘tkazish, qo‘shimcha materiallarni so‘rab olish yoki boshqa chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘lsa, Qo‘mita rahbari yoki rahbarining o‘rinbosari ariza yoki shikoyatni hal etish muddatini, istisno tariqasida, uzaytirishi mumkin, biroq bu muhlat bir oydan oshmasligi lozim bo‘lib, bu haqda ariza yoki shikoyat bergan shaxsga ma’lum qilinadi. Bunda murojaatni ko‘rib chiqish umumiy muddati ikki oydan oshmasligi kerak.

Fuqarolarni shaxsan qabul qilish:

Qabul muntazam, belgilangan kun va soatlarda, fuqarolar uchun qulay vaqtda o‘tkaziladi.



Fuqarolarning og‘zaki murojaatlari va ularni ko‘rib chiqish natijalari ro‘yxatga olinishi lozim.

Fuqarolarni qabul qilish tartibi Qo‘mita rahbarlari tomonidan belgilanadi.
Download 22,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish