Tarixiylik va zamonaviylik. Dasturda fan rivojlanishining xususiyatlari, hissa qo’shgan olimlar, tarixiy shaxslar faoliyati ham aks ettirilishi, hozirgi rivojlanishi darajasiga muvofiq bilim berishni ko’zlagan bo’lishi zarur.
Gumanitarizm va milliylik. Dastur insonparvarlik, xalqparvarlik, ezgulik g’oyalarini ustun qo’yib, milliy g’urur, milliy qadriyatlarni hisobga olish, ularga amal qilishni tartib qilish, mamlakatning rivojlanishini ilmiy asoslangan holda bayon qilishni ko’zda tutishi kerak.
Izchillik va nazariya bilan amaliyot birligini ta'minlash. Dastur aniq mazmun va mantiqiy qoidalarni o’zida aks ettirishi, umumiy o’rta ta'lim va oliy ta'limga taalluqli mutanosib fan dasturlari bilan muvofiqlashtiiish, qo’yilgan mavzularning mantiqiy izchilligini ta'minlash, fanni hayot bilan, nazariyani amaliyot bilan uzviy bog’laydigan uslubiyotga rioya qilishi zarur.
Xalqaro standart va raqobatbardoshlik. Rivojlangan xorijiy davlatlarda o’rganilayotgan ana shu fan bo’yicha amalda bo’lgan o’quv dasturlari bilan taqqoslash, munozara qilish, tajriba almashish asosida, rivojlanayotgan mamlakatlarga nisbatan ilg’orlikni ta'minlashga qaratilishi zarur.
Dasturda fanning nomi.
Mohiyatidan kelib chiqqan holda hamda davlat ta'lim stan-dartlariga, mehnat bozori talabiga muvofiq ravishda fanni o’qitishdan asosiy maqsad, shu fan o’quvchi, talabalarda qanday bilim va ko’nikma shakllantirishi ko’rsatiladi.
Dasturlar ikki: namunaviy va ishchi o’quv dasturlariga ajratiladi.
Namunaviy o’quv dasturi fanni o’rganishdan qo’yilgan maqsad, fanning asosiy mazmuni, bajaradigan vazifalarini ifodalaydi. Namunaviy o’quv dasturi tarkibiy jihatdan o’z ichiga: kirish, asosiy qism: ma'ruza, seminar, tajriba darslari va mustaqil ish uchun ko’rsatmalar, kurs ishlari bo’yicha ko’rsatmalar, tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxatini oladi.
Namunaviy dastur davlat ta'lim standartlariga o’zgartirishlar kiritilgan taqdirda yoki o’zga hollarda 3 yilda bir marta qayta ishlab chiqilishi va qabul qilingan tartibga asosan qayta ekspertiza va tas-diqdan o’tishi zarur.
Namunaviy o’quv dasturi tasdiqlangan va ro’yxatga olingan kundan boshlab amalga kiritiladi.
Namunaviy dastur asosida ishchi o’quv dasturi ishlab chiqiladi.
Ishchi o’quv dasturida namunaviy dasturdan farqli ravishda fan bo’yicha mavzular rejasi qismida mavzular nomi, ajratilgan jami soatlar, darso’tish, mashg’ulot turlari: ma'ruza (nazariy), seminar (amaliy mashg’ulot), mustaqil ishga ajratilgan soatlar jadval tarzida keltiriladi.
Ma'ruza mashg’uloti hamda seminar mashg’uloti mavzularida har bir mavzuda o’rganilishi zarur bo’lgan mavzuning o’quv maqsadidan kelib chiqib, qisqacha mazmuni beriladi. Mavzuni o’'rganish va o’zlashtirish uchun zarur bo’lgan adabiyotlar ro’yxati raqamlarda ifodalanadi.
Shu fanni o’qitish bo’yicha lozim bo’lgan o’quv vositalari, ko’rgazmali namoyish materiallari, o’quv filmlari va boshqa didaktik materiallar ro’yxati keltiriladi.
Dasturning «o’zlashtirishni nazorat qilish» qismida, fanni o’zlashtirish bo’yicha baholash metodlari va shakllari ko’rsatiladi.
«Foydalanilgan adabiyotlar» qismida o’quvchi-talabalar tomonidan fanni o’iganish va o’zlashtirish uchun lozim bo’lgan adabiyotlar ro’yxati beriladi.
Ishchi o’quv dasturiga muvofiq ravishda mashg’ulot(seminar darslari) rejasi, mustaqil ishlar va o’quv kompleksi tarkibiga kiruv-chi boshqa ishlar ishlab chiqiladi.
Fanning har bir mavzusi bo’yicha qo’yilgan maqsad, mavzuning xususiyatidan kelib chiqqan holda dars o’tish metodini o’qituvchining o’zi tanlaydi.
Shunday qilib, har bir fan bo’yicha o’quv-uslubiy majmua ishlab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |