Soliq o'z moxiyatidan kelib chiqib uzos yillarga mo'ljallaggan majburiylik Soliq o'z moxiyatidan kelib chiqib uzos yillarga mo'ljallaggan majburiylik munosabatlarini ifodalaydi. Masalan, sovetlar davridagi oborot solig'i 62 yil o'zgarmasdan iqtisodiyotga xizmat qilgan. Respublikamizning soliqlari xam ana shunday uzoq yillarga xizmat qiladigan oddiy, hammaga tushunarli soliqlar bo'lishi kerak. Buning uchun ular Respublika iqtisodiyoti xususiyatlarini to'liq ifoda eta oladigan ilmiy asoslangan bo'lishi kerak. Demak, soliqlar mazmunida uzoq muddatlarga mo'ljallangan majburiy munosabatlari etadi. Soliqlar pul munosabatlarini ifoda etib, bu munosabatlar bir tomonda davlat va ikkinchi tomonda soliq to'lovchilar Ya'ni, korxona, birlashma, tashkilotlar va axoli turadi. Shu munosabatlarni tashkil qilishni davlat o'z qo'liga olgan, chunki soliqlar byudjetga daromad bo'lib tushadi, soliq to'lovchilar uchun xarajat bo'ladi. GLOSSARY GLOSSARY - DSQ - Davlat soliq qo'mitasi
- DSB - Davlat soliq boshqarmasi
- DSI - Davlat soliq inspeksiyasi
- YSTHDSI - Yirik soliq to'lovchilar bo'yicha hududlararo davlat soliqinspeksiyasi
- Soliq auditi - bu yuqori darajada riskka tushgan soliq to'lovchi tomonidan soliq qonunlariga rioya etilishini har tomonlama o'rganish hisoblanib, soliqlarni to'lashdan bo'yin tovlash xavfi omillarini tahlil qilish asosida tanlangan soliq to'lovchilarga nisbatan o'tkaziladi. Tanlab olingan soliq to'lovchilarda soliq auditi barcha soliq va yig'imlar bo'yich4 shuningdek bitta yoki bir nechta soliqlar bo'yicha o'tka2ilishi mumkin. Soliq to'lovchining muayyan davr uchun soliqlar va yig'imlarning hisoblanishi hamda to'lanishining to'g'riligini tekshirish maqsadida, uning buxgalteriya, moliya,statistika, bank hamda boshqa hujjatlari o'rganiladi va taqqoslanadi.
Glossary - Kameral soliq tekshiruvi - soliq to'lovchi tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotlarini va soliq to'lovchining faoliyati to'g'risida soliq organida mavjud boshqa ma'lumotlarni o'rganish va tahlil qilish yo'li bilan soliq orgain tomonidan o'tkaziladigan tekshiruvidir. Kameral soliq tekshiruvi O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 88-moddasida belgilangan da'vo muddati o'tmagan soliq davrlariga nisbatan o'tkazilishi mumkin.
- Kameral soliq tekshiruvi soliq organi joylashgan joyda amalga oshiriladi, bundan soliq to'lovchining hudud va binolarini ko'zdan kechirish bilan bog'liq holatlar mustasno. Hududlarda o'tkazilayotgan tekshiruvlar soliq to'lovchi tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotlarida ko'rsatilgan ko'rsatkichlar va ma'lumotlar hamda soliq to'lovchining faoliyati to'g'risida soliq organida mavjud boshqa ma'lumotlarning haqqoniyligini tasdiqlash uchun o'tkaziladi. Tekshiruvlar soliq to'lovchilarda belgilangan ish rejimiga asosan o'tkaziladi va to'ldirilganidan so'ng amalga oshiriladi. Ushbu tadbir davomida hujjatlar va buyumlarni olib qo'yishga yo'l qo'yilmaydi. Sayyor soliq tekshiruvi - soliq to'lovchilarning soliqlar va yig'imlarni hisoblab chiqarish hamda to'lash sohasidagi ayrim majburiyatlarini, shuningdek, soliq to'g'risidagi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlarini bajarilishini tekshiradi. Soliq organlari sayyor soliq tekshiruvi doirasida soliq solish obyektlarini aniqlash, xronometraj kuzatuvlarini o'tkazish, nazorat-kassa texnikasi va hisob-kitob terminallari qo'llanilishini tekshirish, soliq to'lovchi xodimlarning hisobotdagi va haqiqiy soni muvofiqligi yuzasidan monitoring ishlarini amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |