Nol darajali stavka bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadigan oborot.
|
|
106
|
Umumbelgilangan soliqlar to‘lovchilari va QQSni ixtiyoriy asosda to‘lovchi YaST to‘lovchilari
|
Tovarlarni chet el valyutasida eksportga realizatsiya qilish (qimmatbaho metallar bundan mustasno) oborotiga.
|
Doimiy
|
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining
212-moddasi
|
107
|
Umumbelgilangan soliqlar to‘lovchilari va QQSni ixtiyoriy asosda to‘lovchi YaST to‘lovchilari
|
Chet el tarafi o‘zarolik prinsipiga amal qilgan taqdirda, chet el diplomatik vakolatxonalari hamda ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning rasmiy foydalanishi uchun, shuningdek bu vakolatxonalar diplomatik va ma’muriy-texnik xodimlarining, shu jumladan ular bilan birga yashayotgan oila a’zolarining, agar ular O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmasalar hamda O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan bo‘lmasalar, shaxsiy foydalanishi uchun realizatsiya qilinayotgan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) nol darajali stavka bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadi.
|
Doimiy
|
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining
214-moddasi 1 qismi
|
108
|
Umumbelgilangan soliqlar to‘lovchilari va QQSni ixtiyoriy asosda to‘lovchi YaST to‘lovchilari
|
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik servis xizmati tomonidan keyinchalik chet el diplomatik vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarga realizatsiya qilish uchun olinayotgan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) nol darajali stavka bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadi.
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishda nol darajali stavka qo‘llanilishi tatbiq etiladigan O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan chet el diplomatik vakolatxonalarining va diplomatik vakolatxonalariga tenglashtirilgan xalqaro tashkilotlarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
|
Doimiy
|
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining
214-moddasi 2 qismi
|
109
|
Umumbelgilangan soliqlar to‘lovchilari va QQSni ixtiyoriy asosda to‘lovchi YaST to‘lovchilari
|
Bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq, "bojxona hududida qayta ishlash" bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash bo‘yicha bajarilgan ishlarga (ko‘rsatilgan xizmatlarga), agar qayta ishlash mahsulotlari O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqiladigan bo‘lsa, nol darajali stavka bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadi.
|
Doimiy
|
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining
215-moddasi
|
110
|
Umumbelgilangan soliqlar to‘lovchilari va QQSni ixtiyoriy asosda to‘lovchi YaST to‘lovchilari
|
Xalqaro yo‘nalishda tashishlar bo‘yicha ko‘rsatiladigan quyidagi xizmatlarni realizatsiya qilish oborotiga nol darajali stavka bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadi:
tranzit yuklarni O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab tashish. Tranzit yuklarni tashish jumlasiga yukning tranzitini amalga oshirish uchun chet ellik shaxslar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzilgan shartnomalar yoki xalqaro (idoralararo) transport bitimlari hamda bojxona organlarining mazkur tranzit yuklar haqiqatda olib kirilganligi va olib chiqilganligi to‘g‘risida belgilari mavjud bo‘lgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali chet el tranzit yuklarini tashish va ularga xizmat ko‘rsatishga doir xizmatlar kiradi;
yo‘lovchilar, bagajlar, yuklar va pochtani xalqaro yo‘nalishda tashish. Agar jo‘natish punkti yoki tayin etilgan punkt O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan bo‘lsa, tashishlar yagona xalqaro tashish hujjatlari asosida rasmiylashtirilgan taqdirda, xalqaro yo‘nalishlarda tashish hisoblanadi.
|
Doimiy
|
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining
216-moddasi
|
111
|
Umumbelgilangan soliqlar to‘lovchilari va QQSni ixtiyoriy asosda to‘lovchi YaST to‘lovchilari
|
Suv ta’minoti, kanalizatsiya, sanitariya tozalash, issiqlik ta’minoti, gaz ta’minoti bo‘yicha aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarga, shu jumladan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari aholi nomidan oladigan ana shunday xizmatlarga nol darajali stavka bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadi.
|
Doimiy
|
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining
217-moddasi
|
112
|
Umumbelgilangan soliqlar to‘lovchilari va QQSni ixtiyoriy asosda to‘lovchi YaST to‘lovchilari
|
Paxta tolasini respublikaning ichki iste’molchilariga realizatsiya qilish oborotiga nol darajali stavka bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadi.
|
Doimiy
|
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining
217-1-moddasi
|
|